Fosfor - yog‘dulanuvchi element
1669-yilda olmon kimyogari Xennig Brandt siydik tarkibini tahlil qilish uchun undagi suvni bug‘latib yubordi va idishda qolgan cho‘kindi quyqalarni sinchiklab tekshirib chiqdi. Shu asnoda Brandt davriy jadvaldagi biz bilgan 15-raqamli element - fosforni kashf qilgan edi. Bu - yumshoq mumsimon modda holida bo‘lib, oddiy xona sharoitida ochiq havoda o‘zidan o‘zi yonardi va shu sababli, o‘zidan muayyan yorug‘lik chiqarardi.
o‘zi kashf qilgan moddaning yashil nur chiqarayotganligi sababli Brandt unga yunoncha fosfor, ya'ni, "nur taratuvchi" deb nom bergan.