Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kimyo
Kimyo bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Xlor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Xlor


Xlorni sof holda, alohida ajratib olishni esa 1811-yilda
Gemfri Devi uddalagan. U elektroliz vositasida oddiy osh tuzini natriy va xlorga parchalashga muvaffaq bo‘lgan edi. Devi o‘zi mazkur elementga «xlorin» deb nom qo‘yishni taklif qilgan. Bir yil o‘tib, Gey-Lyussak ushbu nomni oddiyroq qilib «xlor» tarzida qisqartirishni taklif qilgan va o‘z yozishmalari orqali butun kimyo fanida ommalashtirib yuborgan. Xlorning atom massasi 1826-yilda Yens Yakob Berselius tomonidan o‘ta katta aniqlikda hisoblab chiqilgan edi. Uning natijasi zamonaviy qiymatdan atiga 0,1% ga farq qiladi.Xlor - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr VIIA guruh elementi. Atom raqami 17. Cl (lotincha Chloros - «yashil» so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:50
 

Kopernikiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Kopernikiy

Kopernikiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII-davr IIB-guruh elementi. Atom raqami 285. Cn (lotincha Copernicium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. IUPAC ushbu nomni tasdiqlashidan avvalroq mazkur elementni ununbiy deb ham nomlangan (aynan tarjimasi «bir yuz o‘n ikkinchi» - degani).

Kopernikiy - sun'iy olingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi. U simob, kadmiy va rux bilan bir guruhdan joy olgani bois, xossalari ham o‘xshash bo‘lsa kerak deb ilmiy taxmin yuritiladi.

Aniqlangan izotoplari ichida nisbatan barqarori 285Cn ning yadrosida 112 ta proton va 173 ta neytronlar mavjud bo‘ladi va uning yarim yemirilish davri taxminan 29 soniyani tashkil qiladi. Nuklidining atom massasi 285,177(4) m.a.b. ni tashkil qiladi.

Yangilаndi: 26.08.2018 08:34
 

Alyuminiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Alyuminiy

Alyuminiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr IIIA guruh elementi. Atom raqami 13. Al (lotincha Aluminium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Alyuminiy yengil metallar turkumiga mansub bo‘lib, metallar ichida eng keng tarqalgan metall sanaladi. Yerda tarqalganligi bo‘yicha alyuminiy kimyoviy elementlar ichida 3-o‘rinni egallaydi (kislorod va kremniydan keyin).

Oddiy modda shaklidagi alyuminiy - kumush rangiga ega, yengil, paramagnitik metall bo‘lib, uni quyush, qayta ishlash va umuman mexanik ishlov berish oson. Alyuminiy issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra eng yaxshi metallardan biridir. Sirtida juda tezkorlik bilan mustahkam yupqa oksid qatlami hosil qilish xossasi tufayli, alyuminiy metali zanglashga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega bo‘ladi.

Yangilаndi: 26.08.2018 09:19
 

Lantan

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Lantan

Lantan - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 57. La (lotincha Lanthanum so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Lantan siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi. 1803-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius tarkibi noma'lum bir mineralni tadqiq qilgan edi. O‘sha mineral keyinchalik serit nomini olgan. Mazkur mineral tarkibida ittriyli tuproq hamda, undan tashqari yana bir noma'lum modda borligi aniqlangan. Ushbu noma'lum moddani kimyogarlar vaqtincha nom bilan «seriyli tuproq» deb nomlashgan edi. Chunki, mineralning ushbu qismidan ko‘p miqdorda seriy elementi aniqlangan edi.

Yangilаndi: 28.08.2018 19:42
 

Seriy

E-mail Chop etish PDF

Seriy

Seriy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI-davr IIIB-guruh elementi. Atom raqami 58. Ce (lotincha Ceres so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Seriy siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Seriyni 1803-yilda deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan mustaqil ravishda ikkita laboratoriyada kashf qilingan. Ulardan biri olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) bo‘lsa, ikkinchi kashfiyotchilar Shvetsiyalik Yens Yakob Berselius (1779-1848) hamda, Vilgelm Xeyzinger (1766-1852) sanaladi. Berselius va Xeyzinger seriyni Shvetsiyaning Vestmanland hududidagi Bastnes shaxtalaridan olinadigan temir va mis rudasidan aniqlashgan. Yangi kashf qilingan element uchun nom sifatida avvaliga Klaport tomonidan «Sereriy» nomi taklif qilingan edi. Lekin, Berseliusga bu nom ma'qul kelmagan va uning talaffuzga qiyinligiga ishora qilgan holda, nomni qisqaroq qilib «Seriy» deb qo‘yishni taklif qilgan. Ko‘pchilik tomonidan Berseliusning taklifi ma'qullangach, ushbu elementga mazkur nom biriktirilgan.

Yangilаndi: 29.08.2018 04:26
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 1 sahifasi, jami 6 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 778
O'qilgan sahifalar soni : 3395851

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!