Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Matematika
Matematika bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Kox qorparchasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kox qorparchasi

Kox qorparchasi - matematika yonalishida ta'lim olayotgan talabalar duch keladigan eng birinchi fraktal obyektlardan biri boladi. Shuningdek, Kox qorparchasi matematika tarixida ham, eng birinchi bolib ortaga tashlangan fraktallardan biri sanaladi. Ushbu ajoyib va chiroyli, shu bilan birga, murakkab geometrik shakl tasviri ilmiy manbalarda 1904-yilda e'lon qilingan, Oddiy geometrik yasashlar vositasida olingan urinmalarsiz uzluksiz egri chiziq haqida deb nomlangan maqola orqali paydo bolgan edi. Muallif - shved matematigi Nils Fabian Xelge fon Kox (1870-1924). Shunisi qiziqki, Kox qorparchasining yasash jarayoni uchburchak chizishdan emas, balki, togri chiziqdan, aniqrogi, kesmadan boshlanadi.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:27
 

Torichelli quvuri

E-mail Chop etish PDF

Torichelli quvuri

Tasavvur qiling, sizga ma'lum bir hajmga ega idishda boyoq berib, u bilan cheksiz yuzani boyashni taklif etishmoqda. Siz nima qilgan bolardingiz? Albatta bu ilojsiz narsa ekanini aytib, taklifni rad etishingiz ehtimoli koproq, togrimi?

Biroq, matematikada shunday bir nazariy obyekt borki, u Torichelli quvuri deb nomlanadi. Torichelli quvuri - sur korinishidagi fazoviy jism bolib, u f(x)=1/x funksiyaning x 1,?) dagiholatida x oqi atrofida aylanishidan hosil boladi. Matematik analizga oid standart uslublarni qollash orqali amalga oshirilgan tahlillar shuni korsatmoqdaki, Torichelli quvuri - aynan shunday galati obyektlardan biridir. Ya'ni u hajmi chegaralangan va lekin, yuzasi cheksiz obyektdir.

Yangilаndi: 27.08.2018 09:41
 

Me'yoriy son

E-mail Chop etish PDF

Me'yoriy son

? soni singari sonlarda verguldan keyin keladigan cheksiz raqamlar ketma-ketligidan muayyan davriylik qonuniyatlarini qidirish matematiklar uchun eski ermaklardan biri hisoblanadi. Matematiklar ? soni bu - me'yoriy son deb taxmin qiladilar. Ya'ni, bunda davriylikning istalgan tugal ketma-ketligi, mutlaq tasodifiy ketma-ketlik uchun qanday ehtimollik kutilgan bolsa, xuddi shunday ehtimollik bilan takrorlanadi. XX-asrning eng mashhur fantast-yozuvchilaridan biri Karl Sagan qalamiga mansub Kontakt romanida, Koinotdan kelgan ongli mavjudotlar doira tasvirini aynan ? sonidagi davriy ketma-ketlik tarzida kodlab ifodalashadi. Bu - geometrik shakllarni raqamlar vositasida chizish borasidagi eng oddiy va mashhur misollardan biridir. Bunday me'yoriy sonlar borasida shuningdek ayrim falsafiy-teologik mulohazalar ham yuzaga kelganki, ular oddiy kitobxonlarni ham va mutaxassislarni ham birdek qiziqtiradi va oyga toldiradi. Bunday mulohazalarda ularni yoqlovchilar tomonidan, ? soni kabi fizik konstantalarda insoniyat uchun yuborilgan qandaydir ilohiy mujdalar yashiringan emish.

Yangilаndi: 27.08.2018 10:00
 

E-mail Chop etish PDF

Chasar kopyogi

Kopyoqlar, yoki, poliedrlar bu - qirralari orqali ozaro biriktirilgan kopburchaklardan tashkil topgan uch olchamli jismlar boladi. Bir yogidagi juft uchlarini qaralganda, ular ozaro umumiy qirra bilan tutashadigan bolib chiqadigan poliedrlar mavjudmi va ular necha xil? Albatta, bunday poliedrlar mavjud. Lekin ular atiga ikki xil (ikkita) xolos. Yoqlari uchburchaklardan tashkil topgan piramida - tetraedrni odamlar qadimdan yaxshi bilishadi. Tetraedrning istalgan ikkita uchini qarasangiz, ularni umumiy qirra tutashtirib turgan boladi. Ya'ni, uning diagonallari bolmaydi. e'tibor bering, tetraedrning oltita qirrasi, tortta uchi va tortta yogi boladi.

Yangilаndi: 28.08.2018 08:25
 

?2 kriteriysi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

?2 kriteriysi

Ba'zan olimlar shunday muammo bilan toqnash kelishadi: nazariyani shakllantirish vaqtida hisob-kitob qilingan va kutilgan ehtimoliy natijalar, amaliy tajriba-kuzatuvlardagi qayd etilgan real holat bilan mos kelmaydi. Masalan, gardkam toshlarini ketma-ket tashlayvergan bilan, ehtimollar nazariyasidan kelib chiqqan hisob-kitoblardagi ehtimollik qayd etilmasligi mumkin. Ya'ni, tushayotgan toshlar bilan kutilgan natija orasidagi farq juda katta bolib ketadi. Bunda turli xil taxminlar ilgari surila boshlaydi. Masalan, kimdir, osha gardkam toshlarining nosimmetrik ekanini aytsa, yana boshqa odamning miyasiga, toshlarning ogirlik markazi notogri ekani haqidagi fikr keladi.

Yangilаndi: 28.08.2018 08:42
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 4 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bogliq bolmasa, u matematika,

agar bogliq bolsa u - buxgalteriya...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3594403

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)