Mendeleyeviy
Menedeleyeviy – yettinchi davrning uchinchi guruhiga mansub element. Atom raqami 101. Formulasi Md. Aktinoidlar oilasiga mansub.
Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.
Mendeleyeviyning dastlabki atomlarini 1955-yilda olimlar Albert Giorso, Bernard Xarvi, Gregori Choppin, Stenli Tompson va Glen Siborg tomonidan Berkli laboratoriyasida 253Es izotopi yadrosini α-zarralar bilan nurlatish yo‘li bilan sintez qilingan. O‘shanda AQShlik ushbu ilmiy guruh mendeleyeviyning atigi 17 dona atomini hosil qilishga muvaffaq bo‘lgan edi. Keyinroq, 1962-yilda Dubna yadroviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan 238U izotopini nurlatish usuli bilan mendeleyeviyning yuzga yaqin atomi hosil qilingan. Elementga uni kashf qilgan AQSh olimlari tomonidan, davriy jadvalning muallifi Dmitriy Ivanovich Mendeleyevning nomi berilgan.