Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Aldamchi kimyo

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Aldamchi kimyo

Kimyo fanida ba’zan qiziq va murakkab, uzundan-uzoq atamalar, terminlar va nomlar uchrab turadi. O‘zi aniq fan bo‘lgani uchun, biz kimyoga oid terminlar ham doim aniq va lo‘nda bo‘lishi kerak degan qarashga egamiz. Lekin, ushbu fanga oid shunday g‘alati, ta’bir joiz bo‘lsa, «aldamchi» terminlar ham mavjud bo‘lib, ularga duch kelganda, nafaqat fandan yiroq bo‘lgan diletantlar, balki, soha mutaxassislarining o‘zlari ham yanglishib, adashib qolishlari hech gap emas. Shu sababli ham, bunday terminlar va nomlarni «aldamchilar» deyilsa, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Ushbu maqolada xususan bir necha «aldamchi minerallar» haqida hikoya qilmoqchimiz. Gap shundaki, ayrim minerallarning nomi haqiqatan ham kishini chalg‘itib, aldashi mumkin. Fanda «aldamchi» termini bejizga qo‘llanilmaydi. Masalan, «aldamchi rux», «aldamchi kadmiy» va ho kazolarni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bunday nomlar fanga o‘rta asrlardagi ruda qazuvchi konchilardan meros bo‘lib qolgan nomlar bo‘lib, ular o‘zlari uchun qimmatli deb o‘ylab, mashaqqat evaziga qazib olgan rudani aslida boshqa narsa bo‘lib chiqqani sababli shunday nom berishar edi. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Misol sifatida sfalerit (Zn,Fe) mineralini ko‘rsatish mumkin. Bu nom yunonchada sphallo - «chalaman», «chalg‘itaman» degan ma’nolarni beradi. Mineralogiyaga chuqur kirmagan odamni, hatto kimyogar mutaxassisni ham ba’zi mineral nomlari qattiq chalg‘itib qo‘yishi mumkin. Masalan, azoproit mineralida birorta ham azot atomi mavjud emas. U (Mg,FeII)2(FeIII,Ti,Mg)BO5 ko‘rinishdagi kimyoviy tarkibga ega bo‘lib, nomi esa, chuqur Yer qa’ri hududlarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro geologik assotsiatsiyaning fransuzcha nomlanishidan kelib chiqqan. Bu assotsiatsiyaning to‘liq nomi fransuzchada Association pour l'étude géologique des zones profondes de l'écorce terrestre bo‘lib, qisqartmasi AZOPRO deyiladi. Mineral ilk bora mazkur assotsiatsiyaning 1969-yilgi kongressi arafasida Baykal ko‘li bo‘yicha yo‘l ko‘rsatkichni tuzish ishlari paytida topilgan. Shu sababli, shunday nomga ega bo‘lib qolgan.

Shuningdek, odamlar sharafiga nomlangan minerallar ichida ham ko‘plab «aldamchilari» mavjud. Adamsit shulardan biridir. Birinchi jahon urushidan keyin, tarkibi C12H9AsClN bo‘lgan, zaharlovchi va qichishqoq paydo qiladigan adamsit moddasini ko‘pchilik yaxshi tanib olgan edi. Uni birinchi bo‘lib sintez qilgan amerikalik olim Rojer Adams (1889-1971) sharafiga shunday nomlangan. Albatta, bu adamsit tabiatda uchramaydi va tarkiban, natriy-ittriy qo‘shkarbonati bo‘lgan, formulasi NaY(CO3)2×6H2O tarzida ifodalanadigan adamsit minerali bilan hech qanday aloqadorlikka ega emas. Tabiatda uchraydigan ushbu adamsit mineralini esa 1859-1942 yillarda yashab o‘tgan Kanadalik geolog Frenk Douson Adams sharafiga nomlangan. Fosfatlar guruhiga mansub yana bir noyob mineral berlinit AlPO4 ham Berlin shahri bilan hech qanday aloqadorlikka ega emas. Uning asosiy konlari Shvetsiya hududida joylashgan bo‘lib, nomi esa, 1812-1891 yillarda yashab o‘tgan farmakolog Nils Iogann Berlin sharafiga qo‘yilgan.

FeIIISO4(OH)×2H2O kimyoviy formulasiga ega bo‘lgan va 1928-yilda kashf etilgan butlerit mineralini ko‘pchilik nomidanoq kimyogar olim Butlerov sharafiga nomlangan bo‘lsa kerak deb o‘ylaydi. Lekin bunday emas. Butleritni amerikalik geolog Karl Lausen topgan bo‘lib, nomni esa Arizona universitetida ishlagan ustozi Gerdon Montegyu Batler (1881-1961) sharafiga qo‘ygan. Qizig‘i shundaki, o‘sha yilning o‘zida Lausen yana bir, tarkiban juda o‘xshash, kimyoviy formulasi esa FeIII2(SO4)3×6H2O bo‘lgan  mineralni ham kashf etgan bo‘lib, unga esa, ustozi Batlerning o‘zining taklifi bilan, lausenit deb nom qo‘yilgan.

Vagnerit nomli mineral ham mashhur bastakor Vagner sharafiga emas, balki, konlarni tekshiruvchi inspektor bo‘lgan boshqa bir Vagner sharafga nomlangan. Visotskit minerali 1962-yilda geologiya instituti xodimlari tomonidan topilgan edi va unga mashhur qo‘shiqchi Vladimir Visotskiyning nomi berilgan deb o‘ylasangiz, yanglishgan bo‘lasiz. Visotskit Norilsk tog‘-konlarida ilk bora nikel rudalarini aniqlagan olim Nikolay Visotskiy sharafiga nomlangan.

Gibbs familiyasini kimyogarlar shubhasiz birinchi navbatda, kimyoviy termodinamika asoschilaridan biri, AQShlik olim Jozayya Uillard Gibbs (1839-1903) nomi bilan bog‘laydilar. Biroq, alyuminiy gidroksidi bo‘lgan mineral gibbsit Al(OH)3 – boshqa bir olim, mineralolog Jorj Gibbs (1776-1833) sharafiga nomlangan. Jorj Gibbs o‘z sayohatlari mobaynida 20000 dan ziyod mineral namunalarini yig‘ib kelgan va AQSh tarixidagi minerallarning eng birinchi yirik kolleksiyasiga asos solgan (keyinchalik, bu kolleksiya Yel universiteti tasarrufiga o‘tgan). Gibbsitning yana bir nomi gidrargillit bo‘ladi. Gollandit minerali asosan AQShda, Shvetsiya, va Hindistonda keng tarqalgan, lekin, u Gollandiyada uchramaydi. Mineral nomi Hindistonni geologik razvedka qilgan ingliz olimi ser Tomas Genri Holland (1868-1947) sharafiga nomlangan. Gollandit tarkibi Ba(MnIV,MnII)8O16 ko‘rinishida bo‘ladi.

Tarkiban Hg4(Br,Cl)2O bo‘lgan kadrelit mineralining ham Qodirov familiyali Checheniston rahbarlari bilan bog‘liq joyi yo‘q. Uni Tuva respublikasidagi kadirel konidan topilgani uchun shunday nomlangan. Nekrasovit minerali ham yozuvchi Nikolay Nekrasov bilan bog‘liqlik joyi yo‘q. Uni ilk bora 1984-yilda O‘zbekistonda topilgan bo‘lib, Fanlar Akademiyasi akademigi, mineralolog olim Ivan Nekrasov (1919-2000) sharafiga nomlangan.

Servantit va idalgoit minerallarining nomini ham bir qarashda ispan yozuvchisi Servantes va Don Kixot bilan bog‘liq bo‘lsa kerak deb o‘ylash mumkin. Lekin, bu nomlar Servantes va Idalgo nomli hudud nomidan kelib chiqqan. Parhez qiladigan odamlar va qand kasali borlar shakar o‘rniga iste’mol qiladigan moddani sorbit ham deyiladi. Kimyoviy formulasi C6H14O6 bo‘lgan ushbu olti atomli spirtning fandagi yana bir nomi glyutsit bo‘ladi. Lekin, umuman yeb bo‘lmaydigan yana bir sorbit nomli mineral ham mavjud bo‘lib, uning formulasi Pb9Cu(Sb,As)11S26 ifodalanadi. Sorbit minerali tarkibidagi beshta elementdan naq to‘rttasi zaharlidir. Bu mineralni ingliz petrografi Genri Klifton Sorbi (1826-1908) sharafiga nomlangan. Tenorit minerali Italiyaga xos klassik musiqa ijrosi bo‘lmish tenor janri bilan bog‘liq nomlangan deb o‘ylash ham noto‘g‘ri. Uni Neapol universiteti botanika professori bo‘lgan olim Mikele Tenore (1781-1861) sharafiga nomlagan. Kupfferit mineralining Mg7(Si4O11)2(OH)2 formulasidan ko‘rib turibsizki, unda na mis va na temir mavjud emas. U ham odam ismi bilan bog‘liq nom bo‘lib, 1799-1865 yillarda yashab o‘tgan Peterburglik olim Adolf Teodor Kupffer sharafiga nomlangan. PbFeIIVO4(OH) formulali mineralning nomi chexit bo‘ladi. U Chexiya davlati, yoki, chex millati sharafiga nomlanmagan. Aksincha, Praga universitetining mineralolog olimi bo‘lgan Frantishek Chex nomi bilan atalgan. Chexitni chexovichit minerali bilan adashtirmaslik kerak. Chexovichit mineralining kimyoviy formulasi (Bi,Pb,FeII)2Te4O11 ko‘rinishida bo‘lib, uning nomi Olmaotalik mineralolog Sergey Chexovich (1917-1997) nomiga qo‘yilgan. Childrenit mineralini ham nomini tabassum bilan o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Lekin, bu mineral bolalar bilan bog‘liq emas. Uni ingliz kimyogari Jon Jorj Children (1777-1852) familiyasi bilan nomlangan.

Poygachi Mixail Shumaxerning muxlislari Bi3O(VO4)2(OH) tarkibli mineralni shumaxerit deb nomlanishini eshitishsa, uni shubhasiz, Formula-1 poygalarining ko‘p yillik chempioni bo‘lgan ushbu Germaniyalik sportchi sharafiga qo‘yilgan nom deb o‘ylashadi. Lekin unday emas. 1884-1975 yillarda yashab o‘tgan mineralolog olim Fridrix Shumaxer Bonn universitetida professor bo‘lgan va mineral aynan uning sharafiga nomlangan.

Vanihoyat, eyfelit minerali KNa2(MgNa)(Mg3Si12)O30 ning nomi na Parijdagi mashhur Eyfel minorasi nomi va na uning me’mori bo‘lgan muhandis Gustav Eyfel nomi bilan bog‘liq emasligini aytish bilan, bo‘limni yakunlaymiz. Eyfelit – Germaniyaning g‘arbidagi tog‘ massivi bo‘lmish Eyfel tizmalaridan topilgan mineral bo‘lib, aynan shu tog‘larning nomi bilan nomlangan.

Umuman olganda, minerallarga oid ma’lumotnomalarni sahifalab chiqish orqali, juda ajoyib va bir-biridan qiziq, ba’zan g‘ayrioddiy nomlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, pijonit, kornerupin, stronsioortodjoakinit, ferroklinoxolmkvistit va ho kazolarni misol qilib keltirish mumkin. Bu nomlarni o‘rganayotgan talabalarga faqat sabr tilashdan o‘zga iloj yo‘q...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.04.2021 17:44  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11557653

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov