Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Fan haqida faktlar Eng uzoq va eng be’mani fizik tajriba

Eng uzoq va eng be’mani fizik tajriba

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 33
Juda yomon!A'lo! 

Eng uzoq va eng be’mani fizik tajriba

Sizningcha, biror ilmiy tajriba qancha muddat davom etishi mumkin? 1 haftami, 1 oymi? Albatta, yillab davom etadigan eksperimentlar haqida ham eshitgansiz. Masalan, biologiyada muayyan turlarning ko‘payishi, yoki, seleksiyada, yangi navlar olinishiga qaratilgan tajribalarga, tabiiyki, uzoq yillar ketishi mumkin.

Biroq, aniq fanlarda va xususan, fizikada, odatda bunday uzoq muddatli tajribalar kamdan-kam bo‘ladi. Lekin, fizikada bundan naq 93 yil avval boshlangan va yana qariyb bir asr davom etishi kutilayotgan bir g‘alati tajriba borki, ushbu maqolada shu haqida to‘xtalmoqchimiz. Bu eksperiment haqiqatan ham, eng uzoq davom etayotgan tajriba sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan va shuningdek, eng bo‘lmag‘ur befoyda tajriba sifatida ham biroz istehzoga olingan.

 

Hammasini uzoq 1927-yilda, Avstraliyadagi Kvinslend universiteti mutaxassisi Tomas Parnell boshlagan. U talabalarga, bizga qattiq jism bo‘lib ko‘rinadigan ayrim narsalar aslida, o‘ta katta zichlikka ega suyuqlik ekanini namoyish qilmoqchi bo‘lgan. Buning uchun u, qurum, yoki, qatron deymizmi, xullas, mo‘rilarda va o‘choqda to‘planib qoladigan qorakuyani qaynatib, hosil bo‘lgan o‘ta qo‘yiq quyqa cho‘kma qoldiqni voronka orqali stakanga oqib tushishini tajriba sifatida ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Uning g‘oyasiga ko‘ra, ushbu smolasimon, saqichga o‘xshash o‘ta qo‘yiq modda, voronkadan tomchilab tushishi hodisasi, uning aslida suyuqlik ekanini isbotlashi kerak edi. U hosil qilgan modda, tashqi ko‘rinishidan bitumga, yoki, gudronga o‘xshab ketadi. Bu moddalar neft mahsulotlari bo‘lib, haqiqatan ham, juda katta zichlik va qovushqoqligi sababli, suyuqlikdan ko‘ra ko‘proq qattiq moddaga o‘xshaydi.

1927-yilda, Parnell avvaliga bu qo‘yiq moddani tayyorlab oldi va qotishi (yoki, ivishi) uchun uch yilga saqlab qo‘ydi. 1930-yilda u voronkani ochib, quyqani oqa boshlashini kutishga kirishdi. Undan birinchi tomchi faqat oradan sakkiz yil o‘tib, 1938-yilda pastdagi stakanga tomgan. Lekin, bir dona ushbu tomchi orqali, suyuqlikning qovushqoqligini aniqlab bo‘lmaydi. Tajribaning aniqlik darajasi uchun ko‘proq o‘lchashlar kerak bo‘ladi. Ya'ni, eksperimentni davom ettirish taqozo bo‘lgan. Eng alamlisi, o‘sha birinchi tomchi tomgan paytda, eksperiment qarshisida birorta odam bo‘lmagan va u guvohlar ishtirokisiz pastga qulagan. Aslida, Parnell uning qovushqoqligini o‘lchamoqchi bo‘lmagan va unga, tomchi tomishi fakti o‘zi, voronkadagi narsaning suyuqlik ekanini isbotlashga yetarli edi. Biroq, endi, eksperimentni davom ettirishga ko‘pchilik qiziqib qolgandi. Olimlar yana kuta boshlashgan. Bu orada, dunyoda ikkinchi jahon urushi boshlanib va tugab ham bo‘lgan bo‘lsa hamki, ikkinchi tomchi tommasdi. Vanihoyat, 1947-yilda voronkadan ikkinchi tomchi ham tomdi. Biroq, Parnellning bu safar ham omadi kelmadi va u hodisani o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olmadi. Injiq professor, tajribani yana davom ettirishga qaror qiladi. Biroq, u 1948-yilda vafot etgan. Ushbu g‘alati va ma’nisiz eksperimentni esa uning shogirdlaridan biri davom ettirishga azm qilgan.

Tomchilar har 8 yoki 9 yilda tomishi bu paytda taxminan ma’lum edi. Biroq, aynan tomchi tomish vaqtining shu qadar noaniq ekanidan, asosan, uni hech kim ko‘rmay qolib ketardi. 7-tomchi 1988-yilning iyulida tomgan. Bu paytda, allaqachon eksperimentning uchinchi davomchisi – Jon Meystoun unga mas’ul edi. Uning «dohiyona farosati» bilan, «eksperiment o‘tkazilayotgan xonada maqbul sharoitlar yaratish uchun» u yerga konditsioner va o‘rnatilgan va natijada, harorat barqarorligi ta’minlangach, tomchilarning tomish muddati o‘rtacha 8-9 yildan, 13-14 yilga uzayib qolgan. Natijada, navbatdagi tomchini u faqat 2000-yilning 28-noyabrida kutib olgan. Bu paytga kelib, allaqachon veb-kameralar ixtiro qilingan edi va bu zerikarli tajribani ataylab bir odam o‘tirib vaqt sarflamasligi uchun, shunchaki, kameraga yozib olishga qaror qilingan. G‘oyaga ko‘ra, kamera tomchi tomish jarayonini videoga olib, xotirasiga saqlab qolishi kerak edi. Biroq, o‘sha, 2000-yildagi tomishni videoga olmoqchi bo‘lgan olimlar xomtama bo‘lishgan ekan: aynan tomchi tomadigan kuni, kamera buzilib qolgan!

Bu tajriba shu qadar ma’nisiz va befoyda ediki, uni birov ataylab kuzatmasdi ham. Undan olingan yagona natija – o‘sha moddaning qovushqoqligi asaldan 200 000 marta va suvdan 230 000 000 marta katta ekani aniqlangani bo‘ldi xolos. Xo‘sh, aniqlandi ham. Innankeyinchi?! Innankeyin, hech nima... (Xudo foydali ilm bersin deb duo qilinishining hikmati ham shunda bo‘lsa kerak...).

Albatta, bu tajribaga bosh suqqan olimlar uchun esa u behuda ketdi deb bo‘lmaydi. Xususan, yuqorida aytilganidek, avvalo, tajriba Ginnes rekordlar kitobiga kirgan bo‘lsa, qolaversa, 2005-yilda uning o‘sha paytdagi mas’uli Jon Meystoun, eng be’mani eksperiment egasi sifatida Shnobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

Hozirda mazkur eksperimentga mas’ul shaxs bu professor Endryu Uayt bo‘lib, u 2014-yilda 9-tomchini paydo bo‘lganini payqab qolgan. U yangi stakan qo‘ymoqchi bo‘lib, jarayonda voronkani qalqitib yuborgan va natijada, o‘sha 9-tomchi sun’iy tushib ketgan. Bu kutilgan muddatdan ancha erta sodir bo‘lgani uchun, endi tajribani davom ettirishdan ham ma’no qolmagan edi.

Biroq, qaysar olim hozirda ham eksperimentni davom ettirmoqda va aytganimizdek, u yana kamida bir asr davom etishi mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 28.01.2020 14:31  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11617726

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)