Yashin tezligidagi mineral o‘g‘itlar
Farangcha "azote" so‘zi rus tili orqali o‘zbek tiliga kirib kelgan. Asl farang tilidagi bu so‘z "jonsiz" ma'nosini anglatadi. Uni ilk bora, 1772-yilda, DanielRezerford, o‘zining magistrlik dissertatsiyasida "aynigan havo" nomi bilan ilm-fanga tanishtirgan. Uning asosiy kimyoviy va fizik xossalarini ham birinchi bo‘lib aynan Rezerford bayon qilib bergan edi. "Aynigan havo‘ va shunga o‘xshashg‘alati nomlar o‘rniga, "azot" atamasini farang kimyogar olimi Antuan Lavuzye 1787-yilda fanga taklif etdi. U azotning yonishda ham, nafas olishda ishtirok etmasligidan kelib chiqib shunday nomni ma'qul ko‘rgan ekan. o‘sha davr olimlari, azotning ushbu xossalarini birinchi o‘ringa qo‘yishgan. Garchi keyingi davrlarda azotning butun yer yuzidagi tiriklik uchun nihoyatda muhim element ekanligi bir necha karra isbotlangan bo‘lsa-da, biroq uning g‘alati nomi hozirgacha saqlanib qolmoqda. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida, "azot" atamasi o‘rniga lotin tilidagi "Nitrogenum" - "Selitra tug‘diruvchi" nomi kengroq qo‘llaniladi. Siz va biz o‘rganib qolgan, davriy jadvaldagi N belgisi ham, aynan shundandir.
Gaz holatidagi azot, haqiqatan ham nafas olish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Lekin, aytib o‘tganimizdek, azotbutun tabiat, shu jumladan odamzot hayoti uchun nihoyatda muhim modda bo‘lib, usiz tabiatda hayotning mavjud bo‘lishi imkonsiz bo‘lar edi.Yer sayyorasida azot zahiralari bisyor. Uning asosiy qismi atmosferada yig‘ilgan - 78%. U ayniqsa, millionlab gektar yerlardagi tabiiy o‘simlik dunyosini oziqlantiruvchi mineralo‘g‘itlarni hosil qilishda asosiy o‘rin tutadi. Tabiat tuproqni qanday qilib o‘g‘itlaydi ekan? Tuproqdagi azotning eng asosiy manbai bu - biologik azotlashtirish jarayonidir. Ya'ni tabiiy jarayonlarda, mikroorganizmlar atmosferadan azotni biriktirib olib, o‘simliklarning oziqlanishi uchun yetkazib berib turadi. Qadimgi davrlardayoq, ba'zi o‘simlikar, xususan, dukaklilar, tuproqning unumdorligini oshirishi dehqonlarga ma'lum bo‘lgan. Biroq, u davrlarda, mohiyat o‘simlikning o‘zida emas, balki, dukaklilar bilan simbiozga kirishadigan maxsus mikroorganizmlarning faoliyati natijasida, tuproqining azot birikmalari bilan boyishida ekanligini hech kim hayoliga ham keltirmagan. Hozirgi kunda, ilm-fanga anchagina ko‘p sondagi azot biriktiruvchilar ma'lum: bakteriyalar, aktinometsetlar, po‘panakli va achitqi mohlar, yashil suv o‘tlari va ho kazolarning barchasi, o‘simliklarga hayotiy muhim modda bo‘lgan azotni yetkazib berib turadi.