Yer aholisining ortishi
Odamzot nasliga 1,6 milliard nafar kishiga yetishi uchun juda ko‘p ming yillar zarur bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichga biz faqat 1900-yilga kelibgina erishganmiz. Biroq, shundan keyingi o‘sish jadalligi juda tezlashib ketdi va keyingi 60 yil ichida Yer aholisi jon boshi ikki karraga ko‘paydi (1960-yilda 3,2 milliard). XX-asr so‘ngiga kelib esa biz endi 6 milliardlik dovonni ham bosib o‘tdik. Demak, 10 milliardlik dovon ham unchalik olisda emas, shundaymi? BMT mutasaddilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer aholisi 2020-yilga borib 10 milliardlik dovondan ham o‘tadi. Xo‘sh, xronologik tartibda ko‘rib chiqsak, Yerda aholining o‘sishi qachon qay darajada bo‘lgan? Quyidagi infografikaga diqqat qilishingizni so‘raymiz. Unda aholining o‘sish jadalligi va Yer aholisining turli zamonlardagi miqdori bilan hozirgi zamondagi ayrim davlatlar aholisi sonio‘rtasida qiyoslashlar keltirilgan.






Odamzot o‘zini Yer sayyorasining egasi deb o‘ylaydi. Ko‘pchilikning g‘aliz tushunchasiga ko‘ra, biz - Yerdagi eng asosiy mavjudotmiz. Bir qarashda bu mutlaqo to‘g‘ri va yaqqol haqiqatdek ko‘rinadi: qayoqqa qaramang, har tarafda inson omili, uning faoliyati ta'sirini ko‘rish va kuzatish mumkin. Lekin, vaziyatga xolis baho beradigan bo‘lsak, biz Yerda unchalik ham asosiy mavjudot emasmiz...
Yer po'sti, yoki, boshqacha aytganda, Yer qobig'ining qalinligi 60 km atrofida deb baholanadi. Insonning Yer, tuproq, qazilma konlari kabilar bilan bog'liq faoliyatining asosiy qismi aynan shu qatlamda kechadi.
Uydan ishgacha yoki, o'qish joyigacha bo'lgan masofaning olisligidan shikoyat qilayotgan odamni hech kuzatganmisiz? Uning uchun dunyodagi eng olis masofa aynan shu masofa bo'lib ko'rinadi. Keling hissiyotlarga berilmay, aslida qaysi masofa eng olis ekani haqidagi infografika bilan tanishib chiqamiz:

