Ko‘zlaringga ishonma...
Inson uchun ko‘z - uni o‘rab turgan dunyo haqidagi asosiy axborot manbai. Biz ko‘zlarimizga mutloq ishonishga ko‘nikib qolganmiz. "Ko‘zlarimga ishonmadim" so‘zi, hayratlanishning eng yuqori darajasini ifodalaydi. Odatiy sharoitlarda bunday ishonch o‘zini to‘liq oqlaydi. Ko‘z va bosh miyaning unga bog‘liq bo‘limlari o‘zaro birgalikda, nozik tahliliy apparatni o‘zida namoyon qiladi va u bizga juda turli tuman sharoitlarda: yorqin quyosh nurlarida va yorug‘lik umuman kam bo‘lganida, tinch holatda va tezkor harakatlanish kabilarda beminnat xizmat qiladi. Bizning ko‘zimiz to‘r pardasida olinayotgan tasvir, hech qanday nuqsonlarsiz namoyon bo‘ladi. U yetarlicha ravshan, manzara to‘g‘ri, to‘g‘ri chiziqlar - to‘g‘ri chiziq bo‘lib ko‘rinadi, buyumlar atrofida kamalaksimon gardish - xromatik aberratsiya yo‘q. Shunga qaramay, ko‘zlarimizni ideal asbob deb o‘ylashimiz o‘rinli emas.
Sinchkovlik bilan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, inson ko‘ziga ham linzalardagi barcha nuqsonlar xosdir. Lekin, bizning ongimiz, ko‘z to‘r pardasidagi nomukammal tasvirdan, bizni o‘rab turgan fazo haqidagi to‘g‘ri tasavvurni hosil qila oladi.
Misol keltiramiz. Uzoqni ko‘ra olmaslik holati paydo bo‘lgan odam, birinchi marta ko‘zoynak taqdi. Dastlabki vaqtlarda u manzarani juda xiralashgan va chaplashib ketgan holda ko‘radi. To‘g‘ri chiziqlar unga qiyshaygan bo‘lib, tekisliklar - qiyshiq va qiya bo‘lib ko‘rinadi. Ba'zan bu yengil bosh aylanishini ham keltirib chiqaradi. Lekin, bir muddat o‘tgach, odam, ko‘zoynaklar orqali, manzarani ham to‘g‘ri chiziqlarni ham to‘g‘ri qabul qila boshlaydi. Atrof uning ko‘z o‘ngida yana to‘g‘ri ko‘rinishda, xiralashmagan, tiniq holatda namoyon bo‘ladi, garchi ko‘z to‘r pardasidagi tasvir hali-hamon noto‘g‘ri bo‘lsa ham.
Noodatiy sharoitlarda - qachonki ko‘zlar mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan axborot olayotganda, tasvir o‘ta keskin bo‘lganida, masofa, o‘lcham va nisbatlarni to‘g‘ri chamalash qiyin bo‘lganida, yoki, ko‘z to‘r pardasining ayrim qismlari qandaydir qo‘zg‘atuvchining davomli ta'siri tufayli charchaganida, bizning miyamiz ham adashishni boshlaydi. Turli xil aldamchi tasavvurlar - ko‘z aldanishlari paydo bo‘ladi. Shubhasiz, siz o‘zingiz ham shunday g‘aroyib illuziyalarning turli xillari bilan ko‘p marta to‘qnash kelgansiz. Biz, ko‘zlarimizning qanday qilib xato qilishi haqidagi bir necha tajribalarning tafsilotini keltiramiz. Bundan maqsadimiz, sizning ko‘rish hissiyotiga bo‘lgan ishonchingizni yo‘q qilish emas, balki, timsollarni shakllantirishda, miyaning sintez qila olish xususiyati qanday yuksak ahamiyat kasb etishini isbotlashdir.
Ko‘z to‘r pardasida ham, xuddi fotoapparatdagidek teskari (to‘ntarilgan) tasvir hosil bo‘lishini isbotlab beruvchi birinchi tajriba uchun, ikki bo‘lak karton, masalan ikkita tabriknoma kerak bo‘ladi. Ulardan birida yo‘g‘on igna bilan, taxminan 0.5 mm atrofidagi tuynuk teshing va uni ko‘z oldingizda 2 - 3 sm masofada tutib, u orqali yoritilgan manzaraga - yorug‘ osmonga yoki chiroqqa qarang. Ikkinchi tabriknomaning chetlari bilan sekin asta ko‘z qorachig‘ingizni pastdan yuqoriga boshlab to‘sing. Ko‘zning ko‘rish maydonida siz tabriknomaning chetlarining soyasini yuqoridan pastga qarab yo‘nalganligini ko‘rasiz.
Yangilаndi: 30.11.2018 13:10
Quyosh tutilishi
2015-yil 20-mart kuni sayyoramizda navbatdagi Quyosh tutilishi hodisasi kutilmoqda. Bu tutilish to‘liq tutilish bo‘lib, asrimiz boshidan hisoblaganda to‘qqizinchi to‘liq tutilish hisoblanadi. 20.03.2015 Quyosh tutilishi asosan shimoliy Atlantika va Shimoliy Muz Okeani ustida sodir bo‘ladi. Uning qisman tutilish fazasini Afrikaning shimoliy hududlari, Yevropa va Yevroosiyoning shimoliy-g‘arbiy qismlarida kuzatish mumkin bo‘ladi. Ushbu to‘liq fazadagi Quyosh tutilishini quruqlikning juda oz qismida kuzatiladi. Xususan, to‘liq tutilish yo‘lagiga to‘g‘ri keladigan quruqlik qismlari sifatida Farer orollari ham Spitsbergen arxipelagini keltirish mumkin xolos. 20-martdagi Quyosh tutilishining maksimal fazasida, Quyoshni to‘sib qo‘yuvchi Oy diskining Quyosh gardishidan kattaligi 1.0445 gacha yetadi. To‘liq tutilish davomiyligi 1337 soniya (2 daqiqa va 47 soniya) ni tashkil qiladi. Soya uzunligi esa, 462.6 km dan iborat bo‘ladi. Tutilish Toshkent vaqti bo‘yicha soat kunduz 12:40 da boshlanadi. To‘liq faza (ya'ni, Quyosh gardishining to‘liq tutilishi) Toshkent vaqti bilan 14:09 da Islandiya yaqinidagi Shimoliy dengiz akvatoriyasida yuz beradi. Oy soyasining Yer sirti bo‘ylab sayohati, jami bo‘lib 4 soat, 9 daqiqa va 21 soniya davom etadi.
Taasufki, bu safargi Quyosh tutilishi vatanimiz hududidan faqat qisman ko‘rinadi.
Fiziklar va astronom olimlarni doim ilhomlantiradigan Quyosh tutilishi hodisasi, o‘ziga xos, kamyob va ajoyib tabiat hodisasi bo‘lib, ilm-fandan yiroq bo‘lgan odamlar uchun ham vahimaga soladigan va zavqlantiradigan muhim voqea hisoblanadi. Ilgari zamonlarda Quyosh tutilishidan kishilar qo‘rqib, sarosimaga tushishgan bo‘lsa, hozirda ilm-fanda andak bo‘lsa-da xabardor bo‘lgan har qanday shahs, avvalo bunday noyob tabiat hodisasini o‘tkazib yubormasdan, uning jozibasidan bahra olisha intiladi.
Yangilаndi: 30.11.2018 13:06
Metallar tabiati
Metallar nisbatan og‘ir, yarqiroq bo‘lib, shaffoflik xususiyati yo‘q. Metallar mustahkam, lekin ularning shaklini bolg‘alab ishlov berish yoki, chig‘irlash orqali o‘zgartirish,shuningdek, eritish va payvandlash mumkin. Metallar yaxshigina elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Buning barchasi uchun ular metall bog‘lanishlardan minnatdor bo‘lishlari kerak. Bu bog‘lanishning tabiati shundaki, metallardagi har bir atom, o‘z atrofida ko‘p miqdordagi xuddi o‘zi kabi atomlar bilan o‘ralgan. Ulardan har biri tashqi elektron qavatida oz sondagi elektronlargagina ega bo‘lib, bu elektron qavatlar shunday to‘soladiki, arang tutib turiladigan tashqi elektronlarni biror bir atomga bog‘lashning iloji bo‘lmaydi. Atomlar, to‘g‘rirog‘i ionlar o‘z joyida qolayotgan vaqtda, "elektron gazlari" ionlar orasida erkin harakatlanib, ularni o‘zaro bog‘laydi.
Elektronlarning erkinligi va ularning elektr maydonida harakatlana olishi tufayli, metallar o‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘ladi. Erkin elektronlarning tashqaridan tushayotgan yorug‘lik nurlarining katta miqdorini yutishi va qayta akslantirishi tufayli metallar shaffof emas va ular yarqiraydi. Erkin elektronlarning issiqlik energiyasini erkin tashiy olishi tufayli metallar yuqori issiqlik o‘tkazguvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi.
Bu maqolada metalarning elektr, issiqlik o‘tkazuvchanlik, hamda, optik xususiyatlari qaralmaydi. Asosiy e'tibor, ularning mexanik xususiyatlariga qaratiladi.
Metallat har xil bo‘lsa ham, ulardagi metall bog‘lanishlarining tabiati bir xil. U metall atomlarining zich va tartibli joylashgan. Bunday struktura esa, siqilishga qarshilik ko‘rsata turib, unga nisbatan siljishga kamroq qarshilik ko‘rsatadi. Shu tufayli metalllar egiluvchandir. Atomlarning zich joylashuvi, metallarning solishtirma og‘irligining ham asosiy izohidir. Metallarning mexanik xususiyatlari, erkin elektronlarning metall bog‘lanishlarga nisbatan to‘g‘ri keladigan kristall strukturasi tufayli vujudga keladi.
1665-yildayoq Robert Guk kristallar shaklini qatorga tartibli terilgan g‘o‘lachalar tarzida modellashtirgan edi. Lekin faqat oradan 250 yil o‘tibgina uning, o‘sha paytda fanga ma'lum bo‘lgan metallarning‘ kristall strukturasining aniq modelini yasagani ma'lum bo‘ldi.
Yangilаndi: 25.12.2018 14:23
Messbauer effekti
Atom yadrosi energiyasi, xuddi atom, molekula va boshqa kvant sistemalarniki kabi, faqat diskret qator qiymatlar olishi mumkin. Ruxsat etilgan energiyali holtalar orasidagi o‘tishlarda yadro elektromagnit to‘lqinlar nurlatadi. Bu to‘lginlarning chastotasi odatda shundayki, ular γ-nurlanishlar sohasida joylashgan bo‘ladi. Tegishli γ-kvantlar yuzdan bir necha millonlargacha elektron volt energiyaga ega bo‘ladi.
Bitta yadro shiqargan γ-nurlanish xuddi shunday boshqa yadro tomonidan yutiladimi? Go‘yo γ-kvant energiyasi aynan uyg‘ongan va asosiy (uyg‘onmagan) holatlar energiyalari farqiga teng va bunday kvantlar yadro tomonidan oson yutilishi lozim edi. Biroq odatda hω=E1−E0 shart bilan xarakatlanuvchi rezonans yutilish kuzatilmaydi. Buning sababi tepish energiyasidadir.
Miltiqdan otayotganda, o‘qning uchib chiqib ketishi barobarida, impulsning saqlanish qonuniga ko‘ra, miltiqning o‘zi ham orqaga tepadi va demak qandaydir energiya ham oladi.
Yangilаndi: 25.12.2018 14:37
|