Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya
Astronomiya bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Luna-1

E-mail Chop etish PDF

Luna-1

«Luna-1» - Sobiq ittifoq tomonidan ishlab chiqilgan va Oy hamda koinotni tadqiq etish uchun mo‘ljallangan fazoviy apparat. 1959- yilning 2-yanvar kuni, Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, «Vostok-L» raketa-eltuvchisi yordamida uchirilgan. Maqsadi Oy sirtiga qo‘nish va u joyga SSSR tamg‘asini joylashtirish bo‘lgan. Biroq, loyihalash davomida nazardan chetda qoldirilgan ayrim xatoliklar[1] evaziga, «Luna-1»Oyga qo‘na olmadi, aksincha, u, Oy sirtidan 6000 km masofadan o‘tib ketdi va geliotsentrik orbitaga chiqib ketdi. Shunday bo‘lsa ham, «Luna-1»ning parvozini butunlay muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi. Sababi u, eng avvalo, inson qo‘li bilan yasalgan mexanik apparatlar ichida birinchi bo‘lib, ikkinchi kosmik tezlikka erishgan, hamda Quyoshning ilk sun'iy yo‘ldoshiga aylangan dastlabkifazoviy apparat bo‘lgan.

Yangilаndi: 12.09.2018 13:11
 

Oy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Oy

Oy - Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi. Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida kattaligi bo‘yicha 5 o‘rinda turadi. Yerdagi kuzatuvchi uchun Oyning ko‘rinadigan yulduz kattaligi −12,71m, ya'ni Oy, ravshanligi bo‘yicha Quyoshdan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi osmon jismidir. Oyning yerni yoritish ko‘rsatkichi 0,25 - 1 lyuksni tashkil qiladi. Oy Yerdan tashqaridagi inson qadami yetgan yagona astronomik obyektdir.
Oyda atmosfera deyarli yo‘q. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan tarafidagi yuza qismida, gazlar miqdori 2,0·105 zarracha/m3 dan ortmaydi. Quyosh chiqib, sirtni qizdira boshlagach, Oy guruntining qizishi natijasida undan gazlarning ajralib chiqishi sodir bo‘ladi va zarrachalar miqdori biroz ko‘payadi. Atmosferaning mavjud emasligi, Oy sirtida keskin haroratlar farqiga sabab bo‘ladi va u kunduzi +120 °C gacha isiydi. Kechasi esa −170 °C gacha tushib ketadi.
Oy sirti esa, fanda Regolit deb yuritiladigan jismlar - yupqa chang qatlami va meteorit zarbalari natijasida hosil bo‘ladigan tog‘ jinslari parchalarining aralashmalaridan iborat bo‘lgan moddadan iborat. Regolit qalinligi bir necha santimetrlarda, o‘nlab metrlargacha bo‘lishi mumkin. Oyning ichki tuzilishi esa, taxminan 68 - 107 km qalinlikdagi qobiq (yoki po‘stloq), tashqi va o‘rta mantiya, quyi mantiya (atenosfera), hamda, yadrodan iborat.
Oyda magnit maydoni mavjud emas.
Oydan turib Yerning ko‘rinishi, Yerdan Oyning ko‘rinishiga nisbatan, 13.5 marta kattaroq ko‘rinadi. Yerdan qaytgan nurlarning Oyni yoritish darajasi esa Oydan qaytgan nurlardan Yerning yoritilganligidan deyarli 50 marta kuchli bo‘lib, Yerning Oydan ko‘rinadigan Yulduz kattaligi −16m ni tashkil qiladi. Oy, Quyoshdan kelayotgan yorug‘likning atiga 7% ni qaytaradi (akslantiradi xolos).
Atmosfera yo‘qligi sababli, hatto Quyosh gorizontdan balandda bo‘lgan ya'ni, Oydagi kunduz vaqtida ham, osmon qorong‘u bo‘ladi. Oy kunduzida ham yulduzlar va boshqa sayyoralarni kuzatish mumkin.

Yangilаndi: 12.09.2018 13:13
 

Neptunning tabiiy yo'ldoshlari

E-mail Chop etish PDF

Neptunning tabiiy yo‘ldoshlari

Neptunda ham ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimi hamda juda ingichka va xira halqalar mavjudligi, Voyajer-2 tomonidan olingan tasvirlar orqali aniqlandi. Neptun halqasi asosan silikatlar bilan qoplangan uglerodli materiallardan tashkil topgan muzlagan mayda jismlardan iborat. Hozirgacha Neptunning 5 ta halqasi aniqlangan.

Tabiiy yo‘ldoshlarning eng kattasi - Tritonni, Neptunning o‘zi kashf etilishidan 17 kun o‘tib, Uilyam Lasselning o‘zi ochgan. Triton nomini Kamil Flammarion 1880- yilda fanga tavsiya etgan edi. Biroq, Neptunning 2-yo‘ldoshi Nerida ochilguniga qadar Triton nomi rasmiy qo‘llanilmay, u faqat «Neptun yo‘ldoshi» sifatida yuritilgan. Triton, quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan uchta tabiiy yo‘ldoshdan biridir (Io va Titan bilan birgalikda). U ham teskari yo‘nalishda va spiralsimon orbita bo‘ylab aylanadi. Olimlarning fikricha aslida Triton Neptunning haqiqiy tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmay, balki uzoq o‘tmishda Neptun tomonidan «tutib olingan» bo‘lishi ham mumkin ekan. Neptunning ikkinchi yo‘ldoshi Nereida 1949-yilda golland olimi Jerard Koyper tomonidan kashf etilgan. Keyingi yo‘ldoshlarni esa 1989-yilda Neptunga Voyajer-2 ning tashrifidan keyin aniqlandi. 2002-2003 yillar davomida Neptunning yana 5 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi qayd etildi. Sakkizinchi sayyoraning hozircha oxirgi - 14-chi tabiiy yo‘ldoshi 2013-yilda aniqlangan bo‘lib, unga hali nom berilganicha yo‘q (vaqtinchalik nomi - S/2004 N 1).

Yangilаndi: 12.09.2018 13:20
 

Voyajer-1, Geliosferani tark etib...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Voyajer-1

Amaldagi maqsadi Quyosh tizimi va uning tevarak chegaralarini o‘rganishga mo‘ljallangan avtomatik fazoviy zond. AQSH tomonidan 1977 yilning 5-sentyabrida, Kanaveral kosmodromidan «Titan IIIE» raketa eltuvchisi yordamida orbitaga chiqarilgan. Start vaqtidagi vazni 723 kg. Ta'minot manbai sifatida plutoniy-238 asosida ishlovchi, 3 ta radioizotopli termoelektr generatori qo‘llanilgan. Dastlabki vaqtda, «Voyajer-1»ning asosiy vazifasi, gigant sayyoralar - Yupiter va Saturnni tadqiq qilish sifatida belgilangan bo‘lib, ishchi rejim muddati 5 yil baholangan edi. «Voyajer-1» dastlabki manzil - Yupiter tevaragiga 1979 yilning 1 yanvar kuni yetib bordi va ushbu gigant sayyora yuzasini, uning tabiiy yo‘ldoshlarini fotosuratini yerga yubordi. Ko‘zlangan ikkinchi manzil - Saturnga esa apparat 1980-yilning 13 noyabr kuni yetib bordi. «Voyajer-1» Yupiter va Saturnning mufassal fotokadrlarini olgan eng birinchi kosmik apparatdir. Shuningdek «Voyajer-1» yordamida, ushbu gigant sayyoralarning ilgari fanga ma'lum bo‘lmagan bir necha tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. «Voyajer-1» belgilangan vazifalarni to‘liq bajarib bo‘lgach, o‘zining ish qobiliyatini 100% saqlab qoldi va un iQuyosh tizimining chetki qismlarini o‘rganish maqsadida, geliosfera chegarasiga yo‘naltirilidi. 1998-yilning 17-fevral kuni «Voyajer-1», o‘sha vaqtgacha, Quyoshdan eng uzoq masofaga yetib borgan fazoviy apparat - «Pioner-10» kosmik zondini quvib o‘tdi va inson tomonidan yaratilgan fazoviy apparatlar ichida Quyoshdan eng olis masofaga uzoqlashgan kosmik apparatga aylandi. «Voyajer-1»ning keyingi maqsadi, Koyper belbog‘i hududini tadqiq qilish va geliopauza chegarasiga yetib borish va u haqidagi axborotlarni yerga uzatish sifatida belgilandi. «Voyajer-1» bu vazifani ham uddalab, keyin geliosferani tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketsa, u yulduzlararo fazo muhiti haqida ma'lumot uzatgan dastlabki apparatga aylanishi ko‘zda tutilgan edi.

Yangilаndi: 05.09.2018 10:30
 

Neptun

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Neptun

 

Neptun - Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha sakkizinchi, massasi bo‘yicha uchinchi (17.2 Yer massasi), diametri bo‘yicha esato‘rtinchi (3.9 Yer diametri)o‘rinda turuvchi sayyora. 2006- yildan e'tiboran, Quyosh tizimining eng olis sayyorasi hisoblanmoqda. U noodatiy tarzda kashf etilgan. Galileyning qo‘lyozmalaridagi tasvirlarga qaraganda, Neptunni birinchi bo‘lib aynan Galileo Galiley kuzatgan bo‘lishi ehtimoli katta. Lekin u neptunni sayyora ekanligini xayoliga ham keltirmagan, aksincha uni, Yupiter ortidagi qo‘zg‘almas yulduzlardan biri deb o‘ylagan. Galiley kuzatishlar olib borgan 1612 yilning dekabrida, Neptun orqaga tisarilgandek harakat boshlagan, bunday harakat, Yerning o‘z orbital harakati natijasida tashqi sayyoralarni quvib o‘tganida kuzatiladi. Lekin, uning harakati Galileyning kuchsiz teleskopi seza olishi uchun yetarli darajada bo‘lmagan. Shu tufayli Galiley Neptunni ochgan ilk olim deb hisoblanmaydi.

Oradan 169 yil vaqt o‘tib Uilyam Gershel Uran sayyorasini kashf qildi. 1821-yilda esa Aleksis Buvar Uranning orbital harakati jadvallarini ishlab chiqdi va chop ettirdi. Buvar jadvallari Yevropa astronomlari orasida keng tarqaldi. Astronomik kuzatuvlarda ulardan foydalanish ko‘lami ortdi. Biroq, ko‘p o‘tmay Buvar jadvallariga nisbatan shubha paydo bo‘la boshladi. Uran Buvar hisoblagan trayektoriyadan og‘ib, anomal harakat qilayotganligi aniqlandi. Xususan ingliz astronomi T.Xassi o‘zining kuzatishlarida Uranning belgilangan orbitadan og‘ayotganini aniq hisoblab chiqardi. Xassi 1834-yilda Parijda, Buvar rasadxonasida mehmon bo‘ldi va Uran orbitasidagi anomaliyalarni muhokama qildi. Buvar Xassining mazkur anomaliyalarni Urandan ham keyinroqda joylashgan sakkizinchi sayyoraning gravitatsion ta'siri natijasi bo‘lsa kerak degan farazini qabul qildi va jadvallarni, anomal o‘zgarishlar asosida muvofiqlashtirib chiqdi. Bu vaqtlarda Neptunni ko‘ra oladigan kuchli teleskoplar mavjud bo‘lmagan. Shuning uchun Neptun harakati qonuniyatlarini va uning fizik parametrlarini Uranga qilayotgan gravitatsion ta'siri qiymatlaridan kelib chiqib, toza matematik yo‘l bilan hisob-kitob qilish zarur edi. Bunday favqulodda mushkul matematik masalani Buvar va Xassi ilgari surgan sakkizinchi sayyora haqidagi g‘oya paydo bo‘lgach, oradan 9 yil o‘tib, 1843 yilda ingliz astronomi Jon Kuch Adams, va farang astronomi U. Leverye bir-biridan mustaqil ravishda hal qilishdi. Ular Uran orbitasi anomaliyalari asosida sakkizinchi sayyoraning fazodagi taxminiy joylashuv nuqtasini sof matematik usulda hisoblab chiqarishdi.

Yangilаndi: 12.09.2018 13:22
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 3 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 778
O'qilgan sahifalar soni : 3395231

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!