Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o’z sohasining asl bilimdoni bo’lgan tafakkur sohiblari – olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o’zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar – kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. “Olim” va “Ilm” so’zlari bir-biriga o’zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo’limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo’shgan hissasi haqida ma’lumotlar almashinamiz.



Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)

Biz foydalanadigan yulduzlar xaritalari aksariyat hollarda real voqe’likka unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi: chunki, odatda biz samoni faqat tunda va qurollanmagan ko‘z bilan kuzatamiz. Aslida esa, har soniya, har lahzada koinotda ulkan, favqulodda ulkan miqyosli tomoshalar ijro etiladi: o‘ta yangi yulduzlar portlaydi; qora tuynuklar materiyani o‘z komiga tortadi; ko‘z ongimizda hayratlanarli rang va shakllarga ega ulkan galaktikalar namoyon bo‘ladi. Lekin ushbu beqiyos va favqulodda go‘zal tomoshani faqat kam sonli mutaxassis kishilar – kuchli va sifatli teleskoplarga ega astronomlargina kuzatishadi. Qurollanmagan ko‘z bilan esa deyarli hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi.

Yangilаndi: 16.03.2017 16:26
 

Amaliya (Emmi) Nyoter - matematikaning toj-taxtsiz qirolichasi

E-mail Chop etish PDF

Amaliya (Emmi) Nyoter - matematikaning toj-taxtsiz qirolichasi

Zamonamizning saralangan eng yetuk matematiklarining fikricha,
ayollar uchun oliy ma’lumot eshiklari ochilganidan
buyon dunyoga kelganlar orasida Emmi Nyoter
eng yuksak matematik ijodiy iste’dod sohibasi bo‘lgan.

Albert Eynshteyn.

Eynshteyn haq edi. Emmi Nyoter (1882-1935) haqiqatan ham, hayratlanarli darajada o‘ta iste’dodli ajoyib matematik olima bo‘lgan. Eynshteyn Emmi Nyoter bilan Prinston Istiqbolli Tadqiqotlar Institutida birga ishlashni istagandi. Biroq, XX asr fizikasi dahosining bu niyati amalga oshmagan. Ular birgalikda, hamkasb bo‘lib ishlashga muvaffaq bo‘lishmadi. Bunga sabab, Emmi Nyoterning bevaqt o‘limi bo‘lgan edi.

Yangilаndi: 08.03.2017 13:21
 

Lev Davidovich Landau

E-mail Chop etish PDF

Lev Davidovich Landau

(1908-1968)

Lev Davidovich Landau 1908-yilning 22-yanvar sanasida Ozarbayjonning Boku shahrida tug‘ilgan. Uning otasi mahalliy korxonalarning birida neftchi-muhandis, onasi esa vrach bo‘lib ishlagan.

O‘zining bolalik yillari haqida eslaganda Landau «hamma qatori bola edim, vunderkind bo‘lmaganman. Insho yozganimda eng yuqori olgan baho 3 bo‘lgan.  Matematikaga qiziqardim. Barcha nazariyotchi fiziklar ilm-fanga matematika orqali kirib kelishadi. Men ham istisno emasman. 12 yoshimda differensiallashni, 13 yoshimda esa integrallashni bilardim» - degan edi.

Albatta, ushbu xotiralarida Lev Landau olimlarga xos tarzda kamtarlik qilgan. U o‘rta maktabda shu darajada yaxshi o‘qiganki, o‘zlashtirishda tengqurlaridan o‘zib ketganidan, uni juda tez sinfdan-sinfga o‘tkazishgan. Lev Landau 13-yoshidayoq maktabni a’lo baholar bilan  tamomlagan. Biroq, o‘spirin yoshdagi farzandlarini oliygohda qiynalib qolishidan cho‘chigan ota-onasi uni o‘sha yiliyoq oliy o‘quv yurtiga kirishini istashmagan. Shu sababli Landau dastlab Boku iqtisodiyot bilim yurtiga kirib o‘qiy boshlagan.

Yangilаndi: 21.01.2017 07:18
 

Sofya Kovalevskaya (1850-1891)

E-mail Chop etish PDF

 Sofya KovalevskayaSofya Kovalevskaya (1850-1891)

Odatda matematiklar ichida yozuvchilik mahoratiga ega, hamda, siyosatga ham aralashib turadiganlari juda kamdan-kam uchraydi. Biroq, aynan shunday serqirra matematiklardan bir nechtasini tarix guvoh bo‘lgan. Misol uchun, Unabomber laqabli yovuz qo‘poruvchi jinoyatchining asl ismi Teodor Kachinskiy bo‘lib, kallasini yaxshilik uchun ishlatmagan bu iflos aslida yetuk matematik bo‘lgan. Shuningdek, Andre Blox ismli kuchli matematik ham, o‘z mutaxassisligi bilan emas, balki jinoyatchiligi bilan ko‘proq nom chiqargan. Bunday misollardan yana ko‘plab keltirish mumkin. Lekin, keling shular bilan cheklana qolamiz. Bizning hikoyamiz esa Sofya Kovalevskaya haqida bo‘ladi.

Yangilаndi: 28.10.2016 18:18
 

Albert Eynshteyn

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Albert Eynshteyn

(1879—1955)

Albert Eynshteyn 1879 yilning 14-mart sanasida Avstriyaga qarashli Ulm shahrida tavallud topgan. Bo‘lajak buyuk fizikning otasi German Eynshteyn ham, maktab chog‘laridayoq tengdoshlariga nisbatan kuchli zehni va ajoyib matematik qobiliyati bilan ajralib turgan ekan. Albert 1 yoshga to‘lgan yili, Eynshteynlar oilasi Myunxenga ko‘chib o‘tadi. Albert Eynshteyn 5 yoshlik paytida unga kompas sovg‘a qilishgan. Yosh Albert ushbu ajoyib narsaning xususiyatlaridan hayratlanib, butun kelajak hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli qiziqishlar olamiga sho‘ng‘ib ketgan. Keyinchalik, 12 yoshlik chog‘ida uning qo‘liga Yevklidning geometriya kitobi (ya'ni, «Boshlang‘ichlar» asari) tushib qoladi. Eynshteyn o‘zining fizika va umuman ilm-fan olamiga kirib kelishida bolaligida qo‘liga kelib tushgan aynan o‘sha ikkita narsa – kompas va geometriya kitobi hal qiluvchi o‘rin tutganini ko‘p bora ta’kidlagan.

Myunxenda Albert Eynshteyn avvaliga oddiy boshlang‘ich maktabga, keyinroq esa maxsus gimnaziyaga qatnay boshlagan. 6-sinfgacha bo‘lgan ta’limni Germaniyada olgan yosh Albert, keyinchalik Milanga yo‘l oladi va mustaqil o‘qiy boshlaydi.

Yangilаndi: 14.03.2016 08:45
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2513262

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)