Kompyuteringizda qo'ng'iz bor(mi?)
Bir zamonlar, eng "qadimiy" kompyuterlardan biri doimiy xatolik bilan ishlay boshlagan edi. Undagi muttasil xatoliklar tufayli mutaxassislar kompyuter dasturining to'g'ri yozilganligiga shubhalanib qolishdi. Bu "Mark II" deb nomlangan kompyuter bo'lib, voqea 1947-yilda yuz bergan. Mutaxassislar kompyuterdagi xatoliklar sababini sinchiklab tekshirib chiqishgach, aslida dastur to'g'ri ishlayotgani, xatolik esa kompyuterning apparat qismidan kelib chiqayotganini aniqlashgan. Xatolikning sababi kompyuterning ichki elektr kontaktlari orasida qisilib qolgan oddiy qo'ng'iz bo'lib chiqqan. Mutaxassislar o'sha qo'ng'izni olib, "arxivlab"qo'yishgan. Ya'ni, bu voqea haqida kompyuterdan foydalanish jurnaliga maxsus qayd qoldirib, bechora qo'ng'izni ham jurnal sahifasiga ashyoviy dalil sifatida yelimlab qo'yishgan. Bechora qo'ng'izning hayoti shu tariqa poyon topgan. Bag, ya'ni, inglizchadagi "bug' so'zi qo'ng'iz degani bo'lib, o'shandan buyon kompyuter dasturlaridagi xatoliklarni ifodalash uchun qo'llaniladigan so'zga aylanib qoldi. o'sha qo'ng'izni mashhur harbiy dengizchi va matematik, ham dasturchi bo'lgan olima Greys Xopper tomonidan, dasturiy xatoliklarni ifodalash uchun qo'llanila boshlangan. Ya'ni, "bag"Â atamasini aynan Greys Xopper urfga kiritgan.





2016-yil 20-yanvar sanasida Pasadenadagi Kaliforniya Texnologiya Universiteti olimlari Maykl Braun hamda Konstantin Batigin tomonidan AQSHning "Astronomik jurnal
Kristina Figers - Kosta-Rikalik diplomat bo'lib, o'z diplomatik faoliyatining katta qismini Yer sayyorasida iqlim o'zgarishlari masalalarini o'rganish va uning salbiy oqibatlarini oldini olishga bag'ishlagan. Figersning aytishicha, uning iqlim o'zgarishlari masalalarini o'rganishga kirishishi uchun turtki bo'lib, Kosta-Rika o'rmonlarida yashovchi qurbaqa turlaridan birining uning ko'z oldida butunlay qirilib ketganligi bo'lgan ekan. U o'sha qurbaqani bolaligida o'zi ko'rganligi, lekin katta bo'lganida bu qurbaqa turi yo'q bo'lib ketganligi va endi o'z farzandlariga qurbaqa haqida faqat ertaknamo hikoya qilayotganligini afsus bilan ta'kidlaydi. "Bu narsa meni larzaga soldi", - deydi Figers. "Atmosfera haroratining asta sekinlik bilan o'sib borishi, mazkur qurbaqaning yashash sharoitini yo'qqa chiqardi. Natijada ushbu tur butunlay yo'q bo'lib ketdi. Men bu jonzot haqida bolalarimga hikoya qilib berar ekanman, u haqida eski adabiyotlardangina ma'lumot topardim. Men bu borada yangi materiallar yig'a boshladim va o'sha lahzalarda o'zimni Yerdagi iqlim o'zgarishlari masalalariga bag'ishlashim kerakligini anglab yetdim".


