Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Yapon fiziklari rekord kuchlanishga ega magnit maydoni hosil qilishdi va laboratoriyani portlatib yuborishdi

"Review of Scientific Instruments" jurnalida ma'lum qilinishicha, Tokio Universiteti fiziklari Shojiro Takeyama hamda Daysuke Nakamura boshchiligidagi ilmiy guruh fan tarixida rekord kuchga ega magnit maydoni hosil qilishga muvaffaq bo'lishgan.

Magnit maydoni - fizik muhitning fundamental xossalaridan biri bo'lib, elektron orbitallar va spinga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish orqali, magnit maydon kuchlanganligini o'ta katta aniqlikda nazorat qilish mumkin. Qattiq jism fizikasi, nanomateriallar, magnit materiallari, o'ta o'tkazuvchanlik va yarimo'tkazgichlar fizikasi sohalaridagi tadqiqotlarda magnit maydoni orqali tajribalarning ahamiyati beqiyos.

 

Tadqiqotchilar rekord induksiyali magnit maydon hosil qilish uchun, oqimni elektromagnit siqishga asoslangan o'ta samarador yangi usul ishlab chiqishganini e'lon qilishgan. Tajriba asnosida, optik tola yordamida akslantiruvchi turdagi Faradey zondi orqali eng cho'qqi induksiya qayd etilgan va u 1200 teslaga teng bo'lib chiqqan! Ma'lumot uchun, ushbu qiymat, sayyoramiz - Yerning magnit maydonidan 50 million marta kuchli va tibbiyot muassasalarida uchratadigan MRT uskunalari hosil qiladigan magnit maydonidan esa 400 marta kuchlidir.

Shuni aytib o'tish kerakki, fiziklar avval bundan ham katta kuchga ega magnit maydonlarini hosil qilishga muvaffaq bo'lishgan. Lekin, o'sha tajribalarning hammasi ochiq sharoitda o'tkazilgan bo'lib, yapon olimlarining rekordi esa yopiq inshootda olingan eng yuqori ko'rsatkichdir. Boz ustiga, yaponlar bunday yuqori kuchlanganlikni nazorat ham qila olishadi (avvalgi rekordlarga jarayonni boshqarib bo'lmaydigan usullar orqali erishilgan edi). Yapon olimlari bunday yuqori induksiyaga ega magnit maydonini 40 millisekund mobaynida ushlab tura olishgan.

Bundayin katta kuchga ega magnit maydoni hosil qilish uchun, Nakamura va Takeyama bardoshliligi 700 teslaga mo'ljallangan maxsus po'lat quti ko'rinishidagi xonacha tayyorlashgan. Uning ichida esa, mustahkamlangan po'latdan tayyorlangan va nisbatan past induksiya (3,2 tesla) hosil qiladigan temir o'zakli g'altak joylashtirilgan. G'altak 5 megajoul energiya g'amlay oladigan va bir lahzaning o'zida razryadlana oladigan kondesatorlar bilan ulangan. Kuchlanish berilgan mahalda kondesatorlar orqali 40 million amper tok kuchiga ega tok o'tgan. Bu esa, g'altakda boshlang'ich magnit maydoniga qarama-qarshi magnit maydoni hosil bo'lishiga olib kelgan va hosil bo'lgan o'ta kuchli magnit maydonlari bir-birini siqib, uyg'unlashib ketgan. Natijada g'altak va unga ulangan boshqa konstruksiyalar parchalanib ketgan.

Albatta, yapon olimlarining o'zi tajribalarining oxiri laboratoriyaning portlashi bilan yakunlanganini aytishgani yo'q. Bu tafsilotdan ilmiy jamoatchilik IEEE Spectrum nashri orqali Youtube platformasida paydo bo'lgan video orqali xabar topishgan. Portlash natijasida detallar chor atrofga soniyasiga bir necha o'n ming kilometr tezlik bilan uchib ketgani ko'rinadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+: https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.02.2025 08:44  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis