Aldamchi kimyo
Kimyo fanida ba’zan qiziq va murakkab, uzundan-uzoq atamalar, terminlar va nomlar uchrab turadi. O‘zi aniq fan bo‘lgani uchun, biz kimyoga oid terminlar ham doim aniq va lo‘nda bo‘lishi kerak degan qarashga egamiz. Lekin, ushbu fanga oid shunday g‘alati, ta’bir joiz bo‘lsa, «aldamchi» terminlar ham mavjud bo‘lib, ularga duch kelganda, nafaqat fandan yiroq bo‘lgan diletantlar, balki, soha mutaxassislarining o‘zlari ham yanglishib, adashib qolishlari hech gap emas. Shu sababli ham, bunday terminlar va nomlarni «aldamchilar» deyilsa, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.