Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli matematika
Maqolalar

Ko‘pburchaklarni bo‘lish bo‘yicha Eyler masalasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Ko‘pburchaklarni bo‘lish bo‘yicha Eyler masalasi

 

1751-yilda Leonard Eyler o‘zining Prussiyalik hamkasbi, o‘z davrining yana bir yetuk matematik olimi Kristian Goldbaxga (1690-1764) quyidagicha masala taklif qilgan edi: tekislikda burchaklari soni En ga teng bo‘lgan qavariq n-burchakni necha xil usul bilan uchburchaklarga ajratish mumkin? Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, Eyler taklif qilgan masalani quyidagicha talqin qilish mumkin: ko‘pburchak shaklidagi tortni pichoqni faqat u burchakdan bu burchakkacha tortib kesish orqali, necha xil usul bilan uchburchak shaklidagi bo‘laklarga bo‘lib tarqatish mumkin? Bunda kesish chiziqlari bir-biri bilan uchrashmasligi kerak (ya'ni, tort aniq teng uchburchaklarga taqsimlanishi kerak). Masala yuzasidan Eylerning o‘zi quyidagicha formula taklif qilgan:

Yangilаndi: 22.12.2017 08:24
 

Matematik ramziy belgilar - raqamli-harfli ajabsanda

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Matematik ramziy belgilar - raqamli-harfli ajabsanda

Matematik formulalar va hisoblashlar, muayyan grafik belgilar vositasida ifodalanadi. Siz matematik ramzlarni ko‘rganingizda, ushbu belgining qachon va qanday paydo bo‘lganini, yoki uning qaysi matematik tomonidan iste’molga kiritilgani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Matematika – turli shartli belgilarni juda keng qo‘llaydi. Matematika bir turdagi shartli belgilardan boshqalarini keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki, matematika bu – ramziy mavhumiyatni o‘rganadigan fandir.

Fanlar shohi endi-endi tizimli tarzda o‘rganilayotgan davrlarda uning muomala tili ha juda sodda bo‘lgan. Xususan, ilk matematik kitoblarni bitgan mualliflar, o‘zlari keltirmoqchi bo‘lgan misollarni oddiy so‘zlashuv tilida, matn tarzida keltiraverishgan. Masalan, «falon buyumdan falonchasini bunchaga ko‘paytirsa, manabuncha bo‘ladi» qabilidagi gaplar bilan misollarni yozaverishgan. Keyinchalik, matematiklar, ifoda uslubini tobora soddalashtirib borishdi va asta-sekin, siz bilan biz ko‘nikkan matematik «til» - turli belgi va ishoralardan iborat o‘ziga xos ramziy ifoda usuli vujudga keldi.

Yangilаndi: 31.01.2018 15:09
 

Ajoyib geometrik obyektlar - egri chiziqlar haqida

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Ajoyib geometrik obyektlar - egri chiziqlar haqida

Egri chiziqlar matematiklarni qadim davrlardanoq qiziqtirib keladi. To‘laligicha egri chiziqli obyektlarga bag‘ishlangan va ularni o‘rganish tarixi haqida hikoya qiladigan kattagina tarixiy kitob yozish ham mumkin. Biroq egri chiziqning o‘zi nima? Unga qanday ta'rif berish mumkin?

Mashhur nemis matematigi Feliks Klyayn kunlardan bir kun achchiqlanish bilan xitob qilib: «Egri chiziqqa ta'rif berishdan ham mujmal narsa yo‘q!» - degan edi. Klyayn achchiqlanganicha bor. Bir qarashda juda sodda ko‘rinadigan shunchaki egri chiziq tushunchasi eng kuchli matematiklar uchun ham biroz murakkab tushunchalar qatoriga kiradi. Shunga qaramay, egri chiziqlarning matematikadagi, ayniqsa texnikadagi muhim ahamiyatini inobatga olsak, ularni o‘rganish bejizga ilm-fan oldidagi dolzarb masalalar sirasiga kirmasligini anglab yetamiz. Quyida ushbu murakkab geometrik obyektga imkon qadar sodda ta'riflar keltirishga harakat qilamiz.

Yangilаndi: 05.02.2018 17:05
 

Kalkulyatorlar haqida ikki og‘iz

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kalkulyatorlar haqida ikki og‘iz

Kalkulyatorlar matematikani o‘rgatmaydi, lekin ayrim hisob-kitoblarni yaxshiroq tushunishda, yoki, hisoblashlarni tezroq bajarishda ko‘mak beradi. Ularning ayniqsa katta sonlar bilan ishlashdagi amaliy ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Biroq, kalkulyator bilan hisoblash va miyani ishlatib qo‘lda hisoblash qo‘llaniladigan matematik uslublar o‘rtasida katta farq bor...

Aytaylik, bizga 183 sonining 5 darajali ildizini, ya'ni, ni chiqarish kerak. Quyida, ushbu nisbatan sodda matematik amalni ikki xil yo‘l bilan hisoblab chiqish usullarini ko‘rsatamiz. Birinchisida maktabda olingan matematik bilimlar asosida, o‘qituvchilarimiz aytganidek, «miyani ishlatib», qog‘oz va qalam vositasida hisoblaymiz. Ikkinchisida esa, cho‘ntak kalkulyatoridan foydalanib, xuddi bozordagi savdogarlar singari hisoblaymiz (lekin bozorda hecham ni hisoblashga to‘g‘ri kelmasa kerak ??????).

Yangilаndi: 05.02.2018 17:20
 


Maqolaning 4 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 788
O'qilgan sahifalar soni : 3195762

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)