Neyl yarim kubik parabolasining yoy uzunligi
Matematika tarixida notrivial algebraik egri chiziqning yoy uzunligini aniqlagan ilk olim Angliyalik Uilyam Neyl (1637-1670) bo‘ladi. Uilyam Neyl 1657-yilda yarim kubik parabola deb nomlanadigan va y2=ax3 tenglama orqali ifodalanadigan egri chiziq uchun yoy uzunligini hisoblashning uddasidan chiqdi. Agar tenglamani y=±bx3/2 tarzida shakl almashtirishga keltirilsa, nima sababdan egri chiziqni yarim kubik deb nomlanishi oydinlashadi va "kubning yarmi" masalaga qayerdan aralashib qolayotganini payqash mumkin bo‘ladi. Neylning ushbu yo‘nalishda qayd etgan natijalari haqida yana bir yetuk matematik - Jon Vallis (1616-1703) tomonidan 1659-yilda e'lon qilingan "Sikloida haqida" nomli asarda alohida to‘xtalib o‘tilgan va butun dunyo ilmiy jamoatchiligiga ma'lumot yetkazilgan. Qizig‘i shundaki, Neylning mazkur ishigacha matematikada faqat logarifmik spiral va sikloida singari transendent egri chiziqlarning yoy uzunligini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan xolos edi.