Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts

E-mail Chop etish PDF

German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts

German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts (nemischa: Hermann Ludwig Ferdinand von Helmholtz ) buyuk olmon vrachi, fizik, psixolog va fiziologi. 1821 yilning 31 avgustida, Berlin yaqinidagi Potsdam shaharchasida tugilgan. Boshlangich talimni Potsdam gimnaziyasida olgan va 17 yoshida, gimnaziyani tamomlab, Qirollik tibbiyot-jarrohlik institutiga oqishga kirgan. Institutni 1842 yilda, doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoyasi bilan tamomlagan. Qirollik tibbiyot-jarrohlik instituti bitiruvchilari uchun, mamlakatda majburiy 8 yillik harbiy xizmat mavjud bolib, Gelmgolts 1843 yildan boshlab, Potsdamning ozida harbiy vrach bolib xizmat qila boshlaydi. 1847 yilning 23 iyulida, Berlin fizika jamiyati majlisida, ozining mashhur Kuchning saqlanishi haqida nomli maruzasini oqiydi. U keyinchalik alohida risola tarzida ham chop etilgan. Mazkur risolada u, Joul, Mayer va Karnolarning ishlarida yoritib berilgan, energiyaning saqlanish tamoyilini umumlashtirib, oz goya va xulosalari bilan boyitib, tarixda birinchi marta energiyaning saqlanish tamoyili termodinamikaning birinchi bosh qonunini tariflab beradi. Shundan song, 1848 yilda, Aleksandr Gumboldtning tavsiyasiga kora unga harbiy xizmatdan muddatidan avval ozod etiladi. U Berlindagi Badiiy Akademiyaga anatomiya oqituvchisi bolib ishga kiradi; bir vaqtning ozida, anatomiya muzeyida assistent bolib ishlay boshlaydi. Mazkur yillar davomida u, mustaqil ravishda, nerv tolalarining rivojlanish jarayonlari, korish va eshitish organlarining fiziologiyasini tadqiq qiladi. 1849 yilda uni, ustozining tavsiyasiga kora, fiziologiya va umumiy anatomiya professori unvoni bilan Kyoningsbergga yuboriladi. 1855 yilda u Bonnga kochib otib, anatomiya va fiziologiya kafedrasining mudiri lavozimiga tayinlanadi. 1858 yilda esa, Geydelbergdagi fiziologiya kafedrasi rahbarligi ham unga topshiriladi.1871 yilda, u Berlin universitetining fizika kafedrasiga, fizika professori lavozimiga tayinlandi. Gelmgolts ishga kirishgach, hukumat bilan hamkorlikda, mazkur kafedra bazasida yangicha ilmiy muassasa - Fan saroyi (hozirda Berlin universitetining fizika instituti) tashkillaydi va uning oyoqqa turishiga katta mehnatlar sarflaydi. U mazkur muassasaga 1788 yilgacha rahbarlik qilgan. 1788 yilda, mamlakat parlamentining hamkorligida, Sharlottenburgda Imperial fizika-texnika idorasi tashkil etiladi va unga Gelmgolts prezident etib saylanadi. U yangi lavozimga otgach, Berlin fizika institutida maruzalar oqishda davom etadi.

 

Benua Pol Emil Klayperon

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Benua Pol Emil Klayperon

Benua Pol Emil Klayperon (fransuzcha Benot Paul mile Clapeyron) farang muhandisi va fizik olimi. Temir yol tarmoqlari, koprik qurilishi va yolsozlik masalalari boyicha koplab ilmiy-amaliy ishlar muallifi. Ideal gaz holati tenglamasini keltirib chiqargan olim.

Pol Klayperon 1799 yilning 26-fevral sanasida Parijda tugilgan. Avvaliga 1816-1818 yillar davomida Parij Politexnika maktabida tahsil olgan. 1820 yilda Sankt-Peterburgdagi Aloqa yollari muhandisligi institutda professor bolib ishlayotgan dosti Gabriel Lamening oldiga jonaydi va u yerda 10 yil davomida ishlab, yolsozlik va kopriklar qurilishi boyicha loyihalarda muhandis sifatida ishtirok etadi. 1930 yilda Parijga qaytgach, Fransiya boylab qurilayotgan yangi temir yol tarmoqlari va kopriklar va yollar qurilishida muhandis, loyihachi va nazoratchi sifatida ishtirok etadi. Xususan ilk fransuz temir yol tarmoqlari bolmish Parij-Versal va Parij-Sen Jermen yonalishlari aynan Klayperon nazorati bilan qurilgan edi.

Pol Klayperonning fizik olim sifatidagi ishlari asosan issiqlik, plastiklik va qattiq jismlarning muvozanat holatlari masalalariga bagishlangan bolib, uning termodinamika borasidagi izlanishlari ayniqsa mashhur bolgan. Sadi Karnoning Alanganing harakatlantiruvchi kuchi va bu kuchni rivojlantira oladigan mashinalar haqida mulohaza birinchi bolib jiddiy ilmiy ahamiyat qaratgan va uning goyalariga matematik asos bergan ilk olim aynan Pol Klayperon bolib, ushbu goyalardan kelib chiqib u, termodinamika uchun dastlabki grafik uslublarni indikator diagrammalarni, xususan, p-V koordinatalar sistemasini kiritgan edi.

 

Jeyms Preskott Joul

E-mail Chop etish PDF

Jeyms Preskott Joul

Jeyms Preskott Joul (inglizcha James Prescott Joule) ingliz fizigi. Termodinamika taraqqiyotiga yuksak hissa qoshgan olimlardan biri. 1818 yilning 24 dekabr kuni, Angliyaning Lankashir grafligi, Solford yerida tugilgan. Boshlangich va orta talimni, mashhur olim Jon Daltondan olgan. 15 yoshidan boshlab, bir vaqtning ozida, oilasiga tegishli, ichimlik ishlab chiqaruvchi zavodda ishlab, ham talim ola boshlagan. Zavoddagi ishlayotgan bug mashinalarining orniga, osha davr uchun yangilik bolgan elektrodvigatellardan foydalanish goyasi asnosida, ozining ilk ilmiy ishini elektromagnit dvigatelning tuzilishi va ishlash tamoyili tadqiq qilishdan boshlaydi. U 1841 yilda, elektr tokining issiqlik ajratish qonuniyatlarini tadqiq qilib, ozbek tilidagi adabiyotlarda, Joul-Lents (chunki, ushbu qonunni 1842 yilda rus olim Lents ham ochgan edi) qonuni nomi bilan ataladigan, otkazgichdagi tok kuchi va ushbu tok tufayli ajralib chiqqan issiqlik miqdorining kvadratik bogliqligi qonunini kashf qildi. Biroq, uning ishlarini London Qirollik Jamiyati azolari tomonidan munosib baholanmadi. Shu tufayli ham, Joulning mazkur ishi, Manchester shahrining davriy jurnallaridan birida elon qilishga muvaffaq boldi xolos. Shuningdek, u, bug mashinalari hamda, elektrodvigatellarning iqtisodiy samaradorliklarini taqqoslash yuzasidan ilmiy tahlillar olib boradi. Joul, tajribalarini davom ettirib, issiqlik miqdori va mexanik kuchning ozaro ekvivalentlik (issiqlikning mexanik ekvivalenti) qonuniyatlarini, amaliy tajribalarda aniqlaydi. Bu orqali, olim, fanda mavjud bolgan eski va notogri tushuncha issiqlikning modda (teplorod) ekanligi haqidagi fikrlarni inkor etib, issiqlik, va ish bu fizik kattaliklar ekanligini isbotlab beradi. Qolaversa Joul, mazkur tajribalari orqali, tabiatdagi eng fundamental qonunlardan biri energiyaning saqlanish qonunini amalda ochib qoygan edi. Aynan shu vaqtlarda, Joul magnitostriksiya, hodisasini ham kashf qiladi va bu haqida ilmiy jamoatchilikka malumot beradi. Biroq, Jeyms Joulning ishlarini kopchilik olimlar ishonqiramay, aksariyat hollarda esa, qarshilik bilan kutib olishardi.

 

Yulius Robert fon Mayer

E-mail Chop etish PDF

Yulius Robert fon Mayer

Yulius Robert fon Mayer (nemischa Julius Robert von Mayer) olmon vrachi va fizigi. U 1814 yilning 25-noyabrida, Germaniyaning Haylbronn shahrida tugilgan. Orta maktabni tugatgach, Tyubingen universitetining tibbiyot fakultetiga oqishga kirgan. U avvaliga fizika va matematika kurslariga qatnashmagan, biroq, kimyoni ancha mukammal ozlashtirgan. Mayer Tyubingen universitetida talimni toliq yakunlay olmagan. Uni taqiqlangan yiginlarda ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olingan va 6 kunlik hibsda saqlanganidan song ozod qilingan. Shundan song, Mayer Tybingenda qolmaslikka qaror qilib, avval Myunxen, keyin Vena va Parijga ketadi va oqishini ushbu shaharlarda davom ettiradi. 1838 yilda u Tyubingenga qaytib, imtihonlarni topshiradi va oz dissertatsiyasini himoya qiladi.

 

Nikolya Leonard Sadi Karno

E-mail Chop etish PDF

Nikolya Leonard Sadi Karno

Sadi Nikolya Karno (fransuzcha - Nicolas Leonard Sadi Carnot) - mashhur fransuz harbiy muhandisi, fizik va matematik. U 1796-yilning 1-iyunida, Parijda, mashhur siyosatchi va matematik Lazarra Karno oilasida dunyoga kelgan.

Karno malakali boshlang‘ich ta'limni o‘z uyida olgan. 1812-yilda Buyuk Karl nomidagi maxsus litseyni tamomlab, o‘sha vaqtlardagi Yevropaning eng nufuzli bilim yurtlaridan bo‘lgan Parij Politexnika maktabiga o‘qishga kirgan. 1814-yilda, Politexnika maktabi reytingida, a'lochilar safida 6-o‘rin bilan, Mets shahriga, oliy harbiy Muhandislik maktabiga yo‘llanma bilan yuboriladi. 1816-yilda, maxsus harbiy muhandislik polkiga jo‘natilgan. U bir necha yil harbiy xizmat o‘tab, 1819-yilda, Bosh shtabning Parij korpusi leytenanti unvonini egallaydi (maxsus tanlovda g‘olib chiqib) va Parijga qaytadi. Karno Parijda o‘qishni qaytadan boshlaydi va ilmiy izlanishlarga kirishadi. Sorbonna, Kolej de Frans, San'at va Hunar konservatoriyasi kabi nufuzli bilim yurtlarida ma'ruzalar tinglaydi.

Yangilаndi: 01.06.2018 08:00
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 788
O'qilgan sahifalar soni : 3185471

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!