Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa O'tmishning buyuk olimlari
O'tmishning buyuk olimlari

Gipatiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Gipatiya (taxminan 370-415 yillar)

Vatikan muzeyiga tashrif buyursangiz, 5×7,7 metr o‘lchamli ulkan freskani tomosha qilishingiz mumkin. Freska «Afina maktabi» deb nomlanadi. Muallif - Rafael (Rafael Santi). Shedevr asarga razm solar ekansiz, uning haybati va go‘zalligi sizni maftun etib qo‘yadi. Qadimgi yunon mutafakkirlariga bag‘ishlangan ushbu ulkan freskada Aflotun, Arximed, Aristotel, Suqrot, Yevkilid, Pifagor kabi buyuk daholarni tanib olish mumkin. Ushbu benazir allomalar orasida yakkayu-yagona ayol qiyofasini ilg‘ash unchalik qiyin emas. Xuddiki, shundayin buyuk shaxslar qatorida tasvirlangani uchun xiyol uyalish bilan biroz egilib turgan ushbu sochlari qo‘ng‘ir rangli ayol - Iskandariyalik Gipatiya bo‘ladi. U benazir mantiq sohibi bo‘lgan faylasuflar, astronomlar, matematiklar orasida tik turibdi va tomoshabinning ko‘ziga tik qaramoqda.

Tarixchilarda Gipatiya shaxsiyatiga haqiqiy xolis chizgi beradigan kam sonli ma'lumotlar mavjud xolos. Astronomlar esa unga alohida hurmat bajo keltirishgan: uning sharafiga Oydagi krater, hamda, Mars va Yupiter oralig‘idagi asteroidlardan biri «Gipatiya» nomlangan. Lekin baribir Gipatiyani eng yuksak sharaflagan narsa bu - Rafaelning yuqorida tilga olingan asaridir. Undan bahra olish uchun yulduzlar xaritasi kerak emas.

Gipatiyaning hayot yo‘lini kuzatar ekanmiz, olimlarning hayoti ularning vafotidan keyin ham kitoblarda, ensiklopediyalarda hamda kinoekranlarda davom etishiga amin bo‘lamiz. Tan olish kerakki, bugungi kunda qahramonga mashhurlik keltirish borasida kitobdan ko‘ra kino yaxshiroq bo‘lib qoldi.

Yangilаndi: 21.12.2017 16:48
 

Urban Leverye

E-mail Chop etish PDF

Urban Leverye

Urban Jan Jozef Leverye (fransuzcha: Urbain Jean Joseph Le Verrier), 1811-yilning 11- mart kuni Sen-Lo shahrida tavallud topgan. Fransuz matematik va astronomi. Neptun sayyorasini kashf etgan olim.

Boshlang‘ich ta'limni o‘z shahrida olganidan so‘ng, Kayenna Politexnika maktabiga o‘qishga kirgan, biroq imtihonlardan topshirmasdan, o‘qishni tashlab, keyinchalik boshqa o‘quv yurti - Parijdagi Buyuk Lyudovik kolledjiga joylashgan. o‘qishni matematikadan oltin medal bilan bitirgach, Stainlas kolledjida matematikadan dars bera boshlagan. 1837-yilda Parij Politexnika maktabiga astronomiya kafedrasiga ishga kirgan. Olim Aragoning taklifiga ko‘ra esa, 1839-yilda Parij rasadxonasida faoliyat boshlagan. Aynan shu yili uning astronomiyaga oid dastlabki asari - «Sayyoralarning yo‘llaridagi asriy o‘zgarishlarning tadqiqi» nomli risolasi nashrdan chiqqan.

Yangilаndi: 05.03.2018 16:59
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 6 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbital latifalar :) :)

Kimyo darsida oqituvchi bolalarda sorayapti:

-Nodira senda eritma qanday rangda chiqdi?

-Qizil.

-A'lo, bahoing 5.

Doston senda-chi?

-Pushti rangda.

-Yaxshi, bahoing 4.

-Boltavoy sendachi, eritma rangi qanaqa?

-Qora...

-Boltavoy bahoing ikki! Sinf!!! Partalar tagiga yotinglaaaaaar....


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 792
O'qilgan sahifalar soni : 3296774

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov