Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo
Maqolalar

Bor - sahro elementi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Bor - sahro elementi

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining IIIA guruhi joylashgan ustunda bor, alyuminiy, galliy, indiy, hamda, talliy elementlari o‘rin egallagan. Bu elementlar ichida alyuminiydan tashqari qolgan barchasi kamyob elementlar sanaladi. Lekin, ularning alyuminiydan farqi faqat kambyobligida emas.

Masalan, davriy jadvalda alyuminiyning tepasida 5-raqam bilan bor elementi joylashgan. Bu elementning ustun bo‘yicha qo‘shnilarida, xususan alyuminiydan keskin farqlab turuvchi jihati shuki, bor - metall emasdir. U metallmaslar safidagi eng muhimlaridan biri bo‘lib, keyingi suhbatimiz ushbu element haqida bo‘ladi.

Yangilаndi: 11.02.2020 08:39
 

Platina guruhi metallari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Platina guruhi metallari

Ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) va platina (Pt) metallaridan iborat guruh "Platina metallari" deb yuritiladi. Ularning hammasi, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VIII b-guruhchasiga mansub bo‘lib, birinchi uchlik, ya'ni, Ru-Rh-Pd beshinchi davrda, ikkinchi uchlik, ya'ni, Os-Ir-Pt esa oltinchi davrda joylashgan.

Tabiatda ushbu metallar asosan sof holda uchraydi. Ba'zan esa, ularni ayrim ruda va minerallar tarkibida qo‘shimcha (yo‘ldosh) holida ham uchratish mumkin. Ushbu metallarning sof holdagi yirik yombilari ham topilgan. Ulardan eng yirik yombining vazni 10 kg atrofida bo‘lgan.

Yangilаndi: 16.12.2018 00:30
 

Uran - beqaror element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Uran - beqaror element

 

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi elementlarning aksariyati, ya'ni, 1-raqamli element vodoroddan boshlab, 83-raqamli element vismutgacha bo‘lgan barchasi barqaror elementlar sanaladi. Ushbu elementlarning hech bo‘lmasa bir dona atomi doimiy barqaror bo‘lib qoladi. Balki tabiatda mavjud barqaror elementlarning hammasi aynan o‘sha 83 ta elementdan iborat bo‘lishi mumkin.

Vismutdan keyin keluvchi element - poloniydan boshlab, beqaror kimyoviy elementlar qatori boshlanadi. Bu elementlarni beqaror deyilishiga sabab, vaqt o‘tishi bilan bunday elementning atomi parchalanib, boshqa bir atomga aylanadi. Bunday beqaror elementlar ichida keng tarqalgani va eng birinchi bo‘lib kashf qilingani - davriy jadvaldagi 92 raqamli element - Uran elementidir. Uranni 1789-yilda olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) tomonidan nasturan mineralini tadqiq qilish vaqtida kashf etilgan. o‘zi kashf qilgan elementni olim, o‘sha yillarda astronom hamkasblari tomonidan kashf etilgan yangi sayyora - Uran sharafiga shu nom bilan nomlagan.

Yangilаndi: 01.12.2018 01:42
 

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi 4 ta element qo‘shildi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi 4 ta element qo‘shildi

Nazariy va Amaliy Kimyo Xalqaro Ittifoqi (IUPAC) Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi to‘rtta element qo‘shilganini rasman tasdiqladi. Yangilangan davriy jadvalni Rossiya, AQSH va Yaponiya olimlari birgalikda tartiblashgan.

Davriy jadvalga yangi qo‘shilgan elementlarga hozircha vaqtinchalik nomlar berilgan. Ulardan birinchisi Ununtriy deb nomlangan bo‘lib, formulasi Uut, davriy jadvaldagi tartibi esa 113 bo‘ladi ("Ununtriy" nomi lotinchada 113 degani). Shuningdek Ununpentiy - Uup (115), Ununseptiy - Uus (117) va Ununoktniy - Uuo (118) elementlari ham endi rasman tan olindi. Endilikda ushbu elementlarni kashf qilgan olimlarga yoki ilmiy guruhlarga mazkur elementlarga boshqa nom berish huquqi beriladi. Ushbu elementlarning kashf etilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lganiga ancha yillar bo‘lgan bo‘lsa-da, shtab-kvartirasi Shimoliy Karolinadagi Research Triangle Parkda joylashgan IUPAC tashkiloti, ushbu elementlarni faqat 2015-yil 30-dekabr sanasiga kelibgina rasman tan oldi. Buning uchun o‘sha elementlarni kashf qilgan olimlardan mustaqil ravishda, boshqa ilmiy ekspertlar ham ushbu elementlarni sintez qila olishlari talab etilardi. Odatda faqat shunday tasdiq orqaligina haqiqatan ham yangi kimyoviy element kashf etilgani rasman e'tirof etiladi. Shu sababli ham biz yangi 4 elementning davriy jadvalga rasman qo‘shilishini 2015-yil so‘ngigacha kutishga majbur bo‘ldik.

Yangilаndi: 26.11.2018 09:57
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11857383

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)