Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



A.S. Popov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

A.S. Popov

 

Siz qaysi radioni eshitasiz? - «O‘zbekiston»nimi, «Mash'al»nimi, yoki, «Vodiy sadosi»nimi? balki «Yoshlar»ni eshitarsiz? Hozir tinglovchi o‘z didiga munosib radiokanalni topishi oson. Radiokanallar soni ham ko‘p, ularning efir vaqti ham kechayu-kunduz. Lekin o‘sha sevimli radioingizni tingalyotganingizda hech o‘ylab ko‘rganmisiz, shunday ajoyib ixtiro - radioning muallifi kim ekan deb?

g‘arbning ba'zi g‘arbparsat tarixchilari radioning ixtirochisi sifatida italyan muhandisi Gilyelmo Markonini (1874-1937) e'tirof etishadi. Lekin radioni ilk bor rus fizik olim Aleksandr Popov ixtiro qilgan. o‘z kashfiyotini u ilk marotaba namoyish qilganida 1895- yilning 7-mayi edi. o‘sha kundan buyon 7 may butun dunyoda, xususan, vatanimiz - O‘zbekistonda ham radio kuni sifatida bayram qilinadi.

Yangilаndi: 19.03.2018 08:13
 

Barbara Mak-Klintok

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Barbara Mak-Klintok

(1902 - 1992)

Barbara Mak-Klintok genetika sohasining eng yuksak ilmiy salohiyatga ega olima va tadqiqotchisi bo‘lib, u genetika sohasidagi ilmiy izlanishlari natijasida 1983-yilda fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishlaridagi  Nobel mukofotiga loyiq topilgan.

 

Barbara Mak-Klintok 16-mart 1902-yilda AQSHning Konnektikut shtati, Xartford shahri tavallud topgan. Keyinchalik ularning oilasi Nyu Yorkka ko‘chib o‘tdi va Barbara Bruklindagi o‘rta maktabda o‘qiy boshladi. Uning onasi Barbaradagi tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishni ma’qullamas edi. Lekin baribir, uning 1919-yilda Nyu York shtatidagi Itake shahri, Kornell universitetiga o‘qishga kirishiga to‘sqinlik qilmadi. U mazkur universitetda Botanikadan chuqur ta’lim oldi. 1923-yili bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi. Bir yil avval u genetika bilan jiddiy qiziqib qolgan edi. 1927-yilga kelib Barbara Mak-Klintok fan doktori ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Lekin, o‘sha vaqtda Kornell universitetida ayollarning genetika bilan shug‘ullanishi qat’iy ta’qiq ostida bo‘lgani uchun, Barbara Mak-Klintokning ilmiy unvoni rasman Botanika yo‘nalishida qayd etilgan edi. Shu yildan e’tiboran olima ayol, o‘zi ta’lim olgan universitetda Botanika fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. Olimaning mazkur o‘quv yurtidagi O‘qituvchilik faoliyati 1931-yilgacha davom etdi.

Yangilаndi: 24.03.2018 12:49
 

Nikolay Kopernik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Nikolay KopernikNikolay Kopernik

(1473-1543)

Nikolay Kopernik 1473-yilning 19-fevralida Polshaning Toruni shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo‘lib, bu shaharga Germaniyadan ko‘chim kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan. O‘n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to‘qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo‘lajak olim roppa rosa o‘n yoshga to‘lgan vaqtda to‘satdan qayg‘uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o‘lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o‘zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keyingi taqdiri, uning o‘qishi va tarbiyasi muammolari tog‘asi

Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘zining ilmiy faoliyatiga asos bo‘ladigan darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o‘zining eng dastlabki ilmiy astronomik kuzatishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyin Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to‘lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o‘rgatilgan Ptolomey ta'limoti faktlari bilan bunday nomuvofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko‘rishga undadi.

Yangilаndi: 10.09.2018 17:27
 

Blez Paskal

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Blez Paskal

Paskal qalbida tubsiz uyurma olib yurar edi.

Sh. Bodler

Blez Paskalga Uyg‘onish davri uchun xarakterli bo‘lgan, ammo XVII-asrda deyarli tugab ketgan, ajoyib har tomonlilik mansub edi. Hali tabiiy fanlar (aytaylik fizika va matematika) ning to‘la ajralish vaqti yetmagan, ammo odatda gumanitar va ilmiy-tabiiy mashg‘ulotlar qo‘shib olib borilmas edi.

Tabiatshunoslik tarixiga Paskal buyuk fizik va matematik sifatida matematik analiz, loyihaviy -chizma geometriyasi, ehtimollik nazariyasi, hisoblash texnikasi, gidrostatikaning yaratuvchilaridan biri sifatida kirdi. Fransiya Paskalni ajoyib yozuvchilardan biri deb tan oldi: «Buyuk aqllar Paskaldan buyuk farang tili asridagi
eng yetuk yozuvchi sifatida hayratlanishadi... uning qalami yaratgan har bir satr qimmatbaho tosh kabi ulug‘lanadi» (Jozef Bertran).

Yangilаndi: 22.09.2018 13:34
 

Xristian Gyugens. Qadimgilar ko‘rmagan egri chiziq haqida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Xristian Gyugens. Qadimgilar ko‘rmagan egri chiziq haqida

Хristiаn Gyuygеns (1629—1695) fаndа bеvоsitа Gаlilеyning izdоshi edi. Lаgrаnjning so‘zi bilаn аytgаndа Gаlilеyning muhim kаshfiyotlаrni mukаmmаlаshtirish vа rivоjlаntirish Gyuygеnsgа nаsib etdi.

Gyuygеns birinchi mаrtа Gаlilеyning g‘оyalаri bilаn qаndаy tаnishgаni hаqidа hikоya  mаvjud: 17 yoshli Gyuygеns  yuqоrigа оtilgаn jism pаrаbоlа bo‘ylаb hаrаkаt qilishini  isbоtlаmоqchi bo‘lаdi, аmmо  Gаlilеyning kitоbidа isbоtini ko‘rib, «Gоmеrdаn so‘ng «Iliаdа»ni yozishni» istаmаdi. Gаlilеyning ilmiy yo‘li, qiziqishlаri Gyuygеnsgа qаnchаlik yaqinligi kishini hаyrаtgа sоlаdi. Bа’zаn yoshаrgаn Gаlilеy o‘zining kuzаtish trubаsini mukаmmаllаshtirаyotgаndеk,  qirq yil оldin to‘хtаtilgаn аstrоnоmik kuzаtishlаrni dаvоm ettirаyotgаndеk tuyulаdi. U аnchа kuchli tеlеs­kоp yordаmidа uchtа birlаshgаn yulduz kаbi ko‘rinuvchi Sаturn sirini оchmоqchi bo‘lаdi vа nihоyat, 92 mаrtа kаttаlаshtiruvchi tеlеskоpdа (Gаlilеyniki 20 kаrrаli edi) kuzаtib, yonidаgi  yulduzlаr dеb Sаturnning hаlqаsi qаrаlgаnini pаyqаydi. U yanа 1610 yili ko‘ndаlаng qilib qo‘yilgаn  mаsаlа yеr vа Yupitеrdаn  fаrqli sаyyorаlаrdа yo‘ldоshlаr mаvjudmi dеgаn  mаsаlаgа qаytаdi. U vаqtdа Gаliliy Mеdichigа  bоshqа sаyyorаlаrdа yo‘ldоshlаr tоpilmаydi, Mеdichi uyidаn (Yupitеrning yo‘ldоshlаri  uning shаrаfigа qo‘yilgаn edi) bоshqа birоrtа hаm shоh uyi «хususiy» yulduzgа egа bo‘lishni оrzu qilmаsа hаm bo‘lаdi,—dеb yozgаn edi. Gyuygеns 1655 yili Sаturnning yo‘ldоshi Titаnni kаshf etdi. Ehtimоl, dаvr o‘zgаrgаndir, Gyuygеns o‘zi kаshf etgаn yo‘ldоshni birоvgа sоvg‘а tаrzidа tаklif etmаdi.

Yangilаndi: 19.09.2018 09:55
 


Maqolaning 9 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3590174

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)