Fuko mayatnigi
"Yer aylanadi!" - degani uchun Jordano Brunoni dahriylikda ayblab, gulxanda tiriklayin yoqib yuborishgan. Aynan shu tasdiq uchun Galileo Galiley uzoq muddat inkvizatsiya sudining qiynog'ida bo'lib, kasallanib jon bergan...
Qanchalik ayanchli bo'lmasin, yuqorida aytilgan gaplar tarixiy haqiqat. Bugungi kunda Yerning o'z o'qi va Quyosh atrofida aylanishini adashmasam 4-sinf tabiatshunoslik darsligidan boshlab, hammaga tushuntiriladi va zamonamizda Yerning aylanishiga shubha qilguvchilar qolmagan bo'lsa kerak. Biroq, Brunoning hayotiga zomin bo'lgan ushbu haqiqatni olimlar inkor etib bo'lmas aniq tajriba va dalillar orqali isbotlashganiga ham ko'p bo'lgani yo'q.