Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Biotexnologiyalar
Maqolalar

DNK strukturasining kashf etilishi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 40
Juda yomon!A'lo! 

DNK strukturasining kashf etilishi

Boston universitetining biomeditsina muhandisligi fakulteti professori, fizika-matematika fanlari doktori, biofizik Maksim Frank-Kamenetskiy bilan rentgenostrukturaviy tahlil hamda, DNK molekulasining shakl va asoslari haqidagi suhbat.

DNKning hujayra yadrosida joylashadigan molekula sifatida kashf qilinganiga ancha bo‘lgan. Uni XIX-asrning 60-yillarida Shveytsariyalik vrach Fisher tomonidan ochilgan edi. Lekin DNKning haqiqiy tarixi aytish mumkinki, 1953-yildan e'tiboran boshlanadi. Aynan shu yili DNK molekulasining strukturasi kashf qilingan. o‘shandan buyon DNK, o‘zining tirik organizmlar hayotida markaziy o‘rin tutuvchi ob'ektlardan biri ekanligi orqali olamga mashhur bolib kelmoqda.

DNKni kim tomonidan va qanday kashf etilgan? Bu savolga javobni ko‘pchilik yaxshi biladi: DNKni ingliz olimi Frensis Krik va amerikalik olim Jeyms Uotson tarafidan Buyuk Britaniyada, aniqrog‘i Kembrijda kashf qilingan. Uotson bu yerga malaka oshirish maqsadida kelgan edi. U paytlari Uotson endi-endi ilmiy tadqiqotlar olamiga kirib kelayotgan yosh biolog mutaxassis bo‘lib, Kavendish laboratoriyasida olib borilayotgan DNK strukturasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda qatnashish uchun jiddi-jahd qilgan 24-yoshli ishtiyoqmand yigitcha edi. Bu vaqtga kelib, DNK molekulasi inson irsiy axborotini o‘zida saqlashi va avloddan-avlodga tashishi haqida yetarlicha ma'lumotlar yig‘ilgan bo‘lib, ularga faqat Uotson ichki intuitsiya orqali ishonar edi. Lekin bu natijalarga ishonmaydigan olimlar ham bisyor bo‘lganidan, hali tajriba natijalarining amaliy isbotini obdon sayqallash talab etilardi. Kavendish laboratoriyasida Uotson bilan maslakdosh bo‘lgan kam sonli xodimlardan biri Frensis Krik ishlagan. U ham DNK molekulasi strukturasini aniqlash orqali inson irsiyati sinoatlarining tagiga yetish mumkin degan g‘oyaga qattiq ishonardi. Biroq Uotson va Krik tasarrufida DNK molekulasi strukturasini tadqiq qilish imkonini beruvchi hech qanday laboratoriya jihozi va asbob-uskunasi bo‘lmagan. Bu boradagi eng ilg‘or tadqiqotlar esa, Kavendish laboratoriyasida emas, balki Londondagi Qirollik kollejida olib borilayotgan bo‘lib, u yerdagi ilmiy tekshiruvlarni - rentgenostrukturaviy tahlil bo‘yicha mutaxassis Rozalinda Franklin tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Uotson va Krik uning oldiga yo‘l olishadi. Shu tarzda, DNK strukturasiga nisbatan sevgi uchburchagi - Uotson, Krik va Rozalinda ishtirokidagi drama boshlanadi.

Yangilаndi: 19.12.2018 08:00
 


Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11615404

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!