Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Minbar Olim yurtdoshlarimiz minbari
Olim yurtdoshlarimiz minbari


Erkin Kurganov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Erkin Kurganov

Orbita.Uz minbarida navbatdagi tadqiqotchi – biofizik Erkin Shuxratovich Kurganov. Erkin Shuxratovich hali o’zi juda yosh bo’lishiga qaramay, biofizika/fiziologiya bo’yicha ancha yillardan bri tadqiqot olib boradi. Keling, Erkin Shuxratovich tarjimai holi bilan qisqacha tanishib olamiz.

Kurganov Erkin Shuxratovich, 1987 yil 4-iyunda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni o‘zi tug‘ilgan qishloqda, Sharof Rashidov nomli 11-maktabda o‘qib, so‘ngra Namangan shahrida joylashgan 2-ixtisoslashgan maxsus maktab-internatida davom ettirgan. 2006-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Biologiya-tuproqshunoslik fakultetiga, Biologiya yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga kirib, 2010 yili Qizil diplomga bitirgan. O‘z sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlarni, oliygohdagi ta’limning 2-kursida boshlagan. O’sha paytda Erkin Shuxratovich biofizika faniga qattiq qiziqib, shu sohani yetuk olimlaridan biri Professor Sabirov R.Z. rahbarligi ostida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi. 2012 yildan e’tiboran esa, yosh tadqiqotchi Yaponiyadagi Okazaki shahrida joylashgan Fiziologiya Fanlari Milliy Institutiga PhD student sifatida qabul qilingan.

Endi esa suhbatdoshimizni savolga tutamiz:

Yangilаndi: 02.12.2016 14:44
 

Erkinjon Karimov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Erkinjon Karimov

Orbita.Uz minbarining birinchi ishtirokchisi - fizika-matematika fanlari doktori Erkinjon aka Karimov bo‘ldilar.

Erkinjon Karimov

 

Suhbatdoshimizni savolga tutishdan avval, u kishi haqida qisqacha ma’lumot keltirsak:
Karimov Erkinjon To‘lqinovich, 20.05.1977 yilda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 1993-1998 yillarda Farg‘ona davlat Universiteti, matematika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini dastavval Bag‘dod tumanidagi o‘rta maktabda matematika o‘qituvchiligidan boshlagan (1998-2001 yillar). 2001-2002 yillarda Farg‘ona Davlat universitetida ishlagan. 2005-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va Axborot Texnologiyalari Institutida faoliyat ko‘rsatgan. 2006- yildan e’tiboran to 2008 yilgacha qo‘shni Qozog‘istonning Sirdaryo Davlat universitetida katta o‘qituvchi sifatida mehnat qilgan. 2009 yildan boshlab shu kungacha O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika Institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlamoqda. Biz suhbatdoshimizning ilmiy ishlari va chop etgan maqolalari haqidagi odatiy standart ma’lumotlarni uning shaxsiy sahifasi: http://mathinst.uz/karimov/resume.html dan olishingiz mumkinligini aytib, e’tiborimizni suhbatga qaratamiz:

Yangilаndi: 06.01.2016 10:25
 


Banner

Minbardagi olim:

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma’lumotli matematikman, menga o’zimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shug’ullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2513266

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov