Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Infografika
Infografika

Koinot, Quyosh va Yer necha yoshda? (Infografika)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Koinot, Quyosh va Yer necha yoshda?
(Infografika)

Koinot o'zidagi milliardlab galaktikalar, yulduzlar va sayyorlar bilan to'xtovsiz kengaymoqda. Biz bilgan bizga ma'lum fizika qononlari asosida o'rganilga Koinotning yoshi taxminan 13,7 milliard yil deb baholanadi. Taxminlarga ko'ra, shuncha yil muqaddam, Ulkan Portlash natijasida hozirgi Koinot paydi bo'lgan. Zamonaviy fizika shunday hisoblaydi harholda. Koinot yangi yulduzlar va galaktikalaring hosil bo'lishi uchun sarflanadigan gaz modda tugab bitmaguncha, ya'ni, yana taxminan 100 trillion (yuz trillion!!!) yil mavjud bo'ladi va termodinamika qonunlariga muvofiq, oxir oqibatda issiqlik o'limi deb ataluvchi jarayonga yetib kelib, mutlaq nol darajagacha soviydi va... keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi...
Odam o'rtacha umri bilan qiyoslaganda Koinot hozir atiga to'rt kunlik go'dak chaqaloq kabidir.

Yangilаndi: 16.07.2016 14:30
 

Biz qanchalik tezlashdik? (Infografika)

E-mail Chop etish PDF

Biz qanchalik tezlashdik?

(Valentina D'Efillippodan tarjima)

«Haqiqat oyoq kiyimini kiygunicha, yolg‘on dunyoning yarmini aylanib chiqadi» qabilidagi iborani odatda Uinston Cherchilldan (1874-1965) iqtibos sifatida keltirishadi. Bu qanchalik haqiqat ekanligini tekshirib ko‘rishning iloji yo‘q. Chunki muhandislar yolg‘onning tarqalish tezligini o‘lchaydigan asbobni haligacha yasashgani yo‘q. Yolg‘onni qo‘ya turaylikda, keling, biz odamlar foydalangan va foydalanayotgan, tarixda ma'lum asosiy transport vositalarining maksimal tezligi bilan dunyoni qancha vaqt ichida aylanib chiqish mumkinligini hisoblab ko‘ramiz. Bunda transportning maksimal harakatlanish uzoqligi, suvda yura olish-olmasligi kabilari e'tiborga olinmaydi. Biz faqat uning tezligiga ahamiyat qaratamiz. Bu shunchaki yaqqol namoyish qilish vositasi xolos, avtomobilda okeanni suzib o‘tishga urinmang, iltimos ????????????????????????????????

Topshiriq: Yer sharini ekvator bo‘ylab aylanib chiqish.

Ekvator aylanasi uzunligi: 40075 km.

Yangilаndi: 20.02.2018 10:45
 

Kuryositi marsaxodi (Infografika)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kuryositi marsaxodi (Infografika)

Mars haqidagi dastlabki astronomik kuzatishlar qayd qilingan yozma manbalar eramizdan avvalgi 3.5 ming yilliklarga tegishli Bobilliklarning astronomik jadvallari va ierogliflari hisoblanadi. o‘rta asrlarda hind va musulmon sharqi munajjimlari Marsning o‘lchamlarini va undan Yergacha bo‘lgan masofa hisoblab chiqishgan XVI asrga kelib Nikolay Kopernikning geliotsentrik modeli asosida Iogann Kepler Marsning ekliptik orbitasining aniq keltirib chiqardi. Marsni kuzatish, teleskop kashf etilgach yana jadallashdi. 1659-Yilda Franchesko Fontanna teleskopik kuzatishlar asosida Mars sirtini tasvirini chizdi. 1660-yilda Dominik Kassin iMarsning qutblarini aniqlab, tasvirga tushirdi. 1888-yilda Jovanni Skiaparell Mars sirtidagi alohida detallarga nom berishni boshladi: Adriatika, Kimmeriya, Feniks kabi dengizlar nomlarini aynan u bergan. XIX asrga kelib Marsni o‘rganish yana yangi bosqichga kirdi. Bu davrda Marsda kanallarning mavjudligi haqidagi xabar asnosida, Marsda hayot bor yoki, yo‘qligini aniqlash bo‘yicha tekshirishlar avj oldi. Koinotni zabt etish erasidan avvalgi davr astronomlari ichida Marsni tadqiq qilganlardan Persival Louell, Slayfer, Antoniadi, Leddi, Vokulyer, Tixovlarning izlanishlari ko‘p samara keltirdi. Lekin baribir, Marsni nisbatan mukammal tadqiq qilish, unga tomon 1960-yillarda «Fobos», «Deymos», «Mariner», «Viking», «Mars Global Surveyor« kabi fazoviy dasturlarning uchirilishidan keyin boshlandi.

Yangilаndi: 05.03.2018 17:30
 

Yer Sayyorasining tuzilishi qanday? (Infografika)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Yer Sayyorasining tuzilishi qanday?

Yer - Quyosh tizimidagi sayyoralar ichida, tartib bo‘yicha uchinchi, o‘lchamlariga ko‘ra beshinchi o‘rinda turuvchi sayyoradir. Shuningdek, ona sayyoramiz, insoniyatga ma'lum bo‘lgan sayyoralar ichida, tiriklik mavjud bo‘lgan yagona sayyora. Ilmiy farazlarga ko‘ra, Yer, Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar singari, Quyosh gaz-chang tumanligidan, bundan taxminan 4.5 milliard yil avval paydo bo‘lgan.

Yer sayyorasi shakliga ko‘ra, yassi ellipsoidga o‘xshash bo‘lib, «Geoid» deb ataladi. Geoid va unga o‘xshash (approksimatsion) ellipsoid orasidagi farq 100 metr atrofida[1]. Sayyoramizning o‘rtacha diametri 12742 kilometr. Aylanasi esa ≈40000 kilometr. Yerning ekvatori, o‘ziga xos do‘nglikni hosil qilgan. Uning ekvatorial diametri, qutblar orasidagi diametridan 42.6 kilometr uzunroq. Yer sirtidagi eng baland nuqta, Everest cho‘qqisi (Jomolungma) bo‘lib, u dengiz sathidan 8848 kilometr balandlikda joylashgan. Eng chuqur botiqligi esa, Marianna botig‘i bo‘lib, u dengiz sathidan 994 metr pastda joylashgan. Ekvator do‘ngligi hisobiga, Yer markazidan eng uzoq joylashgan nuqta Everest cho‘qqisi emas, balki, ekvatorga yaqinroq joylashgan boshqa cho‘qqilar - Ekvadordagi Chimboraso vulqoni cho‘qqisi hamda, Perudagi Uaskaran tog‘i tepasi hisoblanadi.

Yangilаndi: 05.03.2018 17:34
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 3 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 785
O'qilgan sahifalar soni : 3116903

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!