Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Katta Adron Kollayderi ikki yil muddatga toʻxtatildi

Katta Adron Kollayderi ikki yil muddatga toʻxtatildi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Katta Adron Kollayderi ikki yil muddatga toʻxtatildi

Zamonamizning eng yirik va eng muhim ilmiy uskunasi – aylana uzunligi 26,5 kilometrga teng boʻlgan Katta adron kollayderidagi ilmiy eksperimentlar ikki yil muddatga vaqtincha toʻxtatildi. Bu mazkur ilmiy uskunaning ikkinchi bosqich faoliyati (Run2) uchun rasmiy yakun boʻlib, bu haqida, uning tarmoqdagi onlayn monitori orqali boxabar qilingan. Endilikda muhandislar va olimlar, kollayderni uchinchi bosqich faoliyati, yaʼni Run3 uchun tayyorlashadi. Rejaga koʻra, mazkur ulkan ilmiy uskuna yorqinlik kuchini ikki barobar orttirishga moʻljallangan muhandislik-taʼmir ishlari orqali, uni mukammal modernizatsiya koʻzda tutilgan.

 

 

Ikkinchi bosqi faoliyatining soʻnggi qismida kollayderda qoʻrgʻoshin yadrolarini toʻqnashtirishga oid tajribalar oʻtkazilgan edi. Oʻsha tajribalar noyabr boshidan boshlanib, oy oxirigacha davom etdi. Shu bilan, kollayderning 2015-2018 yillar uchun moʻljallangan Run2 ish seansi nihoyasiga yetdi. Muhandislar, dekabrning birinchi ish haftasi mobaynida kollayderning elektr sxemalarini va magnit sistemalarini reviziyadan oʻtkazishdi. Hammasi soz ekaniga ishonch hosil qilingach, uskunani 2021-yilgacha oʻchirildi. Bu vaqt ichida esa, uni modernizatsiya qilish uchun belgilangan barcha ishlarni toʻliq bajarib, yana bir marta sozlab olishga ulgurish reja qilingan. Mazkur oʻzgarishlar muvaffaqiyatli amalga oshsa, endilikda, Katta Adron Kollayderini shunchalik bu nom bilan atamasdan, Yuqori Yorqinlik kuchidagi Katta Adron Kollayderi (High Luminosity LHC, HL-LHC) deyish kerak boʻladi. Chunki, uskuna yoritish kuchi taxminan 5-7 barobar ortishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz, adron kollayderiga haqida gap ketganda, “yoritish kuchi” tushnichasi undan chiqadigan yorugʻlikka nisbatan qoʻllanmaydi. Aksincha, kollayder ichida bir-biriga qarama qarshi kelayotgan ikkita dasta zarrachalar toʻplamining oʻzaro toʻqnashish intensivligi nazarda tutiladi. Kollayder ishga tushgan ilk paytlarda, yaʼni 2008-yilda undagi yorqinlik kuchi 1 sm2 yuza uchun bir soniyada 1029 dona zarracha toʻqnashishidan iborat boʻlgan. Endigi reja esa, ushbu koʻrsatkichni soniyasiga har bir kvadrat santimentga 1,7·1034 zarracha toʻqnashtirishdan iborat.

Umuman olganda katta adron kollayderining ishi elementar zarralarni oʻta katta tezliklarda toʻqnashtirish va olingan natijalarni statistik tahlillashdan iborat. Bunda zarrachalar 7 terraelektronvolt energiyagacha tezlanish oladi va oʻzaro toʻqnashtiriladi. Toʻqnashuv natijalari esa, Standart model tamoyillaridan qanchalik ogʻishi koʻrsatkichiga nisbatan tekshiriladi. Biroq, elementar zarralar fizikasi – ehtimollikka asoslangan fan boʻlgani sababli, biror aniq gap aytishdan oldin shunaqa toʻqnashuv tajribalaridan yuzlab, kerak boʻlsa minglab marta oʻtkazish kerak boʻladi.

Yorqinlik kuchi ortish bilan esa, kollayderda elementar zarrachalarning toʻqnashish ehtimolligi ham ortadi va statistik toʻplamni yigʻish birmuncha tezlashadi. Buning uchun esa, kollayderda aylanayotgan protonlar bulutining zichligini orttirish lozim. Mazkur rejaga erishish uchun hozirgisidan koʻra yanada kuchliroq magnitlar kerak boʻladi. Hozirda mazkur maqsad uchun ishlatiladigan magnitlar 8,3 tesla induksiyaga ega. 2021-yilgi modernizatsiya yakuniga koʻra, ushbu koʻrsatkich 11,5 teslagacha koʻtarilishi reja qilingan boʻlib, buning uchun, kollayder yana 130 ta oʻta oʻtkazgich magnitlar bilan jihozlanadi. Shuningdek, kollayderda elektr taʼminotidagi yangi quvvatlarni ham ishga tushirish kerak boʻladi.

Modernizatsiya jarayonida kollayderning texnologik tunnellari va yordamchi yoʻlaklariga qoʻshimchalar qurish va kengaytirish ham rejaga kiritilgan. Bu – xizmat koʻrsatish ishlarini tezlatish va xodimlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratishni koʻzda tutadigan ishlardir. Eng asosiy taʼmir ishlari esa, kollayderning kriogenikasi va ventilyatsiyasiga taalluqli boʻladi.

Hamma taʼmirlash va montaj ishlari yakunlangach, 2021-yilda, endilikda shunchaki “KAK” emas, balki “YuYoKAK” (yuqori yorqinlikdagi...) dastlab hozirgisidan ikki barobar yoritish kuchi bilan ishga tushiriladi. Hammasi koʻngildagidek ketsa, 3 yil faoliyatdan keyin uskuna yana toʻxtatiladi va yorqinlik kuchi 2,5 barobarga orttiriladi. Shunday qilib, asta-astalik bilan, 2026-2036 yillardagi faoliyat uchun, loyihaviy koʻrsatkichdan 10 barobar kuchli yorqinlikka olib chiqish maqsad qilingan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.02.2019 12:45  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!