Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Bu qanday ishlaydi?
Bu qanday ishlaydi?

Sun'iy intellekt: fikrlaydigan mashinalar, ongli robotlar haqida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 59
Juda yomon!A'lo! 

Sun'iy intellekt: fikrlaydigan mashinalar, ongli robotlar haqida

(yoxud, robotlar Frankenshteynga aylanmasligiga kafolat bormi?)

Robot fikrlaydimi?Intellekt tushunchasi ta'rif uchun bag‘oyat qiyin tushunchalar sirasiga kiradi. Uzoq asrlar davomida insoniyatning eng zehni o‘tkir ilm peshvolari intellektning aynan nima ekanligi haqida muttasil ilmiy-falsafiy munozaralar yuritib kelishgan. Lekin bundayin ilmiy bahslar qanchalik darajada keskin yoki murakkab bo‘lmasin, ularda o‘ziga xos mutlaq yakdillik bor edi: intellekt - insongagina xos bo‘lgan oliy tushuncha o‘laroq qaralardi. Basharti, biror adabiy yoki fantastik asarda insondan o‘zga mavjudod yoki narsaning ong va tafakkur sohibi bo‘lishi, qisqacha aytganda - intellektga egaligi haqida gap borsa hamki, bu o‘z nomi bilan badiiy to‘qima yoki, fantastik uydirmadan nariga o‘tmagan. Suqrotdan boshlab, Eynshteyngacha bo‘lgan davrlarda hatto eng yuksak zakovatli olimlarda ham intellektning sun'iy bo‘lishi mumkinligi haqida jo‘yali jiddiy ilmiy fikrning o‘zi bo‘lgan emas...

Biroq, XX-asrning dastlabki choragidan boshlab vaziyat butunlay o‘zgardi. Aniqrog‘i, insoniyat o‘z xizmati uchun elektron hisoblash mashinalari - kompyuterlarni joriy qila boshlar ekan, intellekt masalasidagi bahslar ham yangi o‘zanga burildi. Insoniyat o‘z qo‘li bilan yaratilgan intellektual mashinalar - kompyuterlar, robotlar va boshqa shunga o‘xshash mexanik-elektronik tizimlar tomonidan muayyan intellektual salohiyat taqozo etuvchi masalalarni mustaqil hal etishi, o‘zi qaror qabul qilishi va vaziyatga qarab o‘z hatti-harakatlarini muvofiqlashtira olishi mumkinligi kabi intellektual "hislatlari" bilan yuzma-yuz keldi. O‘shanda ilk bora intellektning yasama shakli, ya'ni - sun'iy intellekt haqidagi bahslar o‘rtaga chiqqan edi. Keling, ushbu maqolada biz ham yana bir bora o‘sha muhim va qiziq masalaga - sun'iy intellekt masalasiga murojaat etib ko‘ramiz.

Yangilаndi: 09.12.2020 09:01
 

Nima sababdan Britaniya funtiga chiziq tortilgan?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Nima sababdan Britaniya funtiga chiziq tortilgan?

Lotin tilidagi "libra" - tarozu so‘zidan funtning shartli belgisi "lb" paydo bo'lgan. Qadimgi Rimliklar bir funt - 327.64 grammga teng qadoqtoshga lb belgisini qo‘yishgan. Biz bunday funtning 12 unsiyadan tashkil topganligi haqida gapirib o‘tgan edik. Bu asosiy savdo funti hisoblangan. Keyinroq u Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiyaning ham asosiy pul birligiga aylandi. Uning vazni esa deyarli o‘zgarmadi - 327.456 gramm. Ushbu funtga asoslanib, tanga pullar zarb qilingan.

Libra so‘zining esa, katta ehtimolki, qadimda Sitsiliya orolida yashagan yunon xalqlarining hajm o‘lchov birligi - "Litra"dan kelib chiqqan bolishi mumkin. Eramizdan avvalgi VII asrda Sitsiliya yunonlari misdan yasalgan 219.7 gramm vaznli qadoqtosh-pullardan foydalanishgan. Italiyada Rim imperiyasigacha bo'lgan davrda yashagan qabilalar ularni yashagan "Litra" deb atashgan. Yunonlardan farqli ravishda, Italiya hududida yashagan qabilalar Litradan vazn o‘lchov birligi sifatida foydalanishgan. Eramizdan avvalgi VI asrda esa, yunon Sitsiliyasi, aynan shu nom bilan 0.87 gramm vaznli kumush tanga pullar zarb qila boshlagan. Aftidan insonlarga yangi pul zarb qilishdan ko‘ra, unga yangi nom qo‘yish osonroq bo‘lgan shekilli. Sababi ming yillardan keyin ham Italiya hududidagi asosiy muomaladagi pul birligi - "lira" deb atalishini boshqacha izohlash qiyin. Albatta, yevrohududda "Yevro" joriy qilinishi bilan, italyan lirasi o‘z dolzarbligini yo‘qotdi. Lekin qadimgi yunon va italyan qabilalarining libra va litralari boshqa bir mustahkam tizim - Xalqaro Birliklar Tizimi - SI da, albatta, farang tilida, hajm o‘lchov birligi - litr nomi ostida o‘zining muqim o‘rnini topgan.

Yangilаndi: 04.01.2019 13:00
 

Oppoq kiyinganlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Oppoq kiyinganlar

Ilmiy nufuzga ega biror shaxs haqida axborot berilayotganida yoki uni biror hay'atga tanishtirilayotganida, odatda uning ilmiy unvoni (yoki darajasi desak ham bo‘ladi) qo‘shib aytiladi. Masalan, "Falonchi Pistonchiev, fan doktori", yoki, "Pistonchi Pistonchiyevich, dotsent" kabi. Umuman olganda ilmiy unvonlarga ega bo‘lish hammaga ham yoqsa kerak. Keling ushbu unvonlarning tarixi haqida suhbatlashamiz.

Ilmiy unvonlar o‘zbek tiliga, XX asrda kirib kelgan deganlar qattiq yanglishadi. g‘arbga xos ilmiy unvon yoki darajalardan farqli o‘laroq, sharqona nozik an'analar va qadriyatlar zamirida, ustoz, muallim, piri-komil, shayx kabi o‘ziga xos ilmiy daraja va unvonlar mavjud bo'lgan. ekin, Sharq ilm-fani va unga tegishli faktlar alohida katta mavzu bo'lgani uchun, biz bu maqolada bugungi kunimizda amalda bo'lgan va aksariyati Yevropa tillaridan kirib kelgan ilmiy unvon va darajalar haqida fikr almashamiz.

Yangilаndi: 04.01.2019 12:57
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 3 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11842011

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)