Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Fizika
Fizika bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Grem effuziya qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Grem effuziya qonuni

1805-1869 yillarda yashab o‘tgan shotland olimi Tomas Grem (Grexem, o‘ng tarafdagi rasmda) sharafiga nomlangan va aynan u tarafidan 1829-yilda kashf qilingan ushbu qonun quyidagicha uqtirish beradi:

Kichik mikroskopik tirqishchadan o‘tayotgan gazning chiqish tezligi, gaz zarralari massasining kvadrat ildizidan chiqarilgan qiymatga teskari proprsional.

Ushbu tasdiqni quyidagicha formula bilan ifodalash mumkin:

Bunda R1 va R2 - birinchi va ikkinchi gazlarning chiqish tezliklari, M1 va M2 esa, mos ravishda ularning molyar massalari. Grem qonuni bir vaqtning o‘zida ham diffuziya va hamda effuziya hodisalari uchun o‘rinlidir. Effuziya - gaz molekulalarining mikroskopik tirqishdan o‘zaro to‘qnashmasdan birma-bir, bittama-bitta o‘tishi jarayonidir. Gazning chiqish tezligi, uning molekulalari massasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vodorod singari yengil gazlarning molekulalari tirqishdan nisbatan tezroq chiqib ketadi. Chunki massasi yengil molekulalar boshqa, og‘irroq zarrachalarga nisbatan kattaroq tezlik bilan harakatlanadi.

Yangilаndi: 18.12.2018 09:23
 

Turbulentlk

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Turbulentlk

Turbulentlk - suyuqlik va gazlarning ko‘p oqimlarda kuzatiladigan hamda, bu oqimlarda turli o‘lchamli ko‘plab uyurmalar hosil bo‘lishidan iborat hodisa. Bu hodisa tufayli gidrodinamik va termodinamik xarakteristikalar (tezlik, bosim, harorat, zichlik) tartibsiz fluktuatsiyalar ta'sirida bo‘ladi hamda, shuning uchun fazoda va vaqt davomida tartibsiz o‘zgaradi.

Turbulentlik kuzatiladigan suyuqlik oqimiga turbulent oqim deyiladi. Bunday oqimda suyuqlik va gazning zarralari tartiblanmagan, turg‘unlashmagan harakatlar qiladi. Hamda bu hol ularning intensiv jadal aralashuviga olib keladi.

Bu jihatdan turbulent oqimlar tartibli xarakterga ega bo‘lgan va faqat ta'sir qiluvchi kuchlarning o‘zgarishidangina vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan laminar oqimlardan farq qiladi. Laminar oqimda suyuqlik yoki gaz zarralari bir-biri bilan aralashmaydigan qatlamlar tarzida qat'iy bitta yo‘nalishda ko‘chadi.

Jadal tartibsiz aralashuv tufayli turbulent oqimlar yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalarni (masalan yonishni) tez tarqatish, tovush va elektromagnit to‘lqinlarni sochish, shuningdek impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch bilan ta'siri ko‘rsatish xususiyatlariga egadir. Bunda turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jismlar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli, kattagina energiya yo‘qotadi.

Yangilаndi: 25.12.2018 14:24
 

Elektroliz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 41
Juda yomon!A'lo! 

Elektroliz

Elektroliz - eritmalar yoki elektrolit eritmasi orqali elektr toki o‘tganda elektrodlarda sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar shu nom ostida birlashadi. Musbat va manfiy elektrodlarda bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi turlichadir. Anodda ionlar atom yoki molekulalar elektronlarini bergani uchun unda elektrokimyoviy oksidlanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Aksincha, katoddagi turli zarralarga elektronlar kelib qo‘shiladi va bu yerda sodir bo‘ladigan reaksiyalar, elektrokimyoviy tiklanish reaksiyalari bo‘ladi.

Elektroliz 1833-1834 yillarda ingliz olimi M.Faradey ochgan qonunlarga bo‘ysunadi.

Faradeyning birinchi qonuni shunday ta'riflanadi: elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori M elektrolitdan o‘tgan elektr zaryadi miqdoiri q ga to‘g‘ri proporsional: M=kq.

Proporsional koeffitsienti k son jihatdan elektrolitdan elektr zaryadi birligi o‘tganda ajralib chiqadigan modda massasiga teng va unga moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. Elektrolitdan t vaqt oralig‘ida I o‘zgarmas tok o‘tganda q=I·t va M=k·I·t bo‘ladi.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:21
 

Segnetoelektriklar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Segnetoelektriklar

Segnetoelektriklar deb bir qator ajoyib dielektrik xossalarga ega bo‘lgan va birinchi navbatda, hatto tashqi bo‘lmaganida ham vujudga keladigan, o‘z-o‘zida elektr qutblanish xususiyatiga ega bo‘lgan kristall moddalarga aytiladi. Birinchi marta bu xossalarni fizik olimlar I.V.Kurchatov va P.P. Kobeko, segnet tuzi (NaKC4H4O64H2O) kristallarini tekshirayotganda aniqlagan edilar. Shundan, mazkur sinf dielektriklar uchun segnetoelektriklar nomi kelib chiqqan. Keyinchalik, ba'zi boshqa kristallarning, masalan, bariy titanati, litiy tantalati, kaliy digidrofosfati kristallarining segnetoelektrik xossalarga ega bo‘lishi aniqlandi. Segnetoelektriklar o‘z dielektrik xossalarining anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Masalan, agar elektr maydon muayyan kritallik o‘qlar bo‘lab hosil qilingan bo‘lsa, u holda ε dielektrik doimiy biror haroratlar sohasida maydon kuchlanganligiga kuchli darajada bog‘langan bo‘la boshlaydi va juda katta (ε~10000) qiymatga erishadi. Bundan tashqari, ε kattalik dielektrikning oldingi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Dielektrikning segnetoelektrik sohasini chegaralovchi haroratga Kyuri nuqtasi deyiladi. Yuqoriroq haroratlarda moddalarning segnetoelektrik xossalari yo‘qoladi. Ba'zi segnetoelektriklarda ularning ajoyib xossalari harorat bo‘yicha ham yuqoridan, ham pastdan chegaralangan ikkita Kyuri nuqtadi bo‘ladi.

 

Yangilаndi: 30.11.2018 13:21
 

Sifat koeffitsiyenti

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Sifat koeffitsiyenti

Sifat koeffitsiyenti bu - radiobiolgiyadagi nisbiy biologik effektivlikning (NBE) o‘rta qiymatdagi koeffitsiyenti bo‘lib, u muayyan turdagi nurlanishning (?-nurlanishga nisbatan) xavflilik darajasini ifodalaydi. Koeffitsiyent qanchalik katta bo‘lsa, nurlanish ham shunchalik xavfli bo‘ladi. Ya'ni, ushbu atamani, "zararlanish darajasi (sifati) koeffitsiyenti" sifatida tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi.

Muayyan nurlanish turining nisbiy biologik effektivligi bu - bir xil ekvivalent dozadagi nurlanishning, yutilgan rentgen nurlanishi (yoki gamma nurlanishi) dozasiga nisbatining ifodalaydi.

Ionlanuvchi nurlanishlarning sifat koeffitsiyentlarining qiymatlari, insonning ionlanuvchi nurlanishlarning kichik dozalari ta'sirida surunkali nurlanishi olishi natijasida, yutilgan energiya miqdorining salbiy biologik ta'sirlarini mikroo‘lchamlarda taqsimlanishini inobatga olgan holda hosil qilingan.

Turli manbalardagi sifat koeffitsiyentining qiymatlari o‘zaro farqlarga egadir. Shu sababli quyidagi jadvalda, ularning turli ko‘rsatkichlari keltirildi.

Yangilаndi: 30.11.2018 13:29
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11837822

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov