Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

Birlashgan Qirollikda davlat va jamiyat uchun buyuk xizmatlar ko‘rsatgan shaxslarga Ritsarlik maqomi hamda, Ser unvoni berilishi tarixiy an'ana sanaladi. 1994-yilda zamonamizning eng nomdor olimlaridan biri, fizika, matematika, hamda, inson tafakkurining neyrofiziologik jihatlarini tadqiq qilish borasidagi eng ilg‘or tadqiqotlar muallifi Rojer Penrouz ham, qirolicha Elizaveta II tomonidan Angliyaning mazkur yuksak unvon va maqomlari bilan taqdirlandi. Haqiqatan ham u tom ma'noda zamonamiz ilm-fanining shavkatli ritsaridir. Keling, uning tarjimai holi va ilmiy faoliyati haqida ushbu maqola orqali imkon qadar batafsil to‘xtalamiz.

Ser Rojer Penrouzning ota-onasi tibbiyot mutaxassislari bo‘lishgan. Chunonchi uning otasi Laynoel Sharplz Qirollik Jamiyati a'zosi bo‘lib, tibbiy genetika bo‘yicha o‘z davrining yetakchi mutaxassislaridan sanalgan. Qahramonimiz Rojer Penrouz otasining 1931-yilda Kolchester shahrida o‘tkazilgan maxsus ilmiy tadqiqot dasturida ishtirok etayotgan paytida, o‘sha yilning 8-avgust sanasida dunyoga kelgan.

Penrouzlar oilasi ilm-fanga nisbatan e'tiqodiy darajada yondoshadigan oila bo‘lgan. Ularning oilaviy yalpi aqliy salohiyatidan shu narsa yaqqol darak beradiki, oilada Rojerdan boshqa farzandlar ham kuchli ilmiy salohiyatli olimlar bo‘lib yyetishishgan. Xususan, akasi Oliver Penrouz ham Rojer singari fizik va matematik mutaxassis bo‘ib yetishgan bo‘lsa, uning ukasi Jonatan Penrouz esa, kasbi bo‘yicha psixolog, shuningdek Britan orollarida dong‘i ketgan mashhur shaxmatchi bo‘lib tanilgan. Ma'lum sabablarga ko‘ra, Penrouzlar oilasi 1939-yilda avval AQSH va keyin Kanadaga ko‘chib o‘tadi. Aynan shu paytlarda Rojerda matematikaga nisbatan ishtiyoq paydo bo‘la boshlaydi. Chunki bu vaqtlarda uning ota-onasi ham mazkur fan bilan qattiq berilib shug‘ullanar edi. Ayniqsa otasi o‘zi genetik bo‘lishiga qaramay, geometriyaga mukkasidan ketar darajada ishtiyoq bilan yondoshgan.

1945-yilda Yevropa II-jahon urush olovidan qutilgach, Penrouzlar yana Angliyaga qaytib kelishadi va Londonga joylashishadi. Ota Penrouz London Universitet Kollejida odam genetikasi fanidan professor unvoni bilan ishlay boshlaydi. U farzandlarini ham aynan shu dargohda ta'lim olishlarini istagan. Ayni istakka ko‘ra Rojer ham mazkur kollejga o‘qishga kiradi. Kollejdagi o‘qish yakuniga ko‘ra unga ota-onasi oilaviy an'analarni davom ettirishni, ya'ni tibbiyot xodimi bo‘lib yetishishi uchun, biologiya va kimyo yo‘nalishi mutaxassisligini taklif etishadi. Lekin Rojer ularning xafsalasini pir qilgancha, fizika va matematika sohalarini o‘zi uchun istiqbolli deb tanlaydi.

Yangilаndi: 08.09.2018 09:23
 

Klayd Tombo

E-mail Chop etish PDF

Klayd Tombo

Klayd Tombo 4-fevral, 1906-yilda AQSHning Illinoys shtatida, ijaraga yer olib dehqonchilik qiluvchi fermer oilasida tug‘ilgan. 12-yoshidan boshlab astronomiya bilan jiddiy qiziqib shug‘ullana boshlagan. o‘rta maktabni tugallagach, keyingi ta'limni olish uchun mablag‘i yetmaganligi bois, mustaqil shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. U o‘zining yasama teleskopida Oy va Marsning tasvirlarini olib, Louell rasadxonasiga yuborgan. Rasadxonadagi yuqori malakali astronomlarning hayratiga sabab bo‘lgan bu fototasvirlar, o‘zining aniqligi va sifati tufayli, Tombo ushbu nufuzli rasadxonaga ishga taklif etilgan. Aynan Louell rasadxonasida, 1930-yilning 18-fevral kuni, Klayd Tombo o‘zining eng olamshumul kashfiyoti - Pluton sayyorasini kashf qildi. Shuningdek u, Plutonni qidirish ishlari mobaynida, yangi kometa va yuzlab ilgari fanga noma'lum bo‘lgan asteroidlarni ham ochdi. Tombo 1932-yilda Kanzas universitetiga o‘qishga kirib, 1936-yilda bakalavr diplomiga ega bo‘ldi. U 1943-yilgacha Louell rasadxonasida ishladi. 1943-45 yillarda esa, Arizona kollejida, 1945-46 yillarda esa Kaliforniya universitetida dars berdi. 1946-yildan boshlab Las-Krus laboratoriyasida, 1955-yildan boshlab esa, Nyu-Meksiko universitetida ishladi. 1965-yilda Nyu-Meksiko universiteti professori, 1973-yildan esa faxriy professor unvonlariga ega bo‘ldi. Klayd Tombo Plutonni ochganligi uchun maxsus medal (Uilyam Gershel tasviri tushirilgan) va Buyuk Britaniya Qirollik ilmiy jamiyatining Astronomiya uyushmasi tomonidan maxsus oltin medal bilan taqdirlangan. Tombo 1934 yilda Patrisiya Edisonga uylangan va umrining oxirigacha o‘z oilasiga sodiq yashagan. U o‘zidan bir o‘g‘il, bir qiz qoldirgan. Klayd Tombo 1997 yilda Nyu-Meksiko shtatidagi, Las-Kruses shahrida olamdan ko‘z yumgan. Tomboga oid qiziq ma'lumot: o‘rta maktabni bitiruv oqshomida, sinfdoshlari u haqida dastxat-esdaliklar kitobiga «U yangi olamlarni kashf etadi» degan qaydni qoldirishgan ekan.

Yangilаndi: 10.09.2018 07:59
 

Stiven Xoking - inson irodasiga qo‘yilgan tirik haykal

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Stiven Xoking - inson irodasiga qo‘yilgan tirik haykal

1941-yilning ikkinchi yarmida minglab ingliz oilalari imkon qadar Oksford va Kembridjga ko‘chib o‘tishga intilishardi. Lekin bu intilish mazkur shaharlarning mashhur oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun emas, balki o‘z jonlarini omon saqlash, bolalarni ehtiyotlash maqsadini ko‘zlardi. Fashistlar Germaniyasi va Angliya hukumatlari o‘rtasidagi o‘ta kam sonli kelishuvlardan biriga ko‘ra, qarama-qarshi tomonlar, Angliyada Kembrij va Oksfordni, Germaniyada esa Geydelberg va Gyottingenni harbiy harakatlarda holi tutishga rozi bo‘lishgan. Otasi tropik kasalliklar bo‘yicha mutaxaassis vrach, onasi esa kotiba bo‘lib ishlagan Xokinglar oilasi ham, 1941-yilda London osmonida Lyuftvaffe bombardimonchilari muntazam paydo bo‘la boshlagach, poytaxatni tashlab, vaqtincha Oksfordga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishdi. Taqdirning shunday taqozosi bilan, biz ushbu maqola orqali tanishtirmoqchi bo‘lgan olim, zamonamizning eng nufuzli nazariyotchi fiziklaridan bo‘lmish Stiven Xoking 1942-yilning 8-yanvarida, Oksfordda dunyoga keldi. U o‘zining tavalludini, zamonaviy fizika fanining otasi bo‘lmish Galileyning vafotidan roppa-rosa 300 yil o‘tib yuz berganiga hech qanday ramziy ma'no bermaydi. O‘zining ta'biri bilan aytganda, «axair aynan shu kuni yana ikki yuz mingga yaqin boshqa chaqaloqlar ham tug‘ilgan edi».

Yangilаndi: 10.09.2018 08:05
 

David Gilbert - haqiqiy parishonxotir olim

E-mail Chop etish PDF

David Gilbert - haqiqiy parishonxotir olim

 

Biz bilishimiz lozim va bilib olamiz ham!

David Gilbert.

 

David Gilbert 1862-yilning 23-yanvar sanasida Sharqiy Prussiya davlati poytaxti Kyoningsbergda (hozirda Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad shahri) tavallud topgan. Gilbertning otasi ushbu shahar mahkamasida sudya bo‘lib ishlagan. Oilaviy muhitning ilmiy faoliyatga rag‘bat beradigan darajada bo‘lganidan, Gilbertlar oilasining hamma a'zolari ziyoli insonlar bo‘lib yetishishgan. Xususan uning onasi ham falsafa, astronomiya hamda matematikani juda yaxshi biluvchi olima ayol bo'lgan.

18 yoshida o‘rta maktabni tugatgan David Gilbert Kyoningsberg universitetiga o‘qishga kiradi. Ushbu oliy ma'hadda Gilbert matematika yo‘nalishida tahsil olgan. Gilbertning ustozlar borasida omadi kelgan edi. Unga ustozlik qilgan insonlar o‘z davrining eng kuchli matematik olimlari bo‘lib, xususan Genrix Veber va Ferdinand Lindemanlarni alohida ko‘rsatish mumkin. Talabalik yillarida David Gilbert invariantlar nazariyasini tadqiq qila boshlaydi va bu borada ilmiy bahs olib borishga tayyor bo'lgan boshqa bir kuchli matematik - German Minkovskiy bilan yaqindan tanishadi. Minkovskiy va Gilbert keyinchalik, bir umrga qalin do‘st bo‘lib qolishgan. Aynan Minkovskiy orqali Gilbert, Ernst Kummer, Leopold Kroneker, Karl Vayershtrass, hamda Felkis Klyayn kabi o‘sha zamonning eng yetuk matematik mutaxassislari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatadi. Gilbertning kasbiy faoliyatiga eng katta ta'sir ko‘rsatgan matematik aynan Feliks Klyayan bo‘lib, u bilan David 1885 yilda Leyptsigda amaliyot o‘tash paytida tanishgan edi. 1892-yilda Gilbertni Kyoningsberg universitetining matematika kafedrasida privat-dostesnt lavozimiga ishga tayinlanadi. Bu lavozim unga nafaqat moddiy tarafdan to‘kinchilikni, balki, nufuzli ilmiy doiralardan eng kuchli olim va mutaxassislar bilan muntazam kasbiy aloqalar o‘rnatish imkonini ham berdi. Gilbert ishga joylashgach, oila qurishga qaror qiladi va Keyte Yerosh ismli ayolga uylanadi. Ko‘pchilik Gilbertning xotinini XIX-asr Olmoniyasining mashhur avangard rassomi bo'lgan Keyt Kolvits bilan adashtirib yuborishadi. Ta'kidlash joizki, Keyt Kolvits ijodini Gilbert yoshligidanoq qattiq hurmat qilgan va uni kerakli o‘rinlarda himoya qilgan ersa-da, harholda u bilan faqat do‘stona munosabat yuritgan. Gilbertning xotini Keytni esa, tasviriy san'atga umuman aloqasi bo‘lmagan.

Yangilаndi: 10.09.2018 08:32
 

Albert Eynshteyndan iqtiboslar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Albert Eynshteyndan iqtiboslar

 

Albert Eynshteyn o‘zining teran, chuqur ma'noli iqtiboslari bilan nafaqat ilm-fan, balki umuman jahon ijtimoiy-madaniy tarixda ham o‘ziga xos yorqin iz qoldirgan. Unga tegishli qanotli iboralar ba'zan kishini o‘ylashga, fikrlashga majbur qilisa, boshqa safar quvnoqlik, xushnudlik bag‘ishlaydi. Quyida jahon fiziklarning dohiysi tilidan saralangan eng mashhur va ma'nodor iqtoboslarni havola etamiz.

Agar hayotda baxtli yashab o‘tishni istasang, uni muayyan odamlar yoki buyumlarga emas, biror ulkan maqsad sari bag‘ishla.

* * *

Men ikkita jahon urushi boshdan kechirganim va ikki marta uylanganimni e'tiborga olsak, hozirda yomon yashayotganim yo‘q...

* * *

Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.

Yangilаndi: 10.09.2018 08:41
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota oz oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni oglim tili chiqib, birinchi sozini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 778
O'qilgan sahifalar soni : 3395250

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!