Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Maqolalar

Hijriy taqvim haqida

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Hijriy taqvim haqida

Musulmon olami muqaddas Ramazon oyini qarshilash arafasida turibdi. Kunning yorug' qismida yeyish-ichishdan tiyilib, ibodatga yanada kuchli rag'bat qilinadigan ushbu oy joriy milodiy 2015-yilda 18-iyun sanasidan kirib kelmoqda.

Ramazon ro'zasining shartlari, tarixi va boshqa tegishli xos jihatlari haqida yurtimiz diniy-ma'rifiy manbalarida yetarlicha ma'lumot topish mumkin. Shu sababli biz ushbu maqolada ko'pchlikni aynan Ramazon kirib kelishi bilan bog'liq holda qiziqtiruvchi jihatga - uning har yili avvalgi yildagidan 11-12 kun erta kelishiga qaratmoqchimiz.

Aslida ushbu maqolaning tayyorlanishiga sabab ham, ijtimoiy tarmoqlarda do'stalrimdan birining "Ramazon har yili 12 kun erta keladi" - degan jumlasi sabab bo'ldi.

"Erta keladi" iborasi bu o'rinda biroz mubolag'a bilan aytiladi. Sababi Ramazon ham, umuman har qanday boshqa diniy sanalar ham aslida har yili o'z o'rnida keladi. Gap shundaki, islomiy taqvim aslida Yerning yagona tabiiy yo'ldoshi bo'lmish Oyning Yer atrofi orbitasi bo'ylab harakatiga asoslanadi. Bunday taqvimni "Qamariy taqvim" deyiladi. Keling hammasini bir boshdan boshlasak:

Eng qadimgi odamlar ham Oyning osmon sferasi bo'ylab muayyan tartib-nizom asosida harakat qilishiga e'tibor qaratishgan bo'lsa kerak. Oy yangi chiqqan o'roq shaklidan borgan sari kattalashib boradi va 14 kun ichida to'lishib, to'linoy shakliga kiradi. Keyin yana kichrayib boradi va yana boshlang'ich holatiga qaytadi. Bunday davriylik har 29 kecha kunduzda takrorlanaveradi. Ushbu davrni esa biz "Oy" deb ataymiz. (Ba'zan bunday davriylikni boshqacha oylardan ajratib ko'rsatish uchun "tabiiy oy" deb yuritiladi, chunki nutqimizda boshqacha oylar ham mavjud. Masalan "kalendar oyi" kabi).

Yangilаndi: 17.02.2025 07:58
 

Slanesli neft

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Slanesli neft

Avvalo slanes haqida. Slanes - qatlam-qatlam ko'rinishdagi tog' jinsi bo'lib, bu qatlamlar osonlik bilan o'zaro ajraladi. Slanesli neft (inglizchasi - "shale oil") - yonuvchan slaneslarga qo'shimcha kimyoviy va mexanik ishlov berish natijasida olinadigan noaa'anaviy neft bo'lib, u kerogen moddasiga boy bo'lgan slaneslardan olinadi. Kerogen - butum holiga kelib qolgan organik moddadir. Slanesli neft olishda odatda salnes konlaridan olingan jinslarni piroliz qilinadi yoki gidrogenlanadi, yoxud, termik eritish bilan qayta ishlanadi. Bunda slaneslardagi organik moddalar qoldiqlari sintetik uglevodorodlarga, ya'ni, sintetik gaz va neftga aylanadi. Bunday usul bilan olingan neft to'g'ridan-to'g'ri yoqilg'i sifatida ishlatilishi, yoki, NQZ larda qo'shimcha qayta ishlanishi (oltingugurt va azot qoldiqlaridan tozalanishi) mumkin. Slanesli neft mahsulotlari ham an'anaviy neft mahsulotlari singari, ular bilan bir xil maqsadlarda qo'llanilishi mumkin.

Slanesli neft ("shale oil") atamasi shuningdek, an'anavaiy yengil neftni ifodalash uchun ham keng qo'llanliadi (ayniqsa AQSHda). Bunday neft ham slanesli qatlamlar jinslari va ularga yaqin zich kollektorlardan qazib olinadi. Lekin bunda piroliz va boshqa kimyoviy ta'sir usullari qo'llanilmaydi. Bunday yengil neft bilan slanesli neftni, o'zaro farqlab belgilash uchun, Xalqaro Energetika Agentligi, "light tight oil" (qisqacha LTO) atamasini qo'llashni tavsiya qiladi.

Yangilаndi: 17.02.2025 08:06
 

Issiqlik sig'im

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 215
Juda yomon!A'lo! 

Issiqlik sig'imi

Jismning issiqlik sig'imi deb, shu jism haroratini bir darajaga ko'tarish uchun unga berish lozim bo'lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. Jism bir darajaga soviganda u shuncha miqdordagi issiqlikni beradi. Issiqlik sig'imi jism massasiga proporsional. Jism massa birligining issiqlik sig'imi solishtirma issiqlik sig'imi, solishtirma issiqlik sig'imining atom yoki, molekula massasiga ko'paytmasi mos ravishda atom yoki, molekulyar issiqlik sig'imi deyiladi.

Turli moddalarning issiqlik sig'imlari bir-birida katta farq qiladi. Masalan suvning 20 °C dagi issiqlik sig'imi - 4200, qayin daraxtiniki 1700, havoniki 1010 J/(kg·K) ni tashkil qiladi. Metallarda u kichikdir: alyumiyniyniki 880, temirniki 460, misniki 385, qo'rg'oshinniki 130 J/(kg·K). Solishtirma issiqlik sig'imi harorat ortishi bilan sekin o'sadi (90 °C da suvning issiqlik sig'imi 4220 J/(kg·K) ni tashkil qiladi) va fazaviy o'tishlarda keskin o'zgaradi: 0 °C dagi muzning issiqlik sig'imi, shu haroratdagi suvnikidan 2 marta kichik; 100 °C dagi suv bug'ining issiqlik sig'imi 1500 J/(kg·K) ga yaqin.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:00
 

Suyuq kristallar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Suyuq kristallar

Bir-biriga nisbatan muayyan tartibda joylashuvni saqlovchi anizotrop shakldagi molekulalardan tuzilgan suyuqliklar - suyuq kristallar deyiladi. Suyuq kristallar molekulalarida xarakterli o'qlarni aniq ajratib olish mumkin: bunday molekulalarda atomlar tanlangan chiziqlar bo'ylab (molekulalar-sterjenlar) joylashadi yoki, tanlangan tekisliklarda (molekulalar- disklar) yotadi. Suyuq kristallda, qattiq kristalldagi singari, maxsus yo'nalish bo'ylab molekulalarning uzun o'qi yoki, molekulalar tekisliklari orientirlanadi. Bunda suyuq kristall, haqiqatan, suyuq, xuddi suvdek suyuq bo'lishi mumkin, ya'ni molekulalarning massalar markazlari to'g'ri (kristallik) panjarani hosil qilmaydi, balki, fazoda tartibsiz joylashadi va unda erkin harakatlanishi mumkin.

Yangilаndi: 17.02.2025 08:07
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 12 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 12486748

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov