Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Maqolalar

Bir kun qayoqqa ketdi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Bir kun qayoqqa ketdi?

Hech tasavvur qila olasizmi, taqvimda bir kun o'z-o'zidan g'oyib bo'lsa-ya? Aytaylik, 29-dekabrdan so'ng, birdaniga 31-dekabr kelsa nima deysiz?! Bus-butun 1 sutka, ya'ni, 30-dekabr qayoqqa ketadi unda?

Maqola hazil mazmunda emas. Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan Samoa davlatida 2011-yilda haqiqatan ham bir kun, ya'ni, 30-dekabr sanasi yo'qolib qolgan!

Keling, avvaliga ushbu davlat bilan yaqindan tanishsak: Samoa - Tinch okeani o'rtasida joylashgan orol davlat. 1962-yilda Yangi Zelandiya tarkibidan mustaqil bo'lib chiqqan. Poytaxti Apia shahri. Mamlakatning avvalgi nomlarini eski xaritalarda G'arbiy Samoa va yoki Germaniya Samoasi tarzida ham uchratishingiz mumkin (u hozirda ham mavjud bo'lgan Amerika Samoasidan farqlash uchun shunday atalgan). Bunga sabab, XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida (1914-yilgacha) orol Germaniya tasarrufida bo'lgan. 1914-yilda Samoani Yangi Zelandiya egallab olgan va to 1962-yilgacha, mamlakat Vellington ma'muriyati orqali boshqarilgan. Aynan shu sababdan, Samoa davlati o'zining sobiq metropoliyasi bo'lmish Yangi Zelandiya bilan iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan hali ham kuchli aloqalarga ega. Aytish mumkinki, Samoa iqtisodiyoti ko'p taraflama Yangi Zelandiya bilan aloqalar ustiga qurilgan.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:17
 

O'z zakosi bilan dunyoni lol qoldirgan va Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan 15 olima

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

O'z zakosi bilan dunyoni lol qoldirgan va Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan 15 olima

Mart oyi avvalida biz ayollarimizni tabriklash, ularning yutuq va muvaffaqiyatlarini e'tirof etishga kirishib ketamiz. Sababi ayon. Chunki, xalqaro xotin-qizlar kuni 8-mart bayrami shukuhi hammani shunga chorlaydi. Shu ma'noda, biz ushbu maqolada, Nobel mukofoti tarixida o'ziga xos yorqin nom qoldirgan, o'z ilmiy faoliyati bilan odamzotga haqiqatan ham katta naf keltirgan olimalardan 15 nafari haqida ma'lumot ulashmoqchimiz. Aytish joizki, ularning ayrimlari, o'z fan sohalarida eng yetakchi olima o'laroq, hatto erkak hamkasblarini ham zakovat bobida ortda qoldirishgan, hamda, ushbu fanning eng ilg'or qanotlari bilan parvoz qilishgan. Ushbular bilan tanishar ekansiz, ayollarning aqliy salohiyatiga bo'lgan bepisandlik aslida mutlaqo noto'g'ri ekanini xulosa qilasiz. Marhamat:

Yangilаndi: 31.01.2025 09:04
 

Katta Adron Kollayderi ikki yil muddatga to'xtatildi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Katta Adron Kollayderi ikki yil muddatga to'xtatildi

Zamonamizning eng yirik va eng muhim ilmiy uskunasi  aylana uzunligi 26,5 kilometrga teng bo'lgan Katta adron kollayderidagi ilmiy eksperimentlar ikki yil muddatga vaqtincha to'xtatildi. Bu mazkur ilmiy uskunaning ikkinchi bosqich faoliyati (Run2) uchun rasmiy yakun bo'lib, bu haqida, uning tarmoqdagi onlayn monitori orqali boxabar qilingan. Endilikda muhandislar va olimlar, kollayderni uchinchi bosqich faoliyati, ya'ni Run3 uchun tayyorlashadi. Rejaga ko'ra, mazkur ulkan ilmiy uskuna yorqinlik kuchini ikki barobar orttirishga mo'ljallangan muhandislik-ta'mir ishlari orqali, uni mukammal modernizatsiya ko'zda tutilgan.

Yangilаndi: 17.02.2025 07:53
 

Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

"Review of Scientific Instruments" jurnalida ma'lum qilinishicha, Tokio Universiteti fiziklari Shojiro Takeyama hamda Daysuke Nakamura boshchiligidagi ilmiy guruh fan tarixida rekord kuchga ega magnit maydoni hosil qilishga muvaffaq bo'lishgan.

Magnit maydoni - fizik muhitning fundamental xossalaridan biri bo'lib, elektron orbitallar va spinga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish orqali, magnit maydon kuchlanganligini o'ta katta aniqlikda nazorat qilish mumkin. Qattiq jism fizikasi, nanomateriallar, magnit materiallari, o'ta o'tkazuvchanlik va yarimo'tkazgichlar fizikasi sohalaridagi tadqiqotlarda magnit maydoni orqali tajribalarning ahamiyati beqiyos.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:44
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 12 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 12579285

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis