Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika
Maqolalar

Entropiya? Bu juda oddiy...

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Entropiya? Bu juda oddiy...

Entropiya. Bu tushuncha ne-ne kallalarni qotirmagan deysiz. To‘g‘rirog‘i, bu tushunchani mohiyatini anglash uchun ne-ne kallalar qotimagan, ne-ne miyalar qiynalib qolmagan deysiz. Chunki, mavzular o‘ta jiddiy izchillik bilan yoritiladigan fizika darsliklarida entropiya tushunchasi biroz murakkab ta'riflanadi. Odatda, entropiya tushunchasining ta'rifini birinchi marta o‘qigan o‘quvchi yoki talaba taxminan quyidagi memda tasvirlangan holatga tushadi.

Yangilаndi: 23.11.2018 11:49
 

Gravitatsion to‘lqinlar bu olamda oltin qayerdan paydo bo‘lishi sirini ochib berdi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Gravitatsion to‘lqinlar bu olamda oltin qayerdan paydo bo‘lishi sirini ochib berdi.

Oltin olma duo ol... yoxud Koinot ismli alkimyogarning hunarlari haqida...

Xalqimizda ajoyib bir maqol bor: "Oltin olma duo ol..." deyishadi. Biz hozir falsafaga yo‘grilgan odobnoma darsi o‘tmoqchi emasmiz. Shunchaki, Koinotda oltin aslida qayerdan olinishini ilmiy isbotlangani haqida ma'lumot bermoqchimiz Смешно.

Xabaringiz bor, 2016-yilda gravitatsion to‘lqinlarni qayd etgani bilan dunyoga tanilgan LIGO rasadxonasi olimlari fizika bo‘yicha Nobel-2017 mukofotiga loyiq ko‘rildilar. Aslida, o‘sha 2016-yilgi kashfiyot, ya'ni, gravitatsion to‘lqinlarning aniqlanishi shunchaki ularning mavjudligini tasdiqlashdangina iborat emasdi. Balki, uning ahamiyatini yanada oshiradigan jihat ham borki, u ham bo‘lsa, LIGO rasadxonasi, astronomiyada mutlaqo yangi yo‘nalish - gravitatsiya to‘lqinlari vositasida Koinotni kuzatish usulini ham ochib bergani bo‘lgan. Ya'ni, mazkur rasadxona olimlari, Koinotdagi favqulodda yirik obyektlarning, masalan, qora tuynuklar, yoki, neytron yulduzlarning to‘qnashishi natijasida, butun Koinot bo‘ylab yoyilgan fazo-vaqt kontinuumining (zamon-makon uyg‘unligining) tebranishlarini "eshitish"ga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:26
 

Kompton effekti

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Kompton effekti

Tasavvur qiling, siz aks-sado qaytadigan joyda qattiq qichqirdingiz. Albatta, sizning tovushingiz o‘zingizga bir necha martadan qayta-qayta eshitiladi va u siz qanday qichqirgan bo‘lsangiz, o‘sha tovush chastotasida qaytadi. Tovushingiz hech qachon bir oktava past bo‘lib qaytmaydi. Ammo lekin, rentgen to‘lqinlari borasida bunday deyishning iloji yo‘q. 1923-yilda fizik olim Artur Kompton (1892-1962) rentgen nurlarining elektronlarga tushishi natijasidagi tarqoq nurlanishlarning chastotasi va energiyasi pastroq bo‘lishini ko‘rsatib bergan. Bu ko‘pchilik olimlar uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Chunki, elektromagnit nurlanishlarning klassik to‘lqin nazariyasida bunday effekt ko‘zda tutilmagan edi.

Yangilаndi: 30.11.2018 17:57
 

Plazma

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Plazma

Plazma bu ko‘p sonli ionlar va elektronlardan tashkil topgan kuchli ionlashgan gazdir. Plazma hosil qilish uchun, energiyaning turli shakllaridan - issiqlik energiyasi, elektr, yoki, nurlanish energiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan, gazni shunchalik kuchli qizdirilsaki, unda, atomlarning o‘zaro to‘qnashishi natijasida, bir-biridan elektronlarni urib chiqarib yuborsa, ushbu gaz plazma holatiga o‘tadi. Gazning o‘zi singari, plazma ham, o‘zi turgan idish shakliga kiradi. Oddiy gazlardan farqli o‘laroq, plazma magnit maydoni ta'sirida turli xil strukturalar hosil qiladi va ularning ko‘rinishi xuddi naqshlar singari, turli katakchalar, qatlamlar va chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, oddiy gazlarda uchramaydigan yana bir holat - uning muhitida tarqaladigan to‘lqinlar xilma-xilligi bilan ham plazma gazdan farqlanadi.

Yangilаndi: 30.11.2018 18:00
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 18 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11452038

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov