Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya
Astronomiya bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Xabbl qonunining mazmuni qanday?

E-mail Chop etish PDF

Xabbl qonuning mazmuni qanday?

Edvin Xabbl Andromeda galaktikasi fotosurati bilan. ©AP Archive.

Xabbl qonuni bizdan olisdagi galaktikalarning uzoqlashish tezligi hamda ulargacha bo'lgan masofa orasidagi chiziqli munosabatni ifodalaydi. Unga muvofiq, bizdan ikki barobar olis masofada joylashgan galaktika, bizdan ikki xissa kattaroq tezlik bilan uzoqlashayotgan bo'ladi.

Ushbu qonuni XX asrning 20-yillarida, o‘sha paytda unchalik ham aniq bo‘lmagan va miqdoran kam sonli o‘lchashlar asosida, AQSHlik astronom Edvin Xabbl tomonidan shakllantirilgan edi. Galaktikalargacha bo'lgan masofani undagi nisbatan yorqin yulduzlarning yarqiroqligiga ko‘ra baholash va baholash natijalarini avvaldan ma'lum bo'lgan boshqa galaktikalarning tezliklari bilan qiyoslash orqali, Xabbl ushbu tezliklar orasidagi chiziqli munosabatni aniqladi. Lekin bunda tezlik va masofa orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi proporsionallik koeffitsiyenti, masofani chamalashdagi tizimli ravishda yo‘ qo‘yilgan xatolik tufayli, anchayin past ko‘rsatkich bilan aniqlangan edi. Xabbl nisbatidagi proporsionallik koeffitsiyentini Xabbl doimiysi deb atash urfga kirgan. Xabbl doimiysiga aniqlik kiritish hozirda ham davom etmoqda. Bugungi davrdagi ushbu doimiynining nisbatan katta aniqlik bilan belgilangan qiymati har bir megaparsekka (Mpk) 70 km/soniyani tashkil qiladi. (1 Mpk taxminan 3 million yorug'lik yiliga teng). Masalan biror galaktika bizdan aytaylik 100 Mpk masofada joylashgan bo‘lsa, demak u bizdan taxminan 70?100=7000 km/soniya tezlik bilan uzoqlashmoqda ekan deb xulosa qilinadi.

Yangilаndi: 26.02.2018 10:50
 

Yangi Gorizontlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Yangi Gorizontlar

«Yangi gorizontlar» - (inglizcha: New Horizons) - NASA tomonidan, «Yangi sarhadlar» dasturi doirasida, 2006-yilning 19-yanvar kuni AQSHning Kanaveral kosmodromidan «Atlas-5» 551 raketa-eltuvchisi yordamida koinotga uchirilgan sayyoralararo avtomatik kosmik zond. Start vaqtidagi vazni 478 kg. Loyiha qiymati 650 million AQSH dollari. Apparat va uning bort asbob uskunalari, 11 kg plutoniy-238 radioaktiv termoelektr generatoridan quvvat oladi. o‘lchamlari 2,2×2,7×3,2 metr. «Yangi gorizontlar»ning ishlash muddati 15-17 yilgacha bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Apparat, Pluton atmosferasi va sirt yuzasi tuzilishini tadqiq qiluvchi ultrabinafsha spektrometr, oddiy va infraqizil diapazonlarda ishlovchi yuqori aniqlikdagi yirik planli yoyilma fotokamera, Quyosh shamoli zarrachalarining parametrlarini o‘rganuvchi SWAP apparati, energetik zarrachalar spektrometri, Koyper belbog‘idagi chang zarrachalarini o‘rganish uchun chang detektori, hamda radiospektrometr kabi uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, «Yangi gorizontlar» bortiga, Plutonni kashf qilgan astronom Klayd Tomboning xoki, hamda NASA o‘tkazgan maxsus «Plutonga ismingni yubor»dasturi doirasida 434738 kishining ismi yozilgan disk joylashtirilgan. Yer bilan aloqa esa, ko‘plab antennalar va kuchaytirgichlar tizimi orqali ta'minlanadi. «Yangi gorizontlar»ning axborot uzatish tezligi 4.75 Km/soniya (Yupiter hududida), Plutonga yetib borishda bu tezlik 96 bayt/soniyaga tenglashishi kerak.

Ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar erasi boshlanganidan buyon, Yerdan eng katta tezlik bilan uchib chiqqan kosmik zond hisoblanadi. U start vaqtida 16.21 km/soniya tezlik bilan Yerni tark etgan. Biroq hozirda apparatning uchish tezligi 14.95 km/soniyani tashkil qiladi va bu, 70-yillar oxirida uchirilgan «Voyajer-1»ning tezligidan (17.055 km/soniya) past ko‘rsatkichdir (Voyajer-1 Saturn bilan bajarilgan gravitatsion manyovr evaziga qo‘shimcha tezlanish olgan).

Yangilаndi: 26.02.2018 10:41
 

XABBL KOSMIK TELESKOPI: Koinot qa'ridagi hayot izlarini topish yo‘lidan bormoqda

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

XABBL KOSMIK TELESKOPI:

Koinot qa'ridagi hayot izlarini topish yo‘lidan bormoqda

 

Koinot mo‘jizalarga boy. Shu bois ham insoniyat yaralgandan buyon uning sir-sinoatidan boxabar bo‘lishga intiladi. Ming yillardan buyon osmon, undagi yulduz va sayyoralarning joylashgan o‘rni, ularga qarab yo‘nalishlarni aniqlash butun boshli fan sifatida olimu donishmandlarni, balki oddiy fuqarolarni ham o‘ziga jalb qilib keladi. Har bir davrning rivojlangan ilm-fani esa ushbu jumboqlarning yechimiga birin-ketin javob topmoqda. Kosmik kemalar, Yerning sun'iy yo‘ldoshlari koinot sari uchirilgan, axborot texnologiyalari jadal taraqqiy yetgan XX-asrda esa olimu mutaxassislar yana bir olamshumul kashfiyot - Xabbl kosmik teleskopini insoniyatga taqdim etdi.

Yangilаndi: 15.01.2018 21:57
 

Edvin Oldrin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

kichik Edvin Yujin Bazz Oldrin

Edvin Oldrin

kichik Edvin «Bazz» Yujin Oldrin (inglizcha: Edwin Eugene Aldrin, Jr) 1930-yilning 20- yanvarida AQSHning Nyu-Jersi shtati, Glen-Ridj sharida tug‘ilgan. AQSH aviatsiya muhandisi, NASA astronavti, AQSH harbiy havo kuchlari iste'fodagi polkovnigi, Fan Doktori. Insoniyat tarixida ilk marotaba Oyga parvoz qilgan «Apollon-11» fazo kemasi ekipaji a'zosi. «Apollon-11»ning Oy moduli - «Burgut»ning uchuvchisi. Oyga qo‘nishni amalga oshirgan ilk fazogir, ekipaj komandiri Nil Armstrongdan keyin, Oyga qadam bosgan ikkinchi inson.

1946-yilda, Monkler sharidagi o‘rta maktabni tamomlagach, Vest-Poyntdagi AQSH harbiy akademiyasiga o‘qishga kirgan. 1951-yilda mazkur akademiyani muvaffaqiyatli tamomlab, harbiy texnika fanlari bakalavri diplomini qo‘lga kiritgan. Shu yili AQSH harbiy havo kuchlariga xizmatga chaqirilib, 1953-yilda, Koreya urushiga safarbar etilgan. Koreys urushidan keyin, Edvin Oldrin, Alabamadagi Maksvell aviatsiya universitetida ofitserlik maktabini o‘tadi va bir qator harbiy bilim yurtlarida, havo janglari bo‘yicha dars berdi. Edvin Oldrin, 1963-yilga kelib, Massachusets texnologiya universitetida, orbitadagi kosmik apparatlarning tutashtirilishini boshqarishga bag‘ishlangan mavzuda doktorlik dissertatsiyani yoqladi va Fan Doktori unvoniga ega bo‘ldi.

Yangilаndi: 07.03.2018 13:27
 

Nil Armstrong

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Nil Olden Armstrong

Nil Armstrong

Nil Oldin Armstrong (inglizcha: Neil Alden Armstrong) 1930 yilning 5 avgustida AQSHning Ogayo shtati, Ualakoneta shahrida tug‘ilgan. AQSH astronavti, insoniyat tarixida Oyga qadam qo‘ygan birinchi inson, sinovchi-uchuvchi, kosmik muhandis. Ualakoneta shahridagi o‘rta maktabni 1947 yilda tamomlagach, shu yilning o‘zida, Indiana shtati, Vest-Lafayet sharidagi Perdyu universitetining aviatsiya sanoati yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. Universitetdagi o‘qishni, oraliq tanaffuslar bilan, 1955 yilgacha davom ettirgan va yakunda, 1955 yili, aviatsiya texnikasi fanlari bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, u harbiy xizmatga chaqirilgan va AQSH harbiy havo kuchlari tarkibida, Koreys urushida qatnashgan. Koreys urushidan ikkita oltin yulduz va «Aviatsiya» medali bilan qaytgach, 1958 yilda, tajribaviy kosmik apparati - American X-15 da uchish uchun tanlov bo‘yicha, sinovchi-uchuvchilar safiga kiritildi. Ushbu turkumdagi raketalardagi ilk parvozini 1960 yilda amalga oshirgan Armstrong, 1962 yilga qadar 7 marta, atmosferaning yuqori qatlamlariga raketa parvozlarini amalga oshirdi. 1962 yilda, raketalardagi uchishlarning muvaffaqiyatsiz loyiha ekanligini ta'kidlagan holda loyihani tark etdi va NASAning koinotga uchish uchun olib borayotgan fazogirlar tanloviga ishtirok etish uchun hujjat topshirdi. Shu yili Armstrongni, kosmik parvozlar uchun tayyorlanuvchi kosmonavtlar ro‘yxatining 2-guruhiga qabul qilishdi. Nil Armstrong NASAdagi ilk kosmik parvozini, 1966 yilida, «Ajena-8»fazoviy kemasida amalga oshirdi. Biroq, parvoz, fazo kemasining yo‘nalish belgilovchi tizimlarida kelib chiqqan jiddiy nosozliklar tufayli, ekipaj muddatidan avval yakunlanib, yerga qaytishga majbur bo‘lgan. Ushbu parvoz davomida, Armstrong fazo kemasi kapitani bo‘lib, ikkinchi uchuvchi - Devid Skott bilan birgalikda, ilk bora ikkita fazo kemalari - «Ajena-8» hamda, uchuvchisiz «Jemini» apparatlarining o‘zaro tutashtirish operatsiyasini amalga oshirishgan edi.

Yangilаndi: 04.01.2018 11:58
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 2 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 788
O'qilgan sahifalar soni : 3185445

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov