Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya
Maqolalar

Quyoshga yetib bordik!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 44
Juda yomon!A'lo! 

Quyoshga yetib bordik!

2021-yil ham yakunlanib bormoqda. Shubhasizki, ushbu yilning eng katta astrofizik va umuman eng katta ilmiy yangiliklaridan biri – tarixda ilk bora inson qo‘li bilan yasalgan apparat Quyoshga yetib borganligi bo‘ldi!

Biz saytimizda NASAning Parker Solar Probe zondi Quyosh tomon yo‘lga chiqqani haqida 2018-yilning avgust oyida xabar bergan edik. Ushbu kosmik apparat astrofizik olim Yujin Parker sharafiga nomlangan bo‘lib, missiyaning maqsadi – imkon qadar Quyoshga yaqin borish va yulduzimizni bevosita ichkarisini o‘rganish hisoblanadi. Apparat o‘sha yilning noyabrida Quyoshga yaqin yetib borgan bo‘lib, shu choqqacha bir necha marotaba unga maksimal yaqinlashishga erishdi. Shunday yaqinlashishlardan biri 2021-yilning aprel oyida sodir bo‘lgan edi va kuni kecha Physical Rewiew Letters jurnalida chiqqan maqolada aytilishicha, apreldagi o‘sha yaqinlashuv paytida, Parker zondi Quyosh toji ichkarisiga kirishga muvaffaq bo‘lgan! Bu degani, demak tarixda ilk bora odamzot qo‘li bilan yasalgan apparat Quyoshga yetib bordi demakdir. Ushbu misli ko‘rinmagan yirik ilmiy natija albatta astrofizika sohasi uchun 2021-yil tarixiy yil bo‘lib qolishini kafolatlaydi. Zero endi insoniyat Quyoshga yetib bordi deb bemalol aytish mumkin.

Yangilаndi: 17.12.2021 22:02
 

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi.

Ilmiy manbalarda C/2020 F3 (NEOWISE) nomi bilan qayd etilayotgan kometani shu kunlarda shimoliy yarimsharda shom oqqandan keyin kuzatish imkoni mavjud bo‘lmoqda. Kometa ancha xiraligi sababli uni oddiy ko‘z bilan ko‘rish qiyin.

Mazkur kometaning o‘ziga xosligi shundaki, u juda cho‘zinchoq parabolik orbitaga ega bo‘lib, juda uzoq davriylikda – har 6766 yilda bir marta qaytar ekan. Shu yilning 27-mart kuni kashf qilingan mazkur kometani Samarqandlik havaskor astronom Ma’ruf Karaev suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Quyida ushbu fotosuratlarni taqdim etamiz:

Yangilаndi: 23.07.2020 13:05
 

Gertsshprung-Rassel diagrammasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Gertsshprung-Rassel diagrammasi

Agar yulduzlarni fizik xossalariga ko‘ra diagrammaga terib chiqilsa, ular o‘z evolyutsion bosqichiga muvofiq, yaqqol namoyon bo‘luvchi guruhlarga ajraladi

Yulduzlarning turlari ko‘p. Diametri Quyoshnikidan 30 barobar katta bo‘lgan yulduzlar ham bor va shuningdek, yerdagi yirik bir shahar kattaligicha keladigan o‘lchamdagi yulduzlar ham bor. Shu darajada qaynoq yulduzlar borki, ularning nurlanish spektridagi asosiy rang – binafsharang bo‘ladi; qolaversa, yana shu darajada «sovuqroq» yulduzlar ham borki, ular spektrda to‘q-qizil rang bilan namoyon bo‘ladi va juda xira tortib qolgan bo‘ladi. XIX-asrda astronomiyada tub burilish sodir bo‘ldi. Olimlar mumtoz falakkiyotshunoslik ilmi – klassik astronomiyadan chetlashib, astrofizika sohasiga qadam qo‘ya boshladilar. Agar mumtoz astronomiyada markaziy savollar «Qayerda? qanday va qayoqqa harakatlanyapti?» qabilida qo‘yilgan bo‘lsa, endi, astrofizikada masalaning mohiyatini ochishi kerak bo‘lgan savollar «Bu nima o‘zi? Qanday kelib chiqqan va qanday tuzilgan?» - tarzida yangray boshladi. Bu boradagi qilinishi kerak bo‘lgan birlamchi vazifalardan biri, yulduzlarni hech bo‘lmaganda, tashqi qiyofasiga ko‘ra tasniflash masalasi edi. Aynan shu masala ustida bir-biridan mustaqil ravishda bosh qotirgan ikki olim – Daniyalik Eynar Gertsshprung (1873-1967) va AQShlik Genri Rassel (1877-1957) tomonidan hozirda astrofizikada keng qo‘llaniladigan va fanda «Gertsshprung-Rassel diagrammasini» deb yuritiladigan yulduzlar diagrammasi yaratilgan. Yozilishi va talaffuzi biroz qiyin bo‘lgani sababli, Gertsshprung-Rassel diagrammasini ko‘pincha «GR diagrammasi» deb qisqartiriladi.

Yangilаndi: 15.07.2020 18:55
 

Ekzosayyoralar haqida

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Ekzosayyoralar haqida

Kuni kecha, 8-oktyabr sanasida Nobel mukofoti qo‘mitasi joriy yilgi fizika bo‘yicha Nobel egalarining ism-shariflarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, olimlar Jeyms Pibls, Mishel Mayor, hamda, Didye Keloz Koinot evolyutsiyasi borasidagi nazariy kashfiyotlari, hamda, Quyosh turidagi yulduz atrofida aylanadigan ekzosayyorani kashf qilganliklari uchun ushbu nufuzli ilmiy mukofotga loyiq ko‘rilgani ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan biz ushbu maqolada, ekzosayyora o‘zi nima ekanligi va uning turlari haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Yangilаndi: 09.10.2019 08:49
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10946290

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!