Gapiruvchi kesilgan bosh
Bu "mo‘jiza" ko‘pincha kichik shaharlarda kezib yuruvchi sayyor sirk, muzey va "panoptikum"larda ko‘rsatilar edi. O‘z shaharlariga kelgan ana shunday ko‘chma teatrlarga tushgan tamoshobinlar hambunga o‘xshash nayrangbozlikni ko‘rganlar. Siri bilan oshno bo‘lmaganlarni u chindan hayron qoldiradi: siz o‘z oldingizda ustiga tarelka qo‘yilgan stolni ko‘rasiz, tarelkaning ustida esa... ko‘zlari miltillatib, gapirib va ovqatlanib turgan odamning tirik boshini ko‘rasiz! Go‘yo stolning ostida tanasini berkitadigan joy yo‘qdek ko‘rinadi. To‘siq bo‘lgani sababli stolga yaqin kelish mumkin bo‘lmasada, siz stol ostida hech narsa yo‘qligini ko‘rib turasiz. Agar sizga bunday "mo‘jiza" ni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga to‘g‘ri kelsa, siz stol ostiga g‘ijimlangan qog‘ozni tashlab ko‘ring. Sir darrov ochiladi: qog‘oz... ko‘zguga tegib qaytadi! Qog‘oz stolga yetmagan taqdirda ham, ko‘zguning borligini oshkor qiladi, chunki unda qog‘ozning tasviri ko‘rinadi.