Proyektor
Proyektor bu - teskarisiga ishlaydigan fotoapparat desa ham bo‘laveradi. Fotoapparat - tasvirni o‘zidagi plyonkaga proyeksiyalaydi. Proyektor esa aksincha, o‘zidagi plyonkadagi (yoki, boshqa biror manbadagi) tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Lekin, proyektorning fotoapparatdan farq qiladigan o‘ziga xos jihatlari ham mavjud.
Birinchidan, proyektor ekranda hosil qilgan tasvirning yorqinligi zalda o‘tirganlarning hammasiga birdek tiniq ko‘rinadigan darajada bo‘lishi lozim. Ekran maydoni kattalashgan sari, proyektor hosil qilayotgan tasvir sifati ham xiralashib boradi. Shuning uchun, ekran o‘lchamlariga muvofiq tasvir tiniqligi va yorqinligini sozlash talab etiladi. Masalan, ekrandagi tasvir maydoni kengligini ikki barobar oshirilishi umumiy maydonning to‘rt karra kattalashuviga sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda tasvir yorqinligi va tiniqligini saqlash uchun, proyektor ekranidan chiqayotgan yorug‘lik miqdori ham tasvir kengligiga proporsional kuchayishi lozim bo‘ladi.