IUPAC yangi elementlarning nomini rasman tasdiqladi

Avval xabar berganimizdek, 2016-yil boshida Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi - IUPAC, kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy jadvaliga 4 ta yangi element qo'shilgani haqida rasman tasdiq bergan edi. 8-noyabr sanasida IUPAC mazkur elementlarga biriktirilgan nomlar va kimyoviy formulalarni rasman tasdiqladi. Endilikda, davriy jadvalda rasman 118-ta element mavjud bo'lib, davriy jadvalning yangilangan talqinini ushbu havoladan (.JPG formatda, hajmi 18,5 mb) yoki, ushbu havoladan(.PNG formatda, hajmi 3 mb)yuklab olishingiz mumkin. Quyida esa, mazkur jadvalning kichraytirilgan fotonusxasi keltirilgan. Jadval formati Adobe Photoshop dasturida A1 format uchun moslab tayyorlangan bo'lib, imkoniyat bo'lsa, uni chop etib, kimyo xonalari va laboratoriyalariga osib qo'yish mumkin.





Sarlavha lirik chekinish emas. Balki, sof astronomik hodisaning tavsifidir.
2016-yil 3-oktyabr sanasida, ya'ni, dushanba kuni jahonning barcha ilm-fan xodimlari katta qiziqish bilan kutadigan Nobel haftaligi ochildi. an'anaga binoan, bu hafta davomida biz ilm-fanning tibbiyot va fiziologiya (3-oktyabrda), fizika (4-oktyabrda), hamda, kimyo (5-oktyabrda) yo'nalishlarida eng muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirganligi uchun ushbu nufuzli xalqaro ilmiy mukofotga loyiq ko'rilgan olimlarning ism-shariflarini bilib olamiz.
Ilgari 

