Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo
Maqolalar

Osmiy sotiladi, arzonga!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Osmiy sotiladi, arzonga!

Metallarning narx-navosi va kimyo fanidan xabardor bo‘lgan kishilar mazkur sarlavhani o‘qib hayron bo‘lishlari turgan gap. Chunki, osmiy metalli qimmatligi bo‘yicha eng oldingi o‘rinlarda turadi. Osmiyning nisbatan keng tarqalgan oddiy izotopining bir grammi taxminan oltin bahosi bilan teng yuradi. Lekin, osmiy-187 izotopi esa qimmatligi bo‘yicha hamma metallarni ortda qoldiradi va atiga bir grammi uchun 200 000 AQSH dollari talab qilinadi. Bundan ham qimmat turadigan yagona metall – kaliforniydir. Unda nega sarlavhada osmiy arzonga sotilishi gapirilyapti deysizmi? Qiziqib qolgan bo‘lsangiz, maqolani oxirigacha o‘qing.

Yangilаndi: 01.05.2019 11:34
 

Azot - jonsiz element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Azot - jonsiz element

Kislorod haqidagi maqolada ushbu elementning havodagi ulushi 1/5 miqdorda ekanini aytgan edik. Havodagi o‘sha qolgan 4/5 qism ulushni, ya'ni, deyarli 78% qismini azot gazi tashkil qiladi. Ushbu element davriy jadvalda 7-raqam bilan o‘rin olgan.

XVIII-asrda kimyogarlar kislorodni kashf etishganidan keyin, ular havoda yana bir boshqa gaz ham mavjudligini fahmlashgan. Ushbu gaz yonishga yordam bermasdi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etmas edi. Yopiq idish ichida yoqib qo‘yilgan sham, ichkaridagi havoning taxminan 1/5 qismini sarflab, keyin esa o‘chib qolardi.

Chunki, o‘sha hajmning 1/5 qismini egallagan kislorod tugab bitgach, qolgan gaz shamning yonishiga ko‘maklasha olmagan. o‘sha gaz shuningdek hayot uchun (to‘g‘rirog‘i nafas olish uchun) ham keraksiz gaz ekani ayon bo‘lgan. Chunki, xuddi sham singari, yopiq idishga qamab qo‘yilgan sichqon, u joyda kislorod tugashi bilan o‘lib qolardi. Vaholanki, hali idish ichidagi havoning 75% dan ziyod qismi ishlatilmagan bo‘lardi.

Yangilаndi: 21.11.2018 10:42
 

Seni qutlayman, notanish!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Seni qutlayman, notanish!

Hamma joyda bo‘lgani singari, ilm-fanda ham moda ketidan quvish degan narsa mavjud. Agar siz biror ilmiy yangilikka qo‘l urib, ko‘pchilik uchun kutilmagan, noodatiy va eng muhimi - muvaffaqiyatli tajribani uddalasangiz, siz hali fikringizni jamlab olishingizdan avval sizga taqlid qilib, muvaffaqiyatingizni o‘z nomi ostida takrorlashni istovchi bir gala odamlar paydo bo‘ladi.

Ilm-fandagi bunday misollar talaygina. Xususan, 1898-yilda Uilyam Ramzay va Moris Uilyam Travers tomonidan kashf qilingan ksenon elementini olish mumkin. U tegishli bo‘lgan kimyoviy element guruhidagi boshqa elementlar singari, ksenon ham suyuq havodan ajratib olingan. Qizig‘i shundaki, havoda ushbu elementning mavjudligini, havo tarkibi qizg‘in tadqiq etilgan o‘sha asr mobaynida hatto taxmin ham qilinmagan edi. Tadqiqotchilar havo tarkibida g‘alati va notanish elementni ko‘rib ozmuncha hayratga tushishmagan o‘shanda. Shuning uchun ham, ksenon nomining o‘zi o‘sha paytdagi kimyogarlarning hayrat va ajablanishi ifodasi o‘laroq dunyoga kelgan. Uning ma'nosi yunon tilidagi notanish, begona va g‘alati ma'nolarini beruvchi xenon so‘zidan kelib chiqqan edi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:52
 

Geliy - o‘ziga to‘q element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Geliy - o‘ziga to‘q element

Quyosh nuri aslida biz ko‘rganimizdek zarrin sariq emas, balki, tabiatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ranglar yig‘indisidan iboratdir. Agar Quyoshdan kelayotgan yorug‘lik nurlarini uchburchak shisha shaklidagi prizmadan o‘tkazilsa, yorug‘lik tarkibiy ranglarga taqsimlanib, xuddi kamalak misol jilvalana boshlaydi. Yorug‘likning bu tarzda tarkibiy ranglarga taqsimlanishini spektr deyiladi.

Kimyoviy elementlar ham yuqori haroratlargacha qizigan chog‘da ulardan chiqayotgan yorug‘lik nurlarining spektrdan o‘tkazilsa, hosil bo‘lgan spektr turli ranglardagi yorqin chiziqlar namoyon qiladi. Bu chiziqlar ketma-ketligini spektral chiziqlar deyiladi. Tabiatda har bir element faqat o‘zigagina xos bo‘lgan va boshqa elementda takrorlanmaydigan shunday spektral chiziqlar ketma-ketligiga ega.

Yangilаndi: 21.11.2018 16:19
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 804
O'qilgan sahifalar soni : 4211775

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov