Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya
Maqolalar

Robert Raketachi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Robert Raketachi

Qattiq yoqilg‘ili raketalar paydo bo‘lganiga ming yildan o‘tdi. Mohiyatan, bu - katta feyrverk, mushakbozlik uchun qo‘llaniladigan raketalardir. Haqiqiy ma'nodagi kosmik raketalar yasashni orzu qilgan ilk konstruktorlar, raketaning ochiq koinotga uchib yetib borishi uchun, qo‘shimcha ravishda suyuq yoqilg‘i quvvati ham zarur bo‘ladi deb hisoblashgan. Lekin, undan ham avval, koinotga uchib chiqa oladigan raketa texnologiyalarini o‘zini yaratish zarur edi.

Kosmosga parvoz qilish uchun raketa shunday dvigatelga ega bo‘lishi kerakki, u har qanday sharoitda ham ishlab, zaruriy energiya va harakatni ta'minlab berib tursin. ya'ni, bunday dvigatel raketani koinotga uchirib yuboradigan start maydonchasida ham, atmosferaning bosim past bo‘lgan yuqori siyrak qatlamlarida ham, shuningdek, deyarli vakuum holati bo‘lmish ochiq koinotda ham ishlashi shart.

Yangilаndi: 26.08.2018 08:47
 

Yer o‘qining og‘ish burchagi hamda Gomerning «Odisseya»si

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Yer o‘qining og‘ish burchagi hamda Gomerning «Odisseya»si

Qadimgi yunon shoiri Gomerning ikkita eng mashhur asari bor. Birinchisi - «Iliada» dostoni bo‘lsa, ikkinchisi Iliada dostonidir. Ushbu asarlarning ikkalasi ham qahramonlik eposi bo‘lib, asarlar yunon mifologiyasi asosida yaratilgan, Iliada va Odisseya shunchaki she'rlar, hikoya yoki, rivoyatlar to‘plamigina emas, balki, real tarixiy voqealarni ham bayon etganligi bilan muhim. Shu jihatdan, mazkur asarlar qadimgi dunyo tarixini o‘rganishda ham muhim yozma manba bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, mashhur Troya voqeasi aynan «Iliada» dostonida keltirib o‘tiladi. «Odisseya» esa bosh qahramon - Odisseyning jahongashta sarguzashtlarini, hamda, uni sabr bilan kutgan rafiqasi - Penelopaning sadoqatini madh etuvchi dostondir. Qisqasini aytganda, Iliada va Odisseya - umumjahon madaniyatining nodir namunalari hisoblanadi va butun bashariyat mulki sifatida e'tirof etiladi. Gomer asarlarini o‘zbek tiliga Mirtemir domla, hamda, Qodir Mirmuhamedovlar tomonidan tarjima qilingan.

Yangilаndi: 26.08.2018 09:10
 

Yulduzlarning tasniflanishi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Yulduzlarning tasniflanishi

XX-asr boshiga kelib, astronomlar yulduzlarni faqat joylashuvi va yorqinligiga qarab emas, balki, yana boshqa ko‘plab parametrlariga ko‘ra taqqoslash va farqlashni o‘rganib olgan edilar. Sababi, bu paytga kelib, yulduzlar haqidagi bilimlar ancha kengayib, to‘plangan ma'lumotlar ham anchayin salmoqli bo‘lib qolgandi. Chunonchi, Uilyam Gershel zamonasidan beri, yulduzlar kattaligini birinchidan oltinchigacha bo‘lgan shkala asosida tasniflash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda, eng yorqin yulduzlarga birinchi kattalik, sal xiraroqlariga ikkinchi kattalik, undan xiralariga uchinchi kattalik berilgan. Shu tarzda, eng xira, arang ko‘rinadigan yulduzlar oltinchi kattalikka tasniflangan. Gershel oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan yulduzlarni yettinchi kattalikka biriktirgan va ularni faqat kuchli teleskoplar bilan ko‘rish mumkinligini ta'kidlagan.

Yangilаndi: 26.08.2018 09:33
 

Koinotdagi orollar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Koinotdagi orollar

Somon Yo‘lining xira tutunsimon yog‘dusi aslida son-sanoqsiz yulduzlarning bir joyda o‘zaro yaqin g‘uj bo‘lishidan hosil bo‘lishini Galiley ham kuzatgan edi. Uilyam Gershel esa ushbu yulduzlarni xaritalashtirish asnosida, ular ulkan tekis disk hosil qilishini payqadi va bu singari yulduzlar g‘uj bo‘lgan ulkan kosmik obyektlarni «Galaktika» deb nomlay boshladi. Bizning Quyosh tizimimiz - galaktikaning juda kichik bir qismi xolos. Shunga qaramay, astronomlar galaktikamizdan tashqarida joylashgan va yog‘du taratib turgan obyektlarni ko‘rishganida, Koinotda Somon Yo‘lidan ham kattaroq boshqa yana biror obyekt bormikan degan savol yuzaga qalqib chiqdi.

Yangilаndi: 27.08.2018 09:27
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 6 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3492652

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)