Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Jon Edvard Lennard-Jons

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Jon Edvard Lennard-Jons

 

Jon Edvard Lennard-Jons (inglizcha Sir John Edward Lennard-Jones) – ingliz fizik- va kimyogar-nazariyotchisi. Kvant kimyosining dastlabki namoyandalaridan biri. Uning asosiy ishlari, kvant kimyosi, atom fizikasi va statik mexanika sohalariga oiddir. Olimning asl ism-sharifi Jon Edvard Jons bo‘lib, 1924 yilda, rafiqasi Ketlin Lennardga uylanishi munosabati bilan, familiyasini Lennard-Jons tarzida qo‘shaloq shaklga o‘zgartirgan.

Jon Edvard Lennard-Jons 1894 yilning 27 oktyabr sanasida, Angliyaning Lanakshir grafligi hududida joylashgan Li shahrida tug‘ilgan. Avvaliga mahalli grammatika maktabida ta’lim olgan. 1912 yilda u Manchester universitetiga matematik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirib, ushbu oliygohni magistr darajasi diplomi bilan muvaffaqiyatli tamomlaydi. Oliy ta’lim davomida u tovush nazariyasi masalalari bilan shug‘ullangan.

1915 yilda, I-jahon urushi munosabati bilan uni Qirollik harbiy havo kuchlari safiga chaqirishadi va bo‘lajak olim, harbiy xizmatni Fransiyada, jangovar harakatlar maydonida o‘taydi. Ushbu davr, harbiy harakatlar uchun aviatsiyaning endi-endi qo‘llana boshlayotgan boshlang‘ich davri bo‘lib, harbiy havo kuchlarining tashkil etilishi tarixan yangilik edi. Shu tufayli ham, Lennard-Jons harbiy xizmat bilan vaqtning o‘zida, Milliy Fizika laboratoriyasi uchun aerodinamik hisob-kitoblarni yuritish ishlarida faol qatnashgan.

1919 yilda u harbiy xizmatdan qaytgach, o‘zi o‘qigan Manchester universitetiga ishga joylashadi va matematikadan dars bera boshlaydi. Ayni vaqtda unda gazlarning kinetik nazariyasi yuzasidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘ladi. universitetdagi faoliyatini rivojlantirib u, fan doktori darajasiga erishadi va 1922 yilga kelib esa, 1851-yil Butunjahon ko‘rgazmasi nomidagi stipendiyaga ega bo‘ladi. bu uning uchun ilmiy izlanishlaridagi faoliyatini yanada nufuzliroq muassasa – Kembrij universitetida, mashhur olim Ralf Fauler qo‘l ostida davom ettirish imkonini beradi. 1824 yilda u Kembrijda Falsafa Fanlari Doktori[1] (PhD) darajasi uchun dissertatsiya himoya qiladi. Faulerning tavsiyasi bilan u molekulalararo va atomlararo kuchlar masalalari bilan jiddiy qiziqib shug‘ullana boshlaydi. O‘sha yili u, qator moddalarning kristall panjaralarining energetik parametrlarini hisoblash uchun qo‘llagan va atomlararo kuchlarning potensiallarini ifodalashga xizmat qiluvchi ilmiy mulohazalarini bayon qildi. Shuningdek, Van der Vaals tenglamasi parametrlarni, molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlarini bayon qiluvchi atamalar doirasida umumlashtirdi.

 

Yan Diderik Van der Vaals

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Yan Diderik Van der Vaals

 

Yan Diderik Van der Vaals (gollandcha Johannes Diderik van der Waals) golland fizigi, gaz va suyuqliklarning agregat holatlarining yagona fizik tamoyilga asoslanishini tasdiqlovchi holat tenglamasini keltirib chiqarganligi bilan mashhur bo‘lgan olim. Uning asosiy ilmiy ishlari, nazariy va molekulyar fizika sohalariga taaluqlidir. Fizika bo‘yicha 1910-yilgi Nobel mukofoti laureati.

Yan Diderik Van der Vaals 1837-yilning 23-sentyabrida Gollandiyaning Leyden shahrida tug‘ilgan. o‘rta maktabni tugatgach, Leydendagi boshlang‘ich maktablarning birida dars berish bilan ish boshlagan. Bir vaqtning o‘zida, Leyden universitetiga, haqiqiy talabalik huquqlaridan farq qiluvchi - «erkin tinglovchi» maqomi bilan, ma'ruzalar tinglash uchun doimiy qatnagan. Chunki, o‘sha vaqtdagi Gollandiya davlatining ayrim qonunlariga ko‘ra, Van der Vaals oliy ta'lim muassasasida o‘qish huquqiga ega bo‘lmagan. Shunga qaramay u, 1862-1865 yillar davomida, Leyden universitetining asosiy ma'ruza va seminarlarining barchasiga muntazam qatnagan. Shu tarzda, u o‘zining o‘rta maktablarda fizika va matematikadan dars berish huquqini bruvchi sertifikatining tadbiq doirasini kengaytirishga muvaffaq bo‘lgan. 1864-yildan boshlab u Deventer shahar o‘rta maktabida o‘qituvchilik qila boshlaydi. Ikki yildan so‘ng, ya'ni 1866-yilda u Gaagadagi o‘rta maktablarning biriga ishga o‘tadi va keyinchalik o‘sha muassasada direktor lavozimiga tayinlanadi. 1869-yilda, molekulalar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchlarini kashf qildi va keyinchalik ushbu kuchlar, olimning nomi bilan vandervaals kuchlari deb yuritila boshladi.

Yangilаndi: 12.09.2018 11:55
 

Lyudvig Eduard Boltsmann

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Lyudvig Eduard Boltsmann

 

Lyudvig Eduard Boltsmann (nemischa Ludwig Eduard Boltzmann) – Avstriyalik fizik-nazariyotchi. Molekulyar-kinetik nazariya hamda, statik mexanika asoschisi. Uning ilmiy ishlari asosan, gazlarning kinetik nazariyasi, kapilyar hodisalari, elastiklik, optika, matematika va albatta termodinamika sohalariga bag‘ishlangan.

Lyudvig Boltsmann 1844 yilning 20-fevralida, Avstro-Vengriya imperiyasining poytaxti bo‘lgan Vena shahrida tug‘ilgan. Ularning oilasi avvaliga Vels, keyin esa Linz shaharlariga ko‘chib o‘tishgan bo‘lib, Boltsmann boshlang‘ich va o‘rta ta’limni aynan Linz gimnaziyasida olgan. 1866 yilda Vena universitetiga o‘qishga kirib, mashhur fizik olimlar – Loshmidt va Stefan qo‘l ostida ta’lim oladi. Aynan shu yili u, gazlarda tashqi potensial maydonda joylashgan ideal gazning impuls bo‘yicha ham, koordinata bo‘yicha ham bir tekis taqsimlanishi (Boltsmann taqsimoti) formulasini keltirib chiqargan edi. 1867 yildan boshlab, o‘zi o‘qiyotgan universitetda, fizik olim Yozef Stefanning assistenti bo‘lib ishlay boshlaydi. Ikki yillik assistentlik faoliyatidan so‘ng, uni Grats universitetiga, matematik fizika bo‘yicha professor lavozimiga ishga taklif qilishadi va Boltsmann ushbu oliygohda ma’ruzalar o‘qiy boshlaydi.

 

Kammerling-Onnes Heyke

E-mail Chop etish PDF

Kammerling-Onnes Heyke

 

Heyke Kammerling-Onnes (gollandcha Heike Kamerlingh Onnes) – golland fizik va kimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga erishgan olim hisoblanadi. Uning o‘z davri uchun rekord hisoblangan 0.9 K haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika bo‘yicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy doiralardagi hazilomuz unvoni «Janob Mutlaq nol» bo‘lgan.

Kammerling-Onnes 1853 yilning 21-sentyabr kuni, Gollandiyaning Groningen shahrida tug‘ilgan. O‘rta ta’limni o‘z shahridagi maktabda tamomlagach, 1870 yilda Groningen universitetining fizika va matematika bo‘limiga o‘qishga kiradi. Keyinroq oliy ta’limni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qo‘l ostida davom ettiradi. 1873 yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882 yillar davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida ma’ruzalar o‘qiy boshlaydi. 1882 yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lmish Leyden universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qilib oladi.

Kammerling-Onnesning doktorlik dissertatsiyasi o‘ziga xos mavzuda bo‘lib, unda olim Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini g‘ayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883 yilda himoya qilingan mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab bo‘lib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yo‘l ochib bergan edi.

 

Ralf Govard Fauler

E-mail Chop etish PDF

Ralf Govard Fauler

 

Ralf Govard Fauler (inglizcha Sir Ralph Howard Fowler) - ingliz fizik-nazariyotchisi, astrofizik, matematik. Nazariy astrofizikaga tamal toshini qo‘ygan ilk olimlardan biri. Uning ilmiy ishlari asosan, statik mexanika, kvant nazariyasi, matematika hamda, termodinamika fanlariga bag‘ishlangandir.

Ralf Fauler, 1889-yil 17-yanvar sanasida, Buyuk Britaniyaning Esseks grafligidagi, Roydon yerida, ishbilarmon va sportchi oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta'limni 10 yoshigacha uyda, yollanma murabbiy nazoratida olgan. Keyinchalik esa, Horris Hill o‘rta maktabiga o‘qishga o‘tgan. O‘rta ta'limni, 1902-1908 yillar davomida Vinchester maktabida tamomlagan. Ralf Faulerning iste'dodi, maktab yillaridayoq yuzaga chiqqan bo‘lib, u Vinchester maktabidagi o‘quvchilik yillaridayoq, tabiiy fanlar va ayniqsa, matematika bo‘yicha bir necha nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. U 1906-yilda, Kembrij universitetining maxsus stipendiyasiga sazovor bo‘lib, universitetda o‘qish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lgan. 1908-yilda maktabni bitirgach, Fauler, Kembrijga, matematika yo‘nalishiga o‘qishga kiradi va mazkur oliygohni 1911-yilda bakalavr darajasi bilan tamomlaydi. 1913-yilda, uning matematika borasidagi ilmiy yutuqlari uchun Relay mukofotin bilan taqdirlanadi va universitet qoshidagi Triniti kollejiga ishga qabul qilinadi. Fauler, 1915-yilda, Kembrij universiteti magistri diplomiga ham ega bo‘ladi. Bu vaqtda u, ikkinchi darajali differensial tenglamalarni yechishning o‘ziga xosliklari masalalarida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi.

Yangilаndi: 12.09.2018 11:58
 


Maqolaning 4 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3590198

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis