Gugl nechchi? Billiardchi?
Sarlavha buncha be«mani deb o‘ylayotgandirsiz? Xulosa qilishga shoshilmang. Maqolani o‘qib chiqqach hayratingiz balki yana ham ortar...
1871-yildagi Fransiya - Prussiya urushi natijasida olmonlarning kundalik so‘zlashuv muomala tiliga yangi so‘z - «Milliard» kirib keldi. Urush yakuniga ko‘ra imzolangan bayonnomada, faranglar olmonlarga 5 milliard frank o‘lpon (kontribunsiya) to‘lashlari kerak edi. ..
Albatta shubhasiz, 1871-yildan avval ham olmon tilida bu so‘z qo‘llanilgan, lekin faqat tor ilmiy doiralarda bo‘lib, odatiy turmushda esa bu son miqdoriga amaliy ehtiyoj bo‘lmagan.
Zamonaviy dunyoda esa milliard so‘zini bilmaydigan odam kam bo‘lsa kerak. Chunki yer yuzi aholisi soni ham milliardlar miqdoridan ortib ketdi. Milliarder bo‘lishni istamaydigan odam ham yo‘q menimcha. Koorporatsiyalarning‘ sof daromadlari yoki zararlari, davlat byudjeti, biror bir yirik xalqaro tadbir, masalan, Olimpyada o‘yinlarining harajat miqdori haqida gap borganda, albatta summa milliard miqdorlarda tilga olinadi. Lekin, bugungi kun kishisi uchun baribir, milliard ham sanoq sonlarning chegarasi emas. Sanoq Sonlarning o‘zi chek chegarasiz bo‘lsa hamki, o‘z nomiga ega sonlar o‘ta cheklangan. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, milliarddan keyingi, xususiy nomga ega bo‘lgan son qaysi? Trillion, to‘g‘rimi? Trilliondan keyingisichi? Keling ushbu maqolada o‘sha katta sonlar haqida, aniqrog‘i, o‘z nomiga ega bo‘lgan eng katta son haqida so‘z yuritamiz...