Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa O'tmishning buyuk olimlari
O'tmishning buyuk olimlari

Gippokrat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Gippokrat

(taxminan, eramizdan avvalgi. 460 - 370 yillar.)

Gippokrat

O‘z professional kasb yo‘lini boshlashdan avval har bir hakim avvalo Gippokratni albatta yodga olib o‘tadi. U diplom olish chog‘ida uning nomi bilan ataluvchi qasamyodni qabul qiladi. Gippokratdan bir necha yillar keyinroq yashagan boshqa bir yunon hakimi – Galendan tashqari hech kim qadimgi Yevropa tibbiyotining oyoqqa turishiga bunchalik katta ta’sir ko‘rsatgan emas.

Gippokrat milodgacha bo‘lgan 460 yilda Yunonistonning Ioniyalik Doriylari tomonidan tashkil qilingan  koloniyasi – Kos orolida tavallud topdi. Afsonaga ko‘ra Gippokrat, tibbiyot ma’budi Asklepiyning avlodidan bo‘lgan emish. Asklepiy avlodlarida tib ilmi avloddan avlodga, ustozdan shogirdga muntazam o‘rgatilib borilgan va o‘ziga xos «Asklepiychilar uyushmasi» shakllangan. Ko‘plab o‘z zamonasining yetuk tibbiyotchi va dorishunoslari mazkur uyushma atrofida birlashganlar. Shu tarzda Gippokratning o‘g‘illari hamda ko‘p sondagi shogirdlari ham yetuk hakimlar bo‘lib yetishishgan va Gippokratning tibbiy amaliy va ilmiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi kashfiyot va ishlarida doimiy yordamchi bo‘lib xizmat qilishgan.

Yangilаndi: 29.03.2018 17:19
 

Pifagor. "Barcha narsa sondan iborat!"

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Pifagor

(taxminan, miloddan avvalgi 580-500 yillar)

Eramizdan avvalgi VI asrda qadimgi yunon ilm-fani va san’atining o‘ziga xos poytaxti sifatida Egey dengizining Kichik osiyo yaqinidagi qirg‘oqlarida  joylashgan Ioniya orollari guruhi ravnaq topdi. Pifagor aynan shu yerda, ko‘p qirrali usta – hunarmand: zargar, muhr va tamg‘alar hamda, o‘ymakor usta Mensarx oilasida tavallud topdi. Afsonalarga ko‘ra, Pifagorning otasi Mensarx va onasi Parfenisa nikohlaridan keyingi asal oyi vaqtida Delf hududlariga kelgan paytlarida, o‘sha yerlik kohinlardan biri ularga asrlar davomida butun olamga mashhur bo‘ladigan, zehn va zakovat, chiroy va ko‘rkamlikda tengi yo‘q o‘ktam og‘il farzand ko‘rishlarini, ma’budlardan biri – Apollon esa, kohin orqali ularga sharqqa – Suriya hududlariga suzib borishlari zarurligini  bashorat bergan emish. Birmuncha sodda ijtimoiy va ilohiy tushunchalar hukm surgan qadimgi Yunonistonda, boshqa mahalliy kishilar singari Pifagorning ota onasi ham kohinlar so‘ziga chin dildan ishonishgan. Bashorat ajoyib tarzda amalga oshadi. Sidon shahrida Parfenisa o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi. Mazkur quvonchli hodisa tufayli ona  Parfenisa qadimgi yunon an’analariga binoan, unga kohin tilidan  o‘g‘il farzand bashoratini bergan Pifiyalik ma’bud Apollon sharafiga o‘z ismini Pifiada deb o‘zgartiradi. O‘g‘liga esa Pifagor – ya’ni, Pifiya bashorati (yoki, Pifiyadagi bashorat) deb ism qo‘yadi. Afsonada Pifagorning tug‘ilgan vaqti haqida hech qanday ma’lumot yo‘q; tarix tadqiqotchilari uning dunyoga kelgan vaqtini eramizdan avvalgi 580-yil bilan bog‘laydilar.

Yangilаndi: 24.03.2018 12:56
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 6 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 792
O'qilgan sahifalar soni : 3296770

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov