Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya
Astronomiya bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Uran

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 26
Juda yomon!A'lo! 

Uran

 

Uran - Quyosh tizimidagi tartib bo‘yicha yettinchi, hajmi bo‘yicha esa Yupiter va Saturndan keyingi uchinchi sayyoradir. Uran sayyorasini tungi osmonda qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi va shu tufayli uzoq asrlar davomida mazkur sayyora haqida odamlar bilishmagan. Uranni 13-mart, 1781-yilda ingliz astronomi Uilyam Gershel kashf etdi. Gershelning kashfiyotiga qadar ham Uranni boshqa olimlar ham kuzatishgani ma'lum, lekin ular har safar bu sayyorani oddiy yulduz sifatida qabul qilaverishgan. Masalan, uni 1690-yilda Jon Felmstid 6 marta kuzatib, biroq uni Buzoq yulduz turkumiga mansub 34-yulduz sifatida qayd etadi. 1750-1769 yillar orasida farang astronomi Pyer Sharl le Monyer ham Uranni 12 marta kuzatib, baribir uni yulduz sifatida qabul qiladi. Umuman olganda Gershelgacha bo'lgan vaqtda Uran 21 marta astronomlarning teleskopi obyektivida namoyon bo'lgan. biroq uning quyosh tizimidagi tartib bo‘yicha yettinchi sayyora ekanligini aynan Uilyam Gershel hammadan avval fahmladi.

Yangilаndi: 24.03.2018 12:09
 

Saturn

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 33
Juda yomon!A'lo! 

Saturn

Saturn quyosh tizimidagi sayyoralar ichida kattaligi bo‘yicha ikkinchi, quyoshdan uzoqlashish tartibida oltinchi sayyora bo‘lib, Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri 29.46 yil ni tashkil qiladi. Bu sayyora, quyosh tizimidagi qurollanmagan ko‘z bilan ham ko‘rib bo‘ladigan 5 ta sayyoraning biri bo‘lib, uning ko‘rinadigan yulduz kattaligi birinchi yulduz kattaligidan ham yorqinroqdir. Garchi ekvatorial diametri Yupiternikidan ozgina kichik bo‘lsa hamki, massasiga ko‘ra Yupiterdan ancha far qiladi - deyarli uch barobar. o‘rtacha zichligi juda kichik - 0.7 gr/sm3. Kichik zichlik shu bilan izohlanadiki, bu gigant sayyora asosan vodorod va geliydan tashkil topgan bo‘lib gaz gigantlari turkumiga kiradi. Lekin uning sirtidagi bosim ham Yupiterdagidek katta emas. Saturnning ekvatorial radiusi 60300 km, qut radiusi esa 54400 km ni tashkil qiladi. Uning massasi Yernikidan deyarli 95 marta katta, lekin uning o‘rtacha zichligi esa, 0.69 g/sm3 bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari ichidagi, o‘rtacha zichligi, suvning o‘rtacha zichligidan kichik bo'lgan yagona sayyoradir. Sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10.44 m/soniya2. Saturn quyosh atrofida 29.5 yilda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Undan quyoshgacha bo'lgan masofa 1430 million km, yoki, 9.58 a.b. ni tashkil qiladi. Orbita bo‘ylab aylanish tezligi 9.69 km/soniya.

Yangilаndi: 08.10.2019 18:13
 

Yupiter

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 76
Juda yomon!A'lo! 

Yupiter

Yupiter Quyosh tizimidagi eng katta sayyora. Quyoshdan uzoqlashish tartibida beshinchi va Yerga nisbatan Quyoshdan 5.2 marta uzoqroq masofada harakatlanadi. Yupiter Quyosh atrofida deyarli 12 yilda bir marotaba to‘liq aylanib chiqadi. Uning ekvatorial diametri Yernikidan 11,2 marta katta bo‘lib, 142984±2 km ni tashkil qiladi. Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri, boshqa sayyorlarga nisbatan eng kichik bo‘lib, ekvatorida 9 soat, 50 daqiqa va 30 soniyani, o‘rta kengliklarida esa, 9 soat, 55 daqiqa va 40 soniyani tashkil qiladi. Shu tarzda Yupiter ham xuddi Quyosh singari qattiq jism kabi aylanmay balki, turli qismlarida turlicha aylanish tezligi hosil qiladi. o‘ta tezkor aylanishi tufayli bu sayyora qutblarida katta siqilish va zichlikning ortishi paydo bo‘ladi. Yupiter massasi Yer massasidan 318 barobar katta. o‘rtacha zichligi esa 1.326 gr/sm3 bo‘lib, Quyoshning o‘rtacha zichligiga yaqin qiymat hisoblanadi. Yupiterning aylanish o‘qi uning orbitasiga deyarli perpendikulyar - burchak 87°. Ekvatoridagi erkin tushish tezligi 24.79 m/s2.

Yangilаndi: 09.10.2019 07:47
 

Mars. Qizil sayyora.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 78
Juda yomon!A'lo! 

Mars

Mars – Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha to‘rtinchi sayyora. Qadimgi Rimliklarning urush ma’budi Aresning nomi bilan atalgan. Mars ham Merkuriy va Venera singari insoniyatga qadimdan ma’lum.

Yulduzli osmonda u qizil rangdagi jimirlamaydigan  nuqta ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Uning yorqinligi vaqti-vaqti bilan birinchi kattalikdagi yulduzlarning yorqinligidan ham ortiq bo‘lib yarqiraydi.  Mars davriy ravishda Yerga 57 mln km gacha masofada yaqinlashib keladi.

Fizik parametrlariga ko‘ra Mars Yer guruhi sayyoralari turkumiga mansub. Diametriga ko‘ra u Yer va Venerada deyarli ikki marta kichik. Sayyora gaz qobig‘i – atmosfera bilan o‘ralgan bo‘lib, Mars atmosferasining zichligi Yernikiga nisbatan ancha siyrak. Marsning eng chuqur botiqliklarda ham atmosfera zichligi yer sirtidagi atmosferasi zichligidan 100 barobar kichik. Shunga qaramay Mars atmosferasida bulutlar mavjud. Ochiq kunda Mars osmoni pushti rangda bo‘ladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra Mars atmosferasi Yer atmosferasidan tubdan farq qiladi va u 95.3% CO2 gazi, 2.7% Azot, 1.6% Argon gazlaridan iborat. Kislorod esa faqat 0.013% ekanligi aniqlangan. Bulardan tashqari, spektral tahlil yordamida Mars atmosferasida Ksenon, Neon, hamda Kriptonlar ham mavjudligi aniqlangan. Bulutsiz Mars osmoni Yernikiga nisbatan ancha shaffof va u ultrabinafsha nurlarini ham o‘tkazib yuboradi.

Yangilаndi: 07.07.2018 14:30
 

Venera

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 21
Juda yomon!A'lo! 

Venera

Venera - Quyoshdan uzoqligi boyicha ikkinchi va Yerga eng yaqin sayyora. Venera Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida ayol ismi bilan ataladigan yagona sayyora bolib, u qadimgi Rim Panteoni Muhabbat ma'budasi sharafiga shunday atalgan. Venera insoniyatga qadimdan ma'lum. Uning fizik jihatdan yerga oxshashligi tufayli, Yerning singlisi deb ham ataladi.

Quyoshdan ortacha uzoqligi 108 million kilometr (0,723 a.b.). Quyosh atrofida toliq aylanib chiqish davri 224.7 kun. Venera Yerga 40 million km gacha yaqinlashib kelishi mumkin, va bu degani Quyosh tizimidagi barcha boshqa sayyorlar ichida Yerga eng yaqin keladigan sayyora bu aynan - Venera hisoblanadi. Sinodik davri 583.92 kunga teng. Veneraning eng yaxshi korinadigan vaqtlari elongatsiya davrlariga togri keladi. Quyoshdan burchak masofasi 48 dan ortmagani uchun elongatsiya vaqtlaridagi korinish yoki shom oqqan paytda, yoki, tong otar chogida paydo boladi. Shuning uchun ham Venerani Tong yulduzi deb atashadi. Venera - yerdan korinadigan osmon jismlari orasida Quyosh va Oydan keyingi eng yorqin osmon jismi hisoblanadi.

Venera diametri Yer diametrining 95% qismiga teng va 12104 km tashkil qiladi. Massasi Yer massasining 81.5% qismi - 4,86851024 tonna. Ortacha zichligi - 5220 kg/m3. Sirtidagi erkin tushish tezlanishi 8.87 m/soniya2 (Yernikiga nisbatan 90%). Veneraning oz oqi atrofida aylanish davrini hisoblash uzoq vaqtgacha imkonsiz bolib, bunga sayyorani orab turgan qalin bulutli qatlam mone'lik qilar edi. Faqat radiolokatsiya usullarini qollash natijasida Veneraning oz oqi atrofida aylanish davri 243.2 kunga teng ekanligi va u Yer va boshqa sayyorlarga nisbatan teskari tarafga aylanishi ma'lum boldi. Aylanish oqining orbita tekisligiga nisbatan ogish burchagi deyarli 90.

Yangilаndi: 08.09.2018 09:39
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11615769

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!