Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya Voyajer-2 ham Quyosh sistemasini tark etdi

Voyajer-2 ham Quyosh sistemasini tark etdi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Voyajer-2 ham Quyosh sistemasini tark etdi

NASA tomonidan olis 1977-yilda Koinotga uchirilgan Voyajer-2 avtomat kosmik stansiyasi ham Quyosh sistemasini tark etdi. Bu haqida Amerika geofizika ittifoqining Vashingtonda boʻlib oʻtgan yigʻilishida rasman eʼlon qilingani haqida BBC-Science xabar tarqatgan. Shuningdek, mazkur maʼlumotni, NASA tomonidan Voyajer-2 missisyasining masʼul ilmiy xodimi, professor Edvard Stoun ham tasdiqlagan.

Shunday qilib, Voyajer-2 geliosferani tark etgan ikkinchi sunʼiy obyektga aylandi. Bundan avval, 2013-yilda uning egizagi – Voyajer-1 ham Quyosh tizimini tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketgan edi.

 

Edvard Stounning soʻzlarigan koʻra, Voyajer-2 ning yulduzlararo fazoga chiqib ketganiga aslida bir oydan oshdi. Faqat, NASA tegishli texnik dalillar bilan buni tasdiqlashiga biroz vaqt ketgan. Voyajer-2 ning Quyosh sistemasini tark etgan rasmiy sanasi – 2018 yilining 5-noyabri deb eʼtirof etilmoqda. Endilikda u Yerdan 18 milliard kilometr masofada, taxminan, soatiga 54000 km tezlik bilan uchmoqda. Eslatib oʻtamiz, uning egizagi – Voyajer-1 esa undanda katta tezlikka erigan boʻlib, u soatiga 61000 kilometr tezlik bilan, Yerdan allaqachon 22 milliard kilometr masofaga olislashib ketgan.

Voyajer-2 ning Quyosh sistemasini tark etgan sanasi sifatida, uning geliopauzani kesib oʻtgan vaqti inobatga olinadi. Geliopauza – Quyosh tizimining eng chetki chegarasini anglatadigan termin boʻlib, aynan shu hududda, Quyoshdan kelayotgan zarrachalar oqimi toʻxtaydi va apparat bortiga oʻrnatilgan, zarrachalarni sezuvchi uskunalar buni qayd qiladi.

Aslida, egizak Voyajerlarni uchirishdan birlamchi maqsad – Quyosh sistemasidagi yirik gaz gigantlari boʻlmish – Yupiter, Saturn, Uran va Neptun sayyoralarini, hamda, ularning tabiiy yoʻldoshlarini tadqiq qilishdan iborat edi. 1989-yildayoq ushbu koʻzlangan marralarga yetishib boʻlgach, NASA ularni yanada olisroqqa, texnik imoniyatlar yetgunicha boʻlgan masofaga joʻnatishga qaror qildi. Shu jumladan, Quyosh sistemasining eng chetiga yetib borish maqsad qilindi. Avvaliga, mutaxassislardan hech kim, buning uchun qancha muddat talab etilishini aniq ayta olmagan. Bungacha, kosmik apparatlarning texnik imkoniyatlari yetish-yetmasligi ham katta gumon ostida edi. Hozir shunisi aniqki, bir necha gravitatsion manyovrlar evaziga shunday mislsiz tezlanish olgan Voyajerlar uchun, ushbu chegaraga yetib borishga 41 yil vaqt ketgan. Eslatib oʻtamiz, har ikkala Voyajerlar, hozirda inson qoʻli bilan yasalgan narsalar ichida eng katta tezlikka erishgan apparatlar sanaladi. Xususan, Voyajer-1 soniyasiga 17 km masofani bosib oʻtmoqda!

Endilikda har ikkala Voyajer yana qancha vaqt ishlab berishi va yana qancha olis masofagacha yeta olishi biroz gumon ostida. Shunisi aniqki, apparatlarning plutoniy asosida ishlovchi termoelektr elektrogeneratorlari, ushbu radioaktiv manba tugab bitishiga monand ravishda, sistemani elektr energiyasi bilan taʼminlash vazifasini bajara olmay qoladi. Voyajerlarning har biri oʻrtacha 20 Vt energiya isteʼmol qiladi. Hozirgi bilvosita aniqlangan yoqilgʻi zahirasi miqdori, apparatlarni yana shunday rejimda to 2027-yilgacha ishlab berishiga yetadi deb ishonch bildirishmoqda NASA muhandislari. Har ikkala Voyajerga, Yer va uning tabiati, odam, hayvonlar va oʻsimliklar haqida maʼlumot bitilgan oltin disklar oʻrnatilgan. Diskda Bax va Betxoven musiqalaridan tashqari, shuningdek AQSHning oʻsha paytdagi prezidenti Jimmi Karterning oʻzga sayyoralik ongli mavjudotlarga yoʻllagan audio murojaati ham yozilgan. Agar, Voyajerlar ushbu tezlik bilan uchishda davom etsa, eng yaqin yulduzga yana 40000 yildan keyin yetib boradi. Keyinchalik esa, ular milliardlab yillar mobaynida, Galaktika boʻylab daydib, yulduzlararo fazoda uchib yuradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.02.2019 12:51  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 Javob: Voyajer-2 ham Quyosh sistemasini tark etdiSanjar 2019-02-24 09:30
Qoyil.41yilga yetadigan yoqilĝi odamni tasavvuriga siĝmaydi
 

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11857685

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov