Yulduzlarning tasniflanishi
XX-asr boshiga kelib, astronomlar yulduzlarni faqat joylashuvi va yorqinligiga qarab emas, balki, yana boshqa ko‘plab parametrlariga ko‘ra taqqoslash va farqlashni o‘rganib olgan edilar. Sababi, bu paytga kelib, yulduzlar haqidagi bilimlar ancha kengayib, to‘plangan ma'lumotlar ham anchayin salmoqli bo‘lib qolgandi. Chunonchi, Uilyam Gershel zamonasidan beri, yulduzlar kattaligini birinchidan oltinchigacha bo‘lgan shkala asosida tasniflash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda, eng yorqin yulduzlarga birinchi kattalik, sal xiraroqlariga ikkinchi kattalik, undan xiralariga uchinchi kattalik berilgan. Shu tarzda, eng xira, arang ko‘rinadigan yulduzlar oltinchi kattalikka tasniflangan. Gershel oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan yulduzlarni yettinchi kattalikka biriktirgan va ularni faqat kuchli teleskoplar bilan ko‘rish mumkinligini ta'kidlagan.