Yashil nur
Ushbu sayt tematikasiga mos maqolalar tayyorlash maqsadida, yaqin ikki yildan buyon faqat ilmiy-ommabop adabiyotlar mutolaasi bilan cheklanayotgan edim. Lekin, o‘tgan haftada Jyul Vernning "Yashil nur" kitobi qo‘limga tushib qoldi va uni uch kun ichida mutolaa qilib tugatdim (unchalik ham katta kitob emas). Albatta, ushbu asar ham ko‘p jihatdan, ilmiy faktlarga badiiy tasvir berish orqali ijodiy bezatilgan. Lekin, qiziqarli bo‘lsa-da, biroq, quruq ilmiy faktlar bilan kifoyalanuvchi ilmiy-ommabop asarlardan farqli o‘laroq, "Yashil nur" harqalay, voqe'likni yuksak badiiy did bilan bayon qilingan, tasvirlash uslubi ham muallifga xos tarzda juda mukammal bo‘lgan ajoyib asar ekan. o‘qib chiqishni tavsiya qilaman.