Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika
Maqolalar

«Ko‘zlaringga ishonma» turkumidan: Yerdagi va xaritadagi eng qisqa yo‘l?

E-mail Chop etish

«Ko‘zlaringga ishonma» turkumidan:
Yerdagi va xaritadagi eng qisqa yo‘l qaysi?

 

Avvalgi maqolada xaritalarning asl voqe’lik bilan nomuvofiqliklari haqida suhbatlashgan edik. Ma’lum bo‘ldiki, proyeksiyalashdagi nisbatlarning proporsionalligiga faqat ekvatorda aniq rioya qilinar ekan. Shu sababli, Merkator xaritalarida shimoliy va janubiy qutbga yaqin joylashgan geografik obyektlar, aslidagidan ko‘ra kattaroq taassurot uyg‘otadigan tarzda ifodalanar ekan.

Lekin, geografik obyektlarning xaritada nomuvofiqliklar bilan ifodalanishi Merkator proyeksiyasidagi yagona g‘alati jihat emas. Undan ham qizig‘i shuki, geometriya o‘qituvchingiz zo‘r berib uqtirgan qonunni inkor etgan holda, Merkator xaritalarida ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofa to‘g‘ri chiziq bo‘lmaydi! Ha, bu haqiqatan ham shunday. Ishonmayotgan va nima uchun bundayligiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, ushbu maqolani ham erinmay o‘qib chiqishni tavsiya qilaman.

Yangilаndi: 13.08.2016 15:51
 

«Ko‘zlaringga ishonma» turkumidan: xaritalar bizni qanday aldaydi?

E-mail Chop etish

«Ko‘zlaringga ishonma» turkumidan:
xaritalar bizni qanday aldaydi?

Turli gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlaridan holi o‘tgan bolaligimizda biz odatda ko‘chada, mahalladagi tengqurlar bilan harakatli o‘yinlar o‘ynab vaqt o‘tkazar edik. Ko‘chada o‘ynash imkonsiz bo‘lgan kunlari, qo‘shni bolalar bilan uyda to‘planib, turli intellektual o‘yinlar, masalan, xaritadan biror shahar, yoki mamlakatni topish o‘yinini o‘ynardik. Bu o‘yinlar orqali o‘zimiz bilmagan holda dunyoning siyosiy xaritasini ancha yaxshi o‘zlashtirib olganmiz. Egallangan bilimlar esa, keyinchalik katta sinflarda, geografiya va tarix darslarida juda asqotgandi. O‘shandayoq, dunyodagi eng katta mamlakat – Rossiya, eng kichik qit’a – Avstraliya, eng katta orol esa – Grenlandiya ekanligini yaxshi bilib olganman.

Lekin men keyinchalik bir narsaga e’tibor qaratib qoldim: odatda, xaritalarda Avstraliya qit’asi Grenlandiya orolidan ko‘ra kichikroq ko‘rinadi (quyidagi xaritaga qarang):

Yangilаndi: 09.08.2016 08:50
 

Qop-qora qoralik

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Qop-qora qoralik

Qop-qorongʻu xonada qora mushukni topish mushkul, ayniqsa, aslida qora mushuk qorongʻu xonada yo‘q bo‘lsa…

Falsafiy bahslarda ishlatiladigan ushbu so‘z o‘yini odatda ba’zi fiziklarning g‘ashini keltiradi. Aslida «qop-qorongʻu xona» yoki «qora mushuk» – ko‘rib bo‘lmaydigan narsalarni ramziy ifodalash uchun unchalik ham omadli o‘xshatish emas. Sababi, tabiatdagi barcha narsalar, hatto eng qora ko‘mir ham qandaydir miqdordagi yorug‘lik nurini akslantiradi. Faqat bizning ko‘zimizning bunday akslangan nurlarni ilg‘ash xususiyati juda past bo‘lgani uchun, ularni ko‘ra olmaymiz.

Lekin biz keltirgan ushbu xulosa, fantast yozuvchilarga va orzumand fizik mutaxassislarga xalaqit qila olmaydi. O‘zida har qanday yorug‘lik nurini yutib qoladigan va o‘zidan hech qanday yorug‘lik akslantirmaydigan mutlaq qora jism haqida orzu fiziklarning azaliy orzulari sirasiga kiradi. Mutlaq qora jism haqidagi farazlar avvalo mumtoz va zamonaviy fizika chegarasida – Maks Plank izlanishlarida jiddiy ko‘rib chiqilgan edi. Uzoq yillar mobaynida mutlaq qora jism aslida tabiatda uchramaydigan, faqat olimlar tasavvuridagi faraziy narsa sifatida qaralgan. Lekin, mutlaq qora jism haqidagi fikrlar, 2008 yilga kelib ancha o‘zgara boshladi. Aynan o‘sha yili «qop-qora qoralik», «eng qora jism», yoki, «superqora jism» olishga muvaffaq bo‘lgan amerikalik olimlar haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur gʻayrioddiy material uglerod nanotrubkalaridan tayyorlangan bo‘lib, uning mohiyati, uglerodning bitta atom qalinligida silliqlangan plastinasidan iboratdir. Nazariy jihatdan ta’riflanishicha, mutlaq qora jism o‘ziga kelib tushayotgan har qanday to‘lqin uzunligidagi nurlarni, ularning tushish burchagidan qat’iy nazar, to‘liq o‘ziga yutib yuborishi kerak.

Yangilаndi: 09.03.2016 17:12
 

Samodagi shaffof chiziqlar.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Samodagi shaffof chiziqlar.

(Ayzek Azimovning shu nomli hikoyasidan tarjima)

O‘g‘lim ba’zan maktabdoshlari kalaka qilishayotganidan shikoyat qilib qoladi. Chunki amerikaliklarga xos bo‘lmagan Azimov familiyasi o‘smir yoshidagi bolalar uchun boshqa  istalgan narsa kabi ermak obyekti bo‘lishi ajablanarli emas. Lekin uning darg‘azab ko‘zlaridan bilamanki, u o‘zini kalaka qilinishiga sabab bo‘layotgan ushbu familiyani, boshqa odatiyroq familiyaga, masalan, Smit yoki Braunga almashtirishni ich-ichidan istaydi. Men o‘g‘limni chin dilimdan tushunaman.    Sababi, bir paytlar o‘zim ham ushbu familiyam tufayli bir qancha yoqimsiz sarguzashtlarni boshdan kechirishimga to‘g‘ri kelgan.

Farzandim bilan bu yoqimsiz mavzuda gaplashgan paytlarimda, o‘zimga ham harbiy xizmat o‘tagan askarlik davrlarim yodimga tushib ketadi. Xizmatda bizni topografik xaritalar bilan ishlashga o‘rgatishgan. Bu mashg‘ulot, aytaylik, kundalik saf tayyorgarligidan yaxshiroq va yoqimliroq edi. Biz xaritalarni obdon o‘rganardik va koordinatalarni aniq belgilashni mashq qilardik. Bu hammasi qiziqarli va yoqimli edi. Lekin, kunlardan bir kun, serjant og‘zidan men uchun «mash’um» atama yangradi va mening safdoshlarimga hazil-kalaka uchun gap topildi. O‘shanda xizmatdoshlarimdan aksariyati «azimut» degan ilmiy atamani umrida birinchi bor eshitishi edi. «Azimut» so‘zini eshitgani hamonoq, safdagilarning deyarli hammasi tirjaygan bashara bilan yarq etib menga qaragan. Ular o‘zlari kutmagan holda, men uchun yangi laqabga ega bo‘lishgandi.

Men harbiy xizmat oxirigacha safdoshlarimning ba’zan samimiy, ba’zan ahmoqona hazil-huzullariga arang chidadim. Lekin nima ham qila olardim. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Men xizmatim tugallanib, demobilizatsiya bo‘lgunimcha xizmatdoshlarim uchun Ayzek Azimut bo‘lib qolaverdim. Eng alam qiladigani esa, meni azumut deb kalaka qilgan har bir askar, o‘zini xuddi kuchli yumor hissiga ega, ajoyib hazilkashdek ko‘rsatishga urinardi. Men esa vaziyatga bardosh berish uchun, mashhur shoirning «Bu – armiya, janob!»[1] degan iborasini takrorlashdan o‘zga chora topolmaganman. Harholda o‘sha be’manigarchiliklardan qutulib ketdim…

Yangilаndi: 04.02.2016 10:50
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 17 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2517360

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)