Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli matematika
Maqolalar

Pit Xeyn superellipsoidi

E-mail Chop etish

Pit Xeyn superellipsoidi

1965-yilda Daniyalik olim, ixtirochi va konstruktor Pit Xeyn (1905-1996) turli obyektlar uchun badiiy bezak va interyer elementi sifatida ishlatish maqsadida «supertuxum» yoki, «superellipsoid» ixtiro qildi. Ushbu ellipsoidning o‘ziga xosligi shundaki, u har ikki tarafida o‘ta barqaror tik tura oladi va ag‘anab ketishi amri maholdir.

Superellipsoidning uch o‘lchamli shakli |x/a|2,5+|y/b|2,5=1 formula orqali aniqlanadigan superellipsning x o‘q atrofida a/b=4/3 bo‘yicha aylanishidan hosil qilinadi. Umumiy holatda superellipsoidning tenglamasi (|x|2/a+|y|2/a)a/b+|z|2/a=1 ko‘rinishida bo‘lib, bunda a va b albatta noldan katta sonlar bo‘lishi lozim.

Yangilаndi: 07.02.2018 17:55
 

Chiziqlar tilga kirganda Shtrix-kod haqida

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Chiziqlar tilga kirganda
Shtrix-kod haqida

Irland xalqida bir hazil gap bor: ular shtrix-kodni aynan irlandlar o‘ylab topgan deb hazillashishadi. Buning asosli sababi bor albatta: o‘tgan asrda Irlandiya hududidan qadimgi Kelt qabilalariga tegishli toshga o‘yilgan yozuvlarni topishgan. Ogama deb yuritiluvchi ushbu yozuvlar tashqi ko‘rinishidan xuddi shtrix-kodga o‘xshab ketadi. Ogamada ham, shtrix-koddagi singari, ma'lumotlar chiziqlarning muayyan ketma-ketligi orqali ifodalanadi.

Siz supermarketlarda sotuvchining xaridor savatchisidagi mahsulotlarni birma-bir olib, ularning yorliqlaridagi oq-qora chiziqlar tushirilgan qismini, ya'ni, shtrix-kodini maxsus uskuna orqali skanerlashini ko‘p bora ko‘rgansiz. Skanerlashni tugatgach, sotuvchi kassa apparatiga bosadi va xaridorga sotib olingan mahsulotlar ro‘yxati va narxi ko‘rsatilgan chekni chiqarib beradi.

Yangilаndi: 15.02.2018 07:56
 

Li E8 guruhini izlab

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Li E8 guruhini izlab

Deyarli yuz yildan ziyod vaqt mobaynida matematiklar ulkan 248-o‘lchamli obyektni tushunishga urinib kelishdi. E8 nomi bilan tanilgan ushbu obyektni o‘rganishda eng kuchli dasturchilar va matematiklardan iborat xalqaro guruh va eng ilg‘or superkompyuterlar jalb qilinganidan keyingina, 2007 yilda muayyan natijaga erishildi.

Lirik chekinish sifatida, Iogann Kepler (1571-1630) muallifligidagi «Olam tilsimi» (Mysterium Cosmographicum) asariga murojaat qilamiz. Kepler ham astronom va ham matematik olim sifatida simmetriya masalasiga shu darajada kuchli qiziqqanki, u butun Quyosh tizimi va undagi sayyoralarning orbitalarini bir-birining ustiga-ustak, ustma-ust joylashtirilgan platon shakllari, masalan, kub va dodekaedr ko‘rinishida tasavvur qilish kerak deb taklif qilgan. Uning tasavvuridagi o‘sha «samoviy simmetriya»da xuddi ulkan piyoz singari chizib ko‘rsatilgan. Kepler simmetriyasining bu ko‘rinishi ham miqdoriy jihatdan, ham, tadbiq etilishi sohasi jihatdan cheklangan bo‘lib, aslida Koinotda simmetriyaning shunday murakkab turlari aniqlanganki, ular hatto Keplerning tasavvuriga ham sig‘magan bo‘lardi.

Yangilаndi: 22.12.2017 07:58
 

Mashhur son haqida eski va yangi gaplar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Mashhur son haqida eski va yangi gaplar

Muqaddima

Siz ayrim sonlarning «xosiyatli» va ayrimlarining «bexosiyat» ekani haqidagi uzun-quloq uydirmalarni albatta eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, ayrimlar 7 raqamiga boshqacha (ijobiy) ko‘z bilan qarashsa, aksincha 13 ga salbiy yondoshuv bilan boqishadi. Aslida sanoq tizimidagi hech bir son xosiyatli yoki bexosiyat bo‘la olmaydi. Sonlarga nisbatan salbiy yoki ijobiy xususiyat nuqtai-nazaridan yondoshish va ulardan qandaydir g‘ayritabiiy «xosiyatlar» kutish - bo‘lmag‘ur irim-sirimdan boshqa narsa emas.

Lekin matematikada shunday son borki, ushbu sonni matematik mutaxassislar va ayniqsa geometriya shinavandalari haqiqatan ham «ardoqlashadi». U haqida ming yillardan buyon butun boshli jild-jild kitoblar bitilgan. Ushbu son riyoziyot va handasa ilmining eng o‘tkir zehnli olimlarini-yu, qiziquvchan talabalarini hali hanuz o‘ziga maftun etib kelmoqda. Hatto bu son haqida Gollivudda kinofilm ham ishlangan! Ha mayli, gapni cho‘zmaylik. So‘z - π soni haqida bormoqda. Keling, ushbu maqolamizda biz ham mazkur ajoyib va qiziqarli sonning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr almashinamiz.

Yangilаndi: 16.02.2018 09:11
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3056941

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)