Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Avliyo Elm shu'lasi

Avliyo Elm shu'lasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Avliyo Elm shu'lasi

Charlz Davrin dengiz sayohatlarining birida ko‘pchilik dengizchilarni cho‘chitadigan tabiat hodisasi – Avliyo Elm shu’lasiga guvoh bo‘lgan edi. O‘shanda u «Hammayoq olov ichida! Osmonda chaqmoq, kema machtalari ham zangori olov ichida!» - deb xitob qilgan edi. Avliyo Elm shu’lasi haqida ilk yozma ma’lumotlar, eramizning 78-yilida yozilgan «Tabiat tarixi» asarida uchraydi. Unda muallif Gay Piliniy Sekund (Katta Piliniy) O‘rta Yer dengizida suzgan kemalarda uchraydigan shunday tabiat hodisasi haqida eslab o‘tgan.

Qizig‘i shundaki, o‘rta asrlarda dengizchilar Avliyo Elm shu’lasini yaxshilik belgisi, omonlik ishorasi deb bilishgan. Keyinchalik, xususan, Darvin davridagi dengizchilar esa bundan shumlanishgan. Avliyo Elm shu’lasi tinimsiz liqillab turadigan zangori-shaffof tusdagi o‘ynoqi olov ko‘rinishida bo‘ladi va bu holat, bid’atga beriluvchan, irimchi dengizchilar ko‘ziga xuddi o‘ynoqilab turgan arvoh singari ko‘ringan.

Aslida esa, bu hodisa atmosferik elektr hodisasi bo‘lib, ionlashgan gaz plazmasi tomonidan yorug‘lik chiqarilishi bilan bog‘liq. Bunday holat odatda kuchli po‘rtana va dovul oldidan, yoki, bo‘ron vaqtida yuzaga keladi va atmosferadagi elektr zaryadlarining odatda o‘tkir tig‘li baland obyektlar, masalan, kema machtalari, yoki, cherkov tug‘lari uchida yig‘ilishi tufayli sodir bo‘ladi. Avliyo Elm O‘rta Yer dengizi dengizchilarining homiysi (piri) bo‘lgan va ular, kema machtasi uchida bunday shu’la paydo bo‘lishini omonlik belgisi deb bilishgan. Chunki, bunday shu’la yuzaga kelgach, ko‘p o‘tmay dovul tingan va dengiz tinchlangan.

Nima sababdan aynan o‘tkir tig‘li obyektlar uchun bunday shu’la paydo bo‘lishi esa, elektr zaryadlarining o‘tkir yuzalar atrofida konsentratsiyalanishi bilan bog‘liq. Silliq yuzalardan ko‘ra, o‘tkir yuzalarda zaryad eng kichik elektr potensiali bilan oqib ketadi. Shu sababli, bunday tig‘lar atrofida yog‘du-shu’la paydo bo‘ladi. Shu’la rangi bunaqa yoqimsiz, sovuq bo‘lishining sababi esa, atmosferadagi kuchli elektr zaryadlangan gaz plazmasi asosan kislorod va azotdan tashkil topishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, bu gazlar zangori fluoressensiya beradi. Agar, atmosfera neon gazidan iborat bo‘lganida, Avliyo Elm shu’lasi zarg‘aldoq rangda bo‘lgan bo‘lar edi.

Avliyo Elm shu’lasi ayniqsa tungi bo‘ron paytida paydo bo‘lsa, irimchi dengizchilarda kuchli qo‘rquv va vasvasa uyg‘otadi. Ular o‘lgan dengizchilarning arvohi kelib shu tarzda o‘ynashyapti deb o‘ylashgan. Ehtimol, arvohlar va sharpalar haqida to‘qilgan Avliyo Elm shu’lasi bilan bog‘liq vahimali hikoya va qo‘rqinchli cho‘pchaklar soni, boshqa tabiat hodisalari haqidagi shunday vahimali gaplardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p bo‘lsa kerak. Bu haqida German Melvill o‘zining «Mobi Dik» romanida shunday badiiy ifoda keltirgan: «Barcha yerda xira sharpalar... machtalar uchida esa, xuddi mehrob oldida yonib turadigan sham shu’lasidek olovli tilini chiqargancha, uchtadan arvoh hilpirab turardi. Oh avliyo Elm, bizga rahm et!...»

Kema machtalarida paydo bo‘lgan Avliyo Elm shu’lasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 18.04.2019 09:56  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11694264

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!