Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo
Maqolalar

Inert gazlar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Inert gazlar

Davriy jadvaldagi faqat bitta guruh to‘laligicha gazlardan tashkil topgan guruh sanaladi. 18-guruhni tashkil qiluvchi ushbu gazlar umumiy qilib «inert gazlar» deyiladi. Chunki, ushbu gazlar boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Ushbu guruh tarkibi - geliy (He), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe) va radon (Rn) elementlaridan iborat. Ushbu elementlar tabiatda mavjud barcha elementlar ichida eng past kimyoviy faollikka ega bo‘lgan, sust elementlardir. Bunday sust reaktivlikning boisi esa, mazkur elementlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari to‘la ekani bilan bog‘liq. Shu sababli, ushbu element atomlari shundoq ham juda barqaror bo‘lib, shuning uchun ular inert deyiladi.

Yangilаndi: 16.12.2017 17:13
 

Qalay va qo‘rg‘oshin - konserva va san'at elementlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Qalay va qo‘rg‘oshin - konserva va san'at elementlari

Uglerod va kremniy – ikkalasi ham metallmaslar vakillaridir. Lekin, davriy jadvalda ularning ostida uchta metall joylashgan. Ularning dastlabki ikkitasi bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan metallardir. Chunki, ushbu metallar insoniyatga juda qadimdan ma’lum bo‘lib, ularning biri – davriy jadvalda 50-raqamli kimyoviy element – qalay bo‘lsa, ikkinchisi – 82-raqamli element qo‘rg‘oshin elementidir.

Bi ikki metallarning inson tomonidan ishlov berilgan eng qadimgi namunalari eramizdan avvalgi 3000-ming yillikka oid arxeologik topilmalardan aniqlangan. Qalay va qo‘rg‘oshin haqidagi ma’lumotlar eng qadimgi madaniyatlarga oid qo‘lyozmalarda va chunonchi diniy kitoblarda ham uchraydi. Xususan, nasroniylarning muqaddas kitobi Injilda qalay haqida gap ketgan jumlalar mavjud.

Yangilаndi: 22.12.2017 18:34
 

Simob – suyuq element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Simob – suyuq element

Qalay va qo‘rg‘oshin nisbatan past haroratlarda ham erishini siz yaxshi bilasiz.  Ularning erishi uchun 200-300 ℃ orasidagi harorat kifoya qiladi. Ishqoriy metallar yanada pastroq haroratlarda ham erib, suyuqlanib ketadi. Masalan, seziy metallining erishi uchun Quyoshli kundagi issiq harorat yetarli bo‘ladi.

Shunday bir metall borki, hatto sovuq haroratda ham suyuqligicha qolaveradi. Bu – davriy jadvaldagi 80-raqamli element – simob elementidir. Simob – suv muzlaydigan haroratdan, ya’ni, selsiy bo‘yicha 0 ℃ dan ham ‒39 daraja past haroratdagina qotadi.

1759-yilgacha hech kim simobni qattiq holatga o‘tkazishga urinib ham ko‘rmagan. Chunki, hech kim simobning aslida metall ekanini bilmagan.

Yangilаndi: 06.01.2018 15:14
 

Kalsiy - suyak elementi

E-mail Chop etish

Kalsiy - suyak elementi

Yer qobig‘ida silikatlar turkumiga mansub bo‘lmagan minerallar mavjud. Bundaylardan biri – ohaktoshdir. Ushbu mineral qanday ko‘rinishda ekanligiga qarab, turli nomlar bilan ataladi. Agar ohaktoshni shaffof bo‘lmagan kristallar ko‘rinishida uchratilsa uni kaltsit deyiladi. Agar kristallar shaffof bo‘lsa, uni island shpati deyiladi. Ohaktosh turkumidagi minerallarning eng mashhuri va chiroylisi bu – marmar bo‘lib, unga sayqal berish orqali juda ajoyib me’moriy bezaklar tayyorlash mumkin. Marmarning arxitektura bezagi sifatida qo‘llanilishi qadimgi yunon va Rim davridayoq keng ommalashgan edi. Vanihoyat, ohakning nisbatan mo‘rt va oson uqalanadigan shakli – bo‘r bo‘lib, uni biz maktab doskasi oldidagi doimiy manzili orqali yaxshi taniymiz. Angliyaning Duvr hududida bus-butun bo‘rdan iborat butun boshli qoyalar tizimi mavjud.

Yangilаndi: 06.01.2018 15:21
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 785
O'qilgan sahifalar soni : 3122380

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!