Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Maqolalar

Rentgen nurlari tibbiyotda

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 36
Juda yomon!A'lo! 

Rentgen nurlari tibbiyotda

Rentgen nurlarining qattiq jismlardan, masalan, odam muskullaridan ham o‘ta olishi, ularning tibboyotdagi benazir dastyorga aylanishlariga sababchi bo‘ldi. Rentgen nurlari, hakimlarga mijoz organizmida nimalar sodir bo‘layotganligini aniqlashga yordam beradi.

Rentgen nurlari 1895-yilda Vyurtsburg universitetining olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) tomonidan kashf etilgan edi. Bu nurlar ham, ko‘zga ko‘rinadigan nurlar, gamma-nurlanishlari, radioto‘lqinlar, mikroto‘lqinlar, infraqizil, ultrabinafsha nurlanishlar singari, elektromagnit spektrining bir turi hisoblanadi. Rentgen nurining kashf etilishiga tasodif sababchi bo‘lgan.

Konrad Rentgen katod nurlari taratuvchi elektron-nur trubkasi bilan tajribalar olib borar edi. Bir safar, trubka zich va qop-qora qalin qog‘ozli g‘ilof bilan berkitilgan holatda tasodifan elektrni ulab yubordi va yaqin orada joylashgan platinosianistik bariyning kristallari yashil rangda rovlana boshlaganini payqab qoldi. Rentgen trubkani o‘chirishi bilanoq, tovlanish to‘xtadi. Qaytadan yoqsa, kristallar yana yorishib, tovlana boshladi. Tekshirishlarni davom ettrib, Rentgen avvalari ma’lum bo‘lmagan nurlanish turi bilan to‘qnash kelganini fahmladi. U katod nurlari, elektron-nur trubkaning ichida qandaydir to‘siqqa duch kelayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladi.

Yangilаndi: 06.03.2018 11:07
 

Kimyoviy qurollar haqida...

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 30
Juda yomon!A'lo! 

Kimyoviy qurollar haqida...

Sevimli adibimiz G‘ofur G‘ulomning «Shum bola» asari asosida suratga olingan shu nomli filmni barchamiz ko‘rganmiz. Undagi qahramonlar tilidan aytilgan ko‘plab dialoglar jamiyatda qanotli iboralar tarzida keng tarqalgan. Masalan, «Birinchi zarbda tizzalarigacha...» deydigan Hojibobo, yoki, «Innankeyinchi?» deb xit qilib yuboradigan Boy ota. Bularni eslab, odamni yuziga tabassum yuguradi. Lekin men, o‘sha kinofilmdagi boshqa bir epizodga e'tiboringizni qaratmoqchiman.

Choyxonada bir guruh odamlar ichida, bir ziyoli kishi ovoz chiqarib gazeta o‘qiydi:

«G‘arbiy Ovro‘po muhoraba maydonidagi jangu jadal, Olmoniya uchun tahlikali tusga kirmoqda. Verdon yaqinidagi jangu jadal...»

Gap nima haqida ketayotganligini darhol angalagandirsiz?

Yangilаndi: 12.12.2017 16:54
 

Oltin va Kumush munosabatlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Oltin va Kumush munosabatlari

O‘zbek romanchiligining mumtoz va shedevr namunasi, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»asarida bosh qahramon Otabekning hijriy hisob bilan 1265 yil 26 Javzoda Kumushbibiga yozgan maktubida shunday jumlalar bor: «Men Sizni Kumushka ham qanoatlanmay Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim». Albatta, bu asardagi qahramnolarning o‘zaro sadoqatini aslida hech qanday o‘lchov va qiyos bilan ifodalab bo‘lmaydi. Oilaga sadoqat, vafo, mehr va muhabbatning qiyosini ustoz Qodiriy o‘z qahramoni - Otabek tilidan eng oily va yuksak insoniy qadriyatlar ekanligiga urg‘u bermoqda. Albatta, bu badiiy o‘xshatish. Lekin uning zamirida o‘ta teran ifoda mavjud: insoniyat tarixida va rivojlanish bosqichlarida bu ikki nodir metallar pul va moddiy boyliklar, iqtisodiy salohiyat va davlat qudrati kabi tushunchalarning etaloni sifatida, hamisha muhim va tutgan. Hozirgi zamonda ham davlatning xalqaro maydondagi obro‘ - qudrati haqida gapirilganda, uning oltin zahiralari haqida eslatib o‘tiladi. Shohsupadagi g‘olib sportchilarga Oltin va Kumush medallar taqdim qilinadi.

Yangilаndi: 18.12.2017 17:48
 

"Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqdi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

"Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqdi

Econimic Timesning ma'lumot berishicha NASA tomonidan ochiq koinotga chiqarilgan "Kepler" kosmik teleskopi ishdan chiqqan. Mazkur teleskopning kosmik missiyasidan asosiy ko'zlangan maqsad - Quyosh tizimidan tashqarida, Yer turkumidagi va hayot mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan ekzosayyorlarni qidirib topish hisoblanadi. "Muammo kosmik teleskopning mustaqil ravishda" xavfsiz ish rejimiga o'tganligidan aniqlanib, teleskop avtomatik boshqaruv tizimi algoritmlarida ko'zda tutilgan bunday ish rejimi, odatda uning tashqi konstruktsiyasi yoki harakat mexanizmlarida biror jiddiy muammo kelib chiqsa faollashadi. Nosozlik kutilmagan hol bo'ldi deyish qiyin. Bu kabi vaziyatlar avval ham ro'y bergan edi. Lekin bu safargisi ancha jiddiy bo'lib, "Kepler"ning olamshumul missiyasini so'roq ostiga qo'ymoqda.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:28
 


Maqolaning 10 sahifasi, jami 12 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 12477402

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)